Mavzu: Neytronlar parchalanishi. Tezkor neytronlar. Kechiktirilgan neytronlar. Sekin va tez neytronlar ta’sirida reaksiyalar. Kritik massa va kritik o’lcham
Download 322.91 Kb.
|
zafar 29
Mavzu:Neytronlar parchalanishi. Tezkor neytronlar. Kechiktirilgan neytronlar.Sekin va tez neytronlar ta’sirida reaksiyalar.Kritik massa va kritik o’lchamEng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lgan yadro reaksiyalari - bu neytronlar taʼsirida amalga oshiriladigan reaksiyalardir. Zaryadlangan zarralar (r, d, a) dan farkdi ravishda neytronlar Kulon itarilish kuchiga ega emas. Natijada juda kichik energiyaga ega bo‘lganda ham neytronlar yadro ichiga kirib bora oladilarBarcha atom yadrosi tarkibiga kira oladigan eng muhim elementar zarra — neytrondir. 1932 yilda D.Chedbik a-zarra bilan berilliy metalini bombardimon qilish tajribasida zaryadi yo‘q, massasi protonning massasiga yaqin bo‘lgan yangi elementar zarrani quyiDagi yadro reaksiyasidan topdi va unga neytron deb nom berildiNeytronlar tezligi bo‘yicha shartli ravishda tez va sekin neytronlarga ajratiladi: 1) 0,1+50 MeV oralikdagi energiyaga ega bo‘lgan neytronlar tez neytronlar deb ataladi; 2) energiyalari 0,1 MeV dan kichik bo‘lgan neytronlar sekin neytronlar deb nomlanadi.Neytronlarning radiatsion qamrashi. Neytronlar ta’siri ostida yuz beradigan yadro reaksiyalari ichida eng ko‘p tarqalgani bu radiatsion qamrash reaksiyasi, ya’ni (n,y) (A, Z) + n —> (A + 1,Z) + у Bu reaksiya natijasida b-radioaktiv (A+1, Z) yadro hosil bo’ladi va u quyidagi sxema bo‘yicha parchalanadi: (A + 1,Z) —> (A +1,Z +1) + e~ + vYadroga kelib tushayotgan neytron energiyasiga bog’liq holda har xil turdagi yadro reaksiyalari sodir bolishi mumkin. Neytronlami energiyasiga qarab turli guruhlarga ajratish mumkin. Neytronlar ishtirokidagi reaksiyalar turlari neytronlar energiyasiga bog’liq bo’ladi.Yadro reaksiyalarida neytron yutilishi va undan keyin y-kvant chiqishi bilan yuz bergani uchun bu reaksiyalar (n,y) ko‘rinishdagi radiatsion qamrash reaksiyasi deyiladi. Radiatsion qamrash reaksiyasi katta ehtimollik bilan energiyasi 0ch500 keV gacha bo’lgan sekin neytronlar ta’siri ostida yuz beradi. Shuning uchun ham ushbu reaksiya neytronlarni qayd qilish uchun keng qo’laniladi.Ko‘pincha sekin neytronlarning energiyasi 100 keV dan oshmaydi. Energiyalari 0,025 eVdan to 0,5 eV gacha bo‘lgan sekin neytronlar issiqlik neytronlari deb ataladi. Energiyalari 0,025 eV dan kichik bo‘lgan neytronlarni sovuq va ultrasovuq neytronlarga ajratadilar.Zanjir reaksiyasi hosil bo’lishining minimal shartini neytronlarning ko’payish koeffitsiyenti deb ataluvchi fizik kattalik bilan ifodalash qulaydir. U biror bo’linish bosqichida hosil bo’lgan neytronlar sonining keyingi bo’linish bosqichida hosil bo’lgan neytronlar soniga nisbati bilan xarakterlanadi: k=1 bo’lgan holda zanjir reaksiyada barqaror holat yuz beradi. Bu holda sistema kritik sistema deb atalib, unda zanjir reaksiya o’zgarmas tezlikda boradi, k>1 da zanjir reaksiya intensivligi ortib boradi, k<1 da aksincha so’nadi. Zanjir reaksiyaning rivojlanib borishi tezligi neytronlarning ko’payish koeffitsiyenti k bilan ikki ketma-ket bo’linish jarayonlari orasida o’tuvchi vaqt miqdoriga ham bog’liq. Bu vaqt τ bilan belgilanib bir bo’linish jarayonining o’rtacha yashash vaqti deb ataladi. Bir bo’linishbosqichida neytronlar soni ∆n=n(k-1) ga ortadi. Vaqt birligida esa neytronlar sonining ortishi. Kritik massa. O‘z-o‘zini kuchaytiruvchi zanjir reaksiyasi ro‘y berishi uchun (k > 1) faol zonaning hajmi biror kritik qiymatdan kichik bo‘lmasligi kerak. Faol zonaning zanjir reaksiyasini amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng kichik hajmi kritik hajm deyiladi. Kritik hajmda joylashgan yonilg‘i massasi kritik massa deyiladi.Qurilmaning tuzilishi va yonilg‘ining turiga qarab, kritik massa bir necha yuz grammdan, bir necha o‘n tonnalargacha bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zidan bo‘ladigan zanjir reaksiyasi ro‘y berishi uchun zarur bo‘lgan uran massasining minimal qiymatiga kritik massa deyiladi. uran bo‘lagi uchun kritik massa 50 kg ni tashkil qiladi. Shunday massali urandan 9 sm radiusli shar yasash mumkinE’tiboringiz uchun raxmat!!!!!Download 322.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling