Neftgaz provinsiyasi (NGP) – geologik tuzilishi va shakllanish tarixi, shuningdek neftgazning stratigrafik kengligi jihatidan umumiyligi bilan farqlanadigan turli geotuzilmalardan tarkib topgan yaxlit bir geologik hudud.
Neftgaz oblasti (NGO) – geologik tuzilishi, rivojlanish tarixi va har bir geologik davr mobaynida neftgaz hosil bo‘lishi va yig‘ilishida paleogeografik va tektonik sharoitlarning umumiyligi bilan farqlanadigan yaxlit bir yirik geotuzilma tarkibidagi hududdir.
Neftgaz rayoni (NGR) – neftgaz oblastining bir bo‘lagi bo‘lib, geotuzilmalarning xossa – xususiyatlariga qarab ajratiladigan u yoki bu neftgaz to‘planuvchi zonalarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Neftgaz yig‘iluvchi zonalar (NGYZ) – geologik nuqtai nazardan o‘xshash, bir-biri bilan genetik jihatdan bog‘liq va yondosh, bir guruhga mansub tutqichlardagi konlarning yig‘indisidir.
Neftgaz konlari – bir kichik mahalliy maydonda joylashgan bir yoki bir necha tutqichlardagi neftgaz uyumlarining yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |