Mavzu: Neftni qayta ishlash usullari Bajardi: Toshkent – 2021 Mundarija: Kirish
Download 164.24 Kb.
|
mansur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayonni identifikatsiyalash
- Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning funksional chizmasi va bayoni
Texnologik jarayon to’g’risida ma’lumot
Nеftni qаytа ishlаshning dаstlаbki bоskichi аtmоsfеrа bоsimidа to‘g‘ri haydash. Bu jаrаyon nаtijаsidа nеftdаn quyidаgi frаksiyalаr аjrаtib оlinаdi: bеnzin (40-2000С); turli nоrmаl vа tarmoqlаngаn uglеvоdоrоdlаr аlkаnlаr- аrаlаshmаsi ligrоin (150-2500С); tаrkibi аlkаnlаrdаn ibоrаt kеrоsin(180-3000С); аlifаtik аlkаnlаr+nаftаlin+ аrоmаtik uglеvоdоrоdlаr; gаzоyil (250-3600С); dizеl yoqilg‘isi mаzut (Kоldik)- suyuq yoqilg‘i Mаzutni vаkuum haydash nаtijаsidа turli kоvushkоkdаgi surkоv mоylаri (sоlyar, trаnsfоrmаtоr mоylаri vа х.k.) оlinаdi. Surkоv mоylаri, gаzоyil vа kеrоsin frаksiyalаri tаrkibi 30% gаchа n- pаrаfinlаrdаn ibоrаt. Bеnzin sifаti uning оktаn sоni bilаn аniklаnаdi. U bеnzindаgi izооktаnni(2,2,4- trimеtilpеntаn) хаjmiy % miqdorini ko‘rsatаdi. Uniquydagijadvaldakoramiz. Ligrоin frаksiyasining uglеvоdоrоd tаrkibi
Neftni qayta ishlash va qaynash harorati farqiga qarab alohida fraksiyalarga (distillatlarga) ajratish, bir bosqichli yoki ikki bosqichli apparatlarda amalga oshiriladi. Birinchi holda jarayon atmosfera bosimida olib boriladi. Bunda turli motor yoqilg'ilari va mazut (qaysiki, ular kimyoviy qayta ishlanadi) hosil bo'ladi. Ikki bosqichli qurilmalarda neft avval atmosfera bosimida haydalib motor yoqilg'isi va mazut olinadi. So'ngra mazutdan past bosimda haydab turli surkov moylari va gudron olinadi. Gudron keyin qayta ishlanib pyok, asfalt va neft koksi olinadi. Ikkala bosqichni birlashtirish katta iqtisodiy samara beradi va bundayqo'shma apparat atmosfera – vakuumli quvursimon qurilma (AVQ) deyiladi. AVQning muhim sxemasi 95- rasmda berilgan. Unda neft nasos bilan quvursimon issiq almashtirgichlarga navbat bilan ko'tarib beriladi, u yerda 170— 180°C gacha qizdiriladi, so'ngra quvursimon pechga o'tib 320°C gacha qizib suyuq va bug' holatda rektifikatsiya kolonnasining ostki qismiga boradi. U yerda bug'lanadi va bug' mazutning suyuq qismidan ajraladi. Bug' yuqorigako'tarilib, fraksiyalarga: solyarmoylari (300-350°C, 5 %), kerosin (200-300°C, 19 %), ligroin (160-200°C, 8 %)ga ajraladi. Bu fraksiyalar sovitilgach, yig'gichlarga borib to'planadi. Benzin (170°Cgacha 15 %) kolonnaning yuqori qismidan bug' holatda chiqarib olinadi va avval issiqalmashtirgichdan (tozaneft bilan) so'ngra kondesatorda kondensatlangan suyuq holda suvda ajratish uchun tindirgichga oqib o'tadi. Olingan benzinning bir qismi yuqori haroratda qaynovchi fraksiya bug'larini kondensatlash uchun kolonnani sug'orishga qaytariladi. Bu benzin sifatini yaxshilaydi. Kolonnaning ostgi qismidan neftning asosiy tarkibiy qismlarini qaynash haroratini pasaytirish uchun o'tkir bug' kiritiladi. Texnologik jarayonni identifikatsiyalash Boshqaruv obyektlarining uzatish funksiyasini identifikatsiya qilishda obyekt haqidagi ma‘lumotlarni faol tajriba o’tkazish usulida olinadi. Sanoatda real obyekt ustida o’tkaziladigan tajriba quyidagi struktura sxemasiga binoan jixozlangan tizimda amalga oshiriladi. Obyektning vaqt xarakteristikasini olish uchun avvalo obyekt muvozanat xolatiga keltiriladi. Shundan so’ng boshqaruv panelidan ijrochi qurilma orqali obyektning kirish kanaliga turtki beriladi. Beriladigan turtki ta‘sir shakliga ko’ra pog’onali yoki impulsli (yoki boshqa turda) bo’lishi mumkin. Turtki ta‘sirida obyektni chiqish parametrining vaqt bo’yicha o’zgarishi yozib boriladi. Olingan natijalarning grafigi chiqish parametri hamda vaqt koordinatalarida tasvirlanadi. Bu grafik turtki egriligi deb nomlanadi. Turtki egriligini olish obyektga pog’onali ta‘sir ko’rsatish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda obyektning kirishiga berilayotgan energiya (modda miqdori) keladigan kanal birdaniga kengaytiriladi. (Masalan, bir oz ochilgan klapandan o’tib, quvir orqali kelayotgan suv miqdori klapanni birdaniga ochish bilan ko’paytiriladi.) Obyektga berilgan turtki miqdori avvaldan belgilab olingan bo’ladi, turtki berilgan vaqt esa boshlang’ich vaqt deb hisoblanadi. Turtki egriligi sanoatda ishlab turgan obyekt ustida uning kirishini bir necha foizga o’zgartirish orqali aniqlanadi. Bunda o’zgartirishni shunday amalga oshirish kerakki, obyektning turtki ta‘siridagi reaksiyasi texnologik jarayonni buzib qo’ymasligi zarur. Muxandislik amaliyotida biror obyektning (texnologik jarayonning) uzatish funksiyasini identifikatsiya qilish uchun shu obyektni boshqaruvchi asosiy parametri tanlanadi. Masalan obyektga kelayotgan modda sarfi, bosim, energiya va boshqalar obyektning boshqaruvchi parametri bo’lishi mumkin. Tanlangan parametr nominaliga nisbatan 10% gacha o’zgartiriladi. Bu o’zgarish obyektning muvozanat xolatining buzulishiga olib keladi. Natijada quyidagi xodisalardan biri ro’y berishi mumkin: Agar obyekt noturg’un bo’lsa, muvozanat holati buzulganda u xech qanday muvozanatga qaytmaydi. Agar obyekt neytral bo’lsa, muvozanat holati buzulganda uning chiqish parametri bir tekisda o’zgarib boraveradi hamda muvozanatga kelmaydi. • Agar obyekt turg’un bo’lsa, muvozanat holati buzulganda u yangi muvozanat holatiga o’tib oladi. Kimyo – texnologiya hamda oziq – ovqat sanoatining aksariyat obyektlari turg’un obyektlar hisoblanadi. Obyektning uzatish funksiyasi strukturasi identifikatsiya qilingach uning parametrlari qiymatlarini aniqlash talab etiladi. Parametrlarni aniqlashning grafik usuli keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Quyida aniq bir jarayon misolida obyektning uzatish funksiyasini identifikatsiya qilamiz. Pech qurilmasidagi temperaturani o‘zgarishining uzatish funksiyasini aniqlash talab etiladi. Chiqish parametri sifatida gazning temperaturasi qaraladi, uning dastlabki qiymati Tb= 1800 C oxirgi qiymati esa To= 3000 C. Obyektga yo’naltirilgan turtki sifatida uzatilayotgan bug‘ sarfi nominaliga nisbatan A=7% ga o’zgartirilgan.
Olingan ma‘lumotlarga ko’ra obyektning o’tish grafigi tuzib olinadi (2 – rasm). Grafikda keltirilgan egri chiziq obyektning turtki egriligini ifodalaydi Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning funksional chizmasi va bayoni Texnologik jarayonidagi avtomatlashtirishni quyidagicha nazorat va rostlash tizimlarigan tasniflash mumkin: 1.Rostlash tizimlari: a.Rektifikatsion kalonna (III) ga kirayotgan maxsulotning sarflari nisbati bo‘yicha rostlash. b.Rektifikatsion kalonna (III) ning haroratini berilayotgan bug‘ sarfi bo‘yicha rostlash. c.Rektifikatsion kalonna (III) dan fraksiyalarga ajralayotgan maxsulotlarning haroratini rostlash. d.Rektifikatsion kalonna (IV) ga kirayotgan maxsulotning sarflari bo‘yicha rostlash; e.Rektifikatsion kalonna (IV) ning haroratini berilayotgan bug‘ sarfi bo‘yicha rostlash. f.Rektifikatsion kalonna (IV) dan fraksiyalarga ajralayotgan maxsulotlarning haroratini rostlash. 2.Nazorat qilish va signallash tizimlari: a.Issiqlik almashinish qurilmalarining xaroratini nazorat qilish; b.Rektifikatsion kalonnalar (III va IV) xaroratini nazorat qilish tizimi; c.Rektifikatsion kalonna (III) ning bosimini nazorat qilish tizimi; 3.Elektr yuritmalarni boshqarish tizimlari. Download 164.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling