Mavzu: Neftgazgeologik rayonlashtirish, neftgaz to‘plamlarining tasnifi. Reja


Download 59.5 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi59.5 Kb.
#248217
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-Maruza. Neftgaz geologik rayonlash, neft va gaz toplamlarining tasnifi. (1)

Neftgaz uyumlari – bir yoki bir necha qatlamlarda umumiy neft-gaz-suv yoki neft-suv chegarasi bilan nazorat qilib turiladigan yagona to‘plam.
Yuqorida tavsiflab o‘tilgan neftgazgeologik to‘plamlar mahalliy (lokal), zonal va regional to‘plamlarga ajratiladi.

Lokal (mahalliy), ya’ni yakka to‘plamlarga neft va gaz to‘plangan tutqichlardagi, hamda ma’lum kollektor jinslardagi (g‘ovakli, yoriqli va x.k) yakka uyumlar hamda bir tutqichda vertikal kesim bo‘ylab mujassamlangan uyumlar yig‘indisidan tashkil topgan neft va gaz konlari kiradi.

Zonal neftgaz to‘plamiga genetik jihatdan bir-biriga yaqin yoki bir turli va morfologik jihatdan o‘xshash hamda yondosh lokal geostrukturalarda mujassamlangan neftgaz konlari majmuasidan iborat bo‘lgan neftgaz to‘planuvchi zonalar va bunday zonalarni birlashtiruvchi neftgaz rayonlari kiradi.

Neftgazning regional to‘plami - ma’lum geostrukturaviy elementlarning genetik turiga mansub bo‘lgan neftgaz to‘planuvchi zonalarning yig‘indisidan iborat bo‘lgan neft va gazli oblast va provinsiyalarni o‘z ichiga oladi.



  1. Download 59.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling