Mavzu: Nisbat va


Download 68.69 Kb.
bet1/3
Sana11.10.2023
Hajmi68.69 Kb.
#1698603
  1   2   3
Bog'liq
Ochiq dars 6-sinf


Sana: 28.03.2022

Dars maqsadi:




Mavzu: Nisbat va proporsiya.

Ta’limiy maqsad: Mavzu yuzasidan o’quvchilarga umumiy tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, o’zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish qobiliyatlarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni nisbat va proporsiya haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashga o’rgatish.
Dars turi: Noan’anaviy.
Dars metodi: Og’zaki so’rov, Aqliy hujum, misol-masalalar yechish, Jadval bilan ishlash.

Darsning borishi:


Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni tekshirish, o’quvchilarni darsga tayyorlash.

O’tilgan mavzularni mustahkamlash: Aqliy hujum:


3 va 5 litrlik idishlar bor. Ular yordamida suv quvuridan 4 litr suvni quyib olish mumkinmi?
Javobi: 5 litrlik idish suvga to’ldiriladi. Shu idishdagi suvdan 3 litrlik idishga suv solinadi. Natijada 5 litrlik idishda 2 litr suv qoladi. So’ngra 3 litrlik idish bo’shatilib, 2 litr suv unga solinadi. Yana qaytadan 5 litrlik idish suvga to’ldiriladi va shu idishdagi suvdan 3 litrlik idishga suv quyiladi. Natijada 5 litrlik idishda 4 litr suv qoladi.

Og’zaki so’rov:


  1. Berilgan qismi bo’yicha sonning o’zi qanday topiladi?

  2. Sonning berilgan qismi qanday topiladi?

  3. Bunda qaysi amallardan foydalaniladi?

Yangi mavzu bayoni:


Umuman, k va n noldan farqli sonlar bo’lsa, k : n bo’linma nisbat, k va n sonlar esa nisbatning hadlari deyiladi.
k : n = q yoki
k : n = (k ∙ p) : (n ∙ p)
Nisbat – birinchi son ikkinchi sondan necha marta katta ekanini yoki birinchi son ikkinchi sonning qanday qismini tashkil qilishini bildiradi.
Ikki nisbatning tengligi proporsiya deyiladi.
Demak, = tenglik proporsiyadir. Uni 4 : 5 = 8 : 10 deb yozsa ham bo’ladi. Bundan 4 ∙ 10 = 5 ∙ 8, ya’ni 40 = 40 tenglikni olamiz. 5 va 8 sonlari proporsiyaning o’rta hadlari, 4 va 10 sonlari esa uning chetki hadlari deyiladi.
Umuman, a : b = c : d proporsiya uchun a ∙ d = b ∙ c tenglik o’rinli. Aksincha, a, b, c va d nolga teng bo’lmagan sonlar bo’lib, ular uchun a ∙ d = b ∙ c tenglik o’rinli bo’lsa, bundan = tenglik kelib chiqadi, ya’ni a, b, c va d sonlar proporsiyani tashkil qiladi.

Download 68.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling