Mavzu: neft tarkibidagi sikloaklanlar (naftenlar) xossalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 113.51 Kb.
bet5/7
Sana23.06.2023
Hajmi113.51 Kb.
#1651431
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAVZU

Galogenid kislotalarning ta’siri.

Bu kislotalar ham galoidlar kabi ta’sir etadi, ya’ni siklopropan va siklobutan qatorlari, ayniqsa yodid kislota va bromid kislotalar ta’sirida ochilib, galogenovodorodni biriktirib oladi:

Shuni ham aytish kerakki, bu reaksiya siklobutan bilan ancha qiyin ketadi. Yuqori siklli birikmalar bu kislotalarni biriktirib olmaydi.

  1. Oksidlovchilar ta’siri.

Molekulasida siklopropan halqasi bor birikmalar oksidlanish xossalari jihatidan etilen birikmalaridan keskin farq qiladi. Chunonchi, neytral va ishqoriy muhitda siklopropan va uning gomologlari xona temperaturasida permanganat ta’sirida salgina oksidlanadi, xolos. Qolgan boshqa sikloparafinlar bunday sharoitda oksidlanmaydi. Ular to‘yingan uglevodorodlar singari faqat ancha yuqori temperaturada va kuchli oksidlovchilar ta’siridagina oksidlanadi. Shuni ta’kidlash zarurki, bunday sharoitda parafin uglevodorodlarning C—C bog‘i uzilib, molekulalari parchalanib ketadi, siklik birikmalar esa ikki asosli kislotalar hosil qiladi; shu bilan birga, siklik birikma molekulasida nechta uglerod atomi bor bo‘lsa, hosil bo‘lgan kislotada ham shuncha uglerod atomi bo‘ladi. Masalan, siklopentan oksidlanganda glutar kislota hosil bo‘ladi:



5. Nitrolash. Besh a’zoli va undan ortiq a’zoli sikllar parafin uglevodorodlar kabi nitrolanadi (M.I. Konovalov reaksiyasi).
6. Yuqori temperatura ta’siri. Siklopropan yuqori temperaturada o‘zining izomeri — etilen uglevodorodlariga aylanadi:



Ishlatilishi.
Sikloalkanlardan siklogeksan, metilsiklogeksan va boshqa ba’zi birlari amaliy ahamiyatga ega. Neftni aromatlash jarayonida bu aromatik birikmalar aromatik uglevodorodlarga — benzol, toluol va boshqa moddalarga aylanadi. Ulardan bo‘yoqlar, dorilar va h.k. lar olishda keng foydalaniladi. Siklopropan tibbiyotda narkoz uchun ishlatiladi. Siklogeksan hosilasi siklogeksanol, ko‘proq, erituvchi sifatida ishlatiladi. Siklogeksanolni nitrat kislota yordamida oksidlash natijasida olingan adipin kislota poliamid tolalar — kapron va neylon olishda ishlatiladi.

Download 113.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling