Reja: - Neftni qayta ishlash
- Neftni haydash usullari
- Izlanish abyektlari va usullari
- Neft va neft mahsulotlari to‟g‟risida tushuncha
Neftni qayta ishlash - Neftdan neftmahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron parafin va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui.
- Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqalar bajariladi.
Neftni haydash - Neftni haydash usuli miloddan avval maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qoʻllangan.
- Qadimgi yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar oʻtkazishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) Boku neftini haydash haqida birinchi boʻlib eslatib oʻtadi.
- XVIII asrga kelib neft konlarini qidirish va oʻrganish munosabati bilan neftni haydashga katta eʼtibor berildi.
Neftni haydash usullarini tahrirlash - Odatda neftdan quyidaga temperaturalar oraligʻida qaynab bugʻlanadigan distillyatlar olinadi:
- benzin 28—180°,
- ligroin 110—230°,
- kerosin 120315°;
- gazoyil 230330°;
- solyar 280380°;
- moy 320500°.
Suv va tuzlarni yoʻqotish - Neft tarkibida, odatda, minerallashgan burgʻi suvi, suvli 1 m3 neftda 30-50 g gacha tuz boʻladi.
- Ularni yoʻqotish uchun Neftni qayta ishlash zavodlarida elektr yordamida tuzsizlantirish qurilmalari ishlatiladi.
- Neftga deemulgator qoʻshilib, chuchuk suv bilan yuviladi. Hosil boʻlgan emulsiyani 100—140° gacha qizdiriladi va uzluksiz ishlaydigan elektr degidratoriga uzatiladi.
- Neft tarkibida uglevodorodlarning butan propanli, qisman pentanli fraksiyalari bo'ladi.
- Neftni tashish va saqlashda eng zarur uglevodorodlarning yoʻqolishini kamaytirish, neftni haydash qurilmasiga kelayotgan neft bug'lari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraksiyalar ketkaziladi.
- Bu ish suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus qurilmalarda bajariladi.
Neftni tozalash. - Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida olingan distillyatlar tozalanadi.
- Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun gidrotozalash jarayoni qoʻllanadi.
- Gidrotozalash 350—420° da va 1,7 — 40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi.
- Gidrotozalash, asosan, dizel yonilgʻisi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi.
Neftni qayta ishashning asosiy ussulari - Neftni qayta ishlash sanoatida neft uch tipda qayta ishlanadi;
- yoqilg'i olish bilan boruvchi (motor va qozon yoqilg'isi olinadi), yoqilg'i-moy olish bilan boruvchi (xom motor yoqilg'isi ham surkov moylari olinadi),
- neft-kimyoviy qayta ishlash (yoqilg'ilar, surkov moylari va kimyo sanoati uchun xomashyo olinadi). Qayta ishlashning bu uchala turi ham fizik va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi.
FIZIK USULLAR: - Fizik usullar. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ularni tashkil etuvchi komponentlarning fizik xossalari:
- qaynash va qotish harorati, eruvchanligi, adsorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan.
- Bu usullar neft tarkibidagi qaynoq haroratlari bir-biriga yaqin bolgan fraksiyalarni ajratishda, uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafinlashda) ajratishda hamda individual birikmalarni ajratib olishda qo'llaniladi.
- Ko'pincha neft mahsulotlari atmosfera va past bosimda to'g'ri haydashda qo'llaniladi.
- Neft qora–qo‟ng‟ir rangli, zichligi 0,73-0,97 g/sm3 bo‟lgan, suvda erimaydigan o‟ziga xos hidli, tez yonadigan moysimon suyuqlik.
- Tabiatda neft yer ostida mavjud bo‟lib, tarkibi jihatidan turli uglevodorodlarning aralashmasidan iborat:
- gaz, suyuq va qattiq moddalar erigan qattiq eritma.
Neftni qayta ishlash - Birlamchi qayta ishlashning asosini neftni haydash tashkil etadi. Bunda neft tarkibiga kirgan moddalarning qaynash haroratlariga ko‟ra uni turli fraksiyalarga ajratiladi.
- Neftni haydashda avval rangsiz moddalar fraksiyalari:
- 》gazolin (tqayn.=40-70 oC) (C5-C6);
- 》benzin (C5-C11)
- 》 gacha uglerod atomlari saqlaydi, 70-120 oC da qaynaydi) ajratib olinadi.
- Ulardan keyin rangli fraksiya maxsulotlari:
- 》 ligroin (tqayn.=120-240 oC, C8-C14) ─ kerosin
- 》qayn.=180-300 oC, C12-C18)
- 》gazoyl (solyar moyi)
- 》(qayn.=280 oC) (C16 ≤) ajratib olinadi.
E'tiboriningiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |