Mavzu: Neolit, eneolit, bronza davri kulolchiligi. Reja: Neolit davri kulolchiligi. Yeneolit davri kulolchiligi
Download 34.48 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-MA\'RUZA (1)
Naqshsiz idishlar.
Bularning loyi 1-guruxdagi idishlar kabi qizg‘ish yoki sarg‘ish rangda. Asosiy formalar qozon va tova, qozonlar yarim shar yoki shar shaklida bo‘lib gardishining tagidan yopishtirilgan loy tasmachalar (valik) yoki bo‘rtib turgan nuqtachalar buuzaydi. 1-2 mayda yarim shar shaklidagi kosalarxam uchrab turadi. Yirik xumlar formasi asosan yuqorida tilga olingan qozonlar shaklida yasalgan ularning qopqoqlari xam uchrab turadi. Yoz II sopollari bu davrda sopol maxsulotining xammasi charxda yasalgan.sopol idishlar yaxshi qorilgan loydan yasalib tarkibidagi shamot kamdan kam uchraydi. Naqshlash an’anasi yo‘qoladi. Bu davrda idishlarning banka sifatida yasalib quyi qismi konus shakllida shakllangan. Bu tipdagi idishlar silindro-konus shaklidagi idishlar deb yuritiladi. Yoz II garshoklari Yoz I nikidan farqi yo‘q. Qolgan idishlarning xammasi silindrokonus shaklida bo‘lib, bular asosan qo‘l charxida yasalib quyi qismi tarelka yoki tovoq shaklidagi qolipda shakllantiriladi. Ustki qismi esa, ya’ni idish devorlari vertikal yo‘nalishda qo‘lcha Farg‘ona vodiysi ilk temir davri kulolchiligi. Mil.avv 14-13 asrlardan boshlab yangi arxeologik kompliks ilk temir davri madaniyati shakllanadi. Fanda u madaniyat CHust madaniyati deb ataladi. CHunki bu madaniyatga tegishli bo‘lgan CHust yodgorligi XX asrning 50-yillari mobaynida V.I.SHpresheviskiy tomonidan kovlab tekshirilgan va uning materiallari SHpresheviskiy tomonidan ilmiy muomilaga kiritiladi. Lekin CHust manzili bizga bu madaniyatning eng so‘ngi bosqichi xususiyatlarini ifodalaydi. CHunki uning madaniy qatlamlari er.avv 9-7 asrlarga oid. Bu madaniyatning eng qadimgi manzillari Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan (Andijon va Ushdan) topilgan. Bu hol CHust madaniyatining genizisi uning kelib chiqish tarixini sharqiy Turkiston Bronza davri yodgorliklari bilan bog‘lash imkoniyatini beradi. Lekin Ush shahrining Sulaymontog‘ yonbag‘ridan topilgshan o‘troq dehqonchilik qishlog‘i qoldiqlari qazish ishlari natijasida u erdan ko‘lab sopol idishlar siniqlarini qo‘lga kiritishga olib keldi. Bu mahsulot CHust madaniyatining Farg‘ona vodiysidagi ilk bosqichlarini kulolchilik mahsulotini etarli darajada o‘rganishga imkon beradi. SHuni aytib utish kerakki CHust madaniyatining kulolchilik maxsuloti asosan qulda yasalgan va geomitrik uslubda naqshlangan. Odatda sopolning rangi qizil naqshlari esa qora rangda bojarilgan. Bu xususiyatni biz Zarafshon vodiysining sarazm madaniyatining kulolchiligida ko‘zatishimiz mumkin. Bundan tashqari bu xususiyat Anov madaniyatining bazi guruhlariga ham mos. Muximi naqshda Ush manzilining sopollarida Betriugol yani ikki uchburchak uslubini ko‘zatishimiz mumkin. CHust madaniyatining manzilgoxlari katta kichik ilk shahar va qishloqlar qoldiqlaridan iborat. Bularning eng yirigi Andijon viloyati Dalvarzintepa CHust madaniyati qabilalarining poytaxti hisoblanadi. CHust madaniyatining ko‘lolchilik manzilgoxlarini 4 guruhga bulsak bo‘ladi. 1- Qizil angobli idishlar. 2- naqshlangan idishlar. 3- Oq angobli idishlar. 4-Qora angobli idishlar. 5- Uchoq qozonlar va tovalar. 6- Xum va xumchalar. 1 chi guruh idishlar loydan sifati past, tarkibiga drisva qo‘shilgan, yaxshi pishirilmagan. Idishlar tashqi tarafdan qizil rangda bo‘yalgan. Bu idishlar gulxanda pishirilganligi tufayli sathida katta – kichik ola dog‘lar uchraydi. Asosiy formalar dumaloq ko‘zalar, konus shaklidagi qadaqlar, yarim shar shaklidagi kosa va tovoqchalar, jumrakli idishlar. 5 chi guruh uchoq qozonlar va tovalar suyuqlik qaynatadigan ko‘zalar loyning tarkibida albatta mayda yanchilgan ohaktosh siniqlari ko‘plab uchraydi. Bo‘yalgan sopollar guruhi uncha katta emas, sopol siniqlari kam uchraydi. Naqshlarini uch guruhga bo‘lsak bo‘ladi. Qizil buyoq bilan och sariq va nim rang yoki jigarrang sopol satxiga naqsh solish oshxona qozonlari jigarrang naqshlar bilan naqshlangan. Bundan tashqari ko‘plab qizil fol ustidan qora geomitrik naqsh namunalari ham uchraydi. Sopollarning aksariyati shu shaklda bo‘yalgan. Naqsh bilan CHust kulolchigining idishlari asosan ustki tarafidan bezatilgan. CHust naqshlarining asosiy elimentlari rom va uchburchak bu feguralarning ichi shtrixofka mayda katak yoki sidirg‘a ranglar bilan bo‘yalgan.Er.avv 6-5 asrlar mobaynida Farg‘ona vodiysi madaniyati va tarixida muhum o‘zgarishlar ro‘y beradi. Vodiyga Sak, Skif ko‘chmanchi qabilalarining vakillari hukmron bo‘lib qolishadi. Qadimgi Eron, Greg yozma manbalarida So‘g‘d o‘lkasining orqasida Saka Xauma Barkalar mamlakati joylashganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.SHu davr Farg‘ona vodiysi va mintaqalarida ko‘plab kuchmanchi qo‘rg‘onlari aniqlangan. Bu davrning moddiy madaniyati namunalarini vodiyga xos Elatan shahar qishloqlari voyronalari misolida o‘rganishimiz mumkin. Bu davrda Saka Xauma Barkalar yutrida davlatchilik va shaharsozlik shakllana boshlaydi. Namangan viloyati Sirdaryo qirg‘oqlariga yaqin hududlarda Elatan xarobasi Mil.avv 4-5 asrlarga oid eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan. Elatan sopollarining namunalarini biz qo‘rg‘onlardan va Elatan madaniy qatlamlaridan topilgan namunalar asosida o‘rganishimiz mumkin. Bu davr sopolini 4 guruhga ajratsa bo‘ladi. 1. Qulda yasaogan naqshli sopollar. 2. Qulda yasaogan naqshsiz sopollar. 3. CHarxda shakllangan oqnaqshsiz sopollar.4.Kulrang qaramtir rangda yasalgan uchoq, oshxona sopollari. Elatan madaniyatiga asosan 1 chi guruh naqshli sopollar mos bo‘lgan. YArim shar shaklidagi kosalar, ko‘za qadaqlar, tagli idishlar. Naqshlar asosan uchburchaklardan iborat. Naqshlar rangi to‘q qizil yoki jigarrang. 2 chi guruh Oq angobli yoki och sariq angobli idishlar kulolchilik charxida tayyorlangan. Bular asosan qurma hurmacha va kosalardan iborat. Idishlarning loyi yuqa va zarang tashqi sathlari nimrang, qizg‘ish yoki och sarg‘ish angob bilan buyalib sayqal berilgan. Kosalarning gardishi ichiga qayrilib yasalgan. YOnida baldog‘i bor kurushkalar ham uchrab turadi. Uchinchi guruh idishlar naqshsiz qulda yasalgan idishlar asosan humcha, humlardan iborat. Loyiga qum ham solib aralashtirilgan. Turtinchi guruh oshxona uchoq idishlari ancha qupol ishlangan bo‘lib kam uchraydi. Ustrushona kulolchiligi mahsulotlari. Ustrushona kulolchiligi asosan Nurtepa madaniy qatlamlaridan topilgan sopol idishlar siniqlaridan bizga ma’lum. Idishlarning bir qismi qulda yasalgan bo‘lib ikkinchi guruhi charxda ishlangan. Birinchi guruh formari hurmacha, kosa, qozonlar, tavalardan iborat. Hurmacha va kosalar loyi qizil, loyga qum qorishtirilgan.Idishlarning satxi silliqlangan bo‘lib qizg‘ish yoki sarg‘ish angob bilan buyalgan. Kosalarning ko‘pchiligi tashqi va ichki tarafdan sayqallanib yaltiratilgan. Xurma garshoklarning tagi tekis, bug‘zi kalta. Qozonlar sharsimon shaklga ega. Bug‘ziga yaqin mayda mayda burtib chiqqan dastachalari ham bor. Toshkent vohasining Burg‘ulik madaniyati sopol idishlariga va Qayroqqum madaniyati kulolchilik mahsulotlariga uxshab ketadi. Biroq Nurtepada naqshlangan sopol idishlar uchramaydi. Nurtepaning charx texnologiyasi asosida ishlangan sopollari loyi pishiq bo‘lib tashqi tarafdan oqish yoki nimrang qizg‘ish angob bilan buyalgan.CHarxda asosan xum va xumchalar yasalgan. Bularning gardishi qalin venchik formasida tashqariga qayrilgan. Kosa,chuqur tovoq,turli kuza va kuzachalar, qadaxlar, oyoqlik vazalar ham charhda yasalgan. Nurtepaning charxda ishlangan idishlari ko‘proq Baqtriya 6-4 asrlarga oid kulolchilik maxsulotiga uxshaydi. CHunki Nurtepa xarobasi Ahoniylar davlatining sharqiy- shimoliy hududida qurilgan Kirisxata shaxrining xarobasidir. Bundan tashqari Ustrushonada qadimgi Xujand qal’asi oxirgi 20 yil davomida faol kovlvb tekshirilmoqda. Xujand qal’asining sopol mahsuloti ham qisman qulda va charxda tayyorlangan. Xujand kulolchilik maxsulotining Nurtepadan farqi bu erda Elatan madaniyatiga xos qator uchburchaklardan iborat naqsh buyoqlari uchrab turadi. YAni Nurtepa va Xujand eng qadimgi kulolchilik mahsuloti mil. avv. 6-4 asrlarga oid bo‘lib Nurtepa mahsulotining an’analari ko‘proq Baqtriya tarafga tortsa, Xujand mahsuloti Farg‘ona tomonga tortadi. Download 34.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling