Mavzu: Nisbiy miqdorlarning turlari va ularning hisoblash tartibi


Download 29.6 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi29.6 Kb.
#1128470
  1   2
Bog'liq
Nisbiy miqdorlarning turlari va ularning hisoblash tartibi


Mavzu: Nisbiy miqdorlarning turlari va ularning hisoblash tartibi
REJA:
1. Statistik ko’rsatkichlar mohiyati va turlari
2. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari
3. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning ifodalanishi
4. Nisbiy miqdorlar turlari va ularni hisoblash tartibi
5 Xulosa
6 Foydalanilgan adabiyotlar

Statistika ijtimoiy – iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Ijtimoiy voqea – hodisalarga aholining soni, uning xarakati, sog‘ligi, ta’lim olishi, turmush darajasi bilan bog‘liq jarayonlar kiradi. Iqtisodiy voqea – hodisalarga mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, savdo, sog‘liqni saqlash va shu kabi tarmoqlarda sodir bo‘layotgan jarayonlar), tayyor mahsulotlarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlar kiradi. Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalar holati va harakati ma’lum ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Statistik ko‘rsatkichlar ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat mohiyati bilan uzviy bog‘liqlikda ifodalaydi. Voqea – hodisalarning miqdoriy tomoni deganda, ularning soni, hajmi, o‘lchami, qiymati kabi miqdorlar tushuniladi. Sifat esa voqea – hodisalarning ichki qiyofasi, mohiyatidan kelib chiqadi. Statistikada ko‘rsatkichlar miqdoriy va sifat tomondan chambarchas bog‘liqlikda o‘rganiladi. Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalar ma’lum makon va zamonda sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham statistik ko‘rsatkichlar ularni makon (korxona, firma, birlashma, tuman va mamlakat miqyosida) va davrlar (kunlar, oylar, choraklar, yil va yillar) bo‘yicha o‘rganadi.


Demak, statistik ko‘rsatkichlar deb, ommaviy ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning ma’lum makon va zamondagi holatini, xarakatini, rivojlanishini, tarkibiy tuzilishini ifodalovchi me’yorlarga aytiladi. Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalar holati va xarakati, ularni kuzatishdan (o‘rganishdan) olingan miqdorlar (raqamlar) bilan ifodalanadi. Statistik ko‘rsatkichlarning turlari hodisalar kabi ko‘p bo‘lganligi sababli, ularni biror belgilari bo‘yicha tasniflash lozim bo‘ladi. Statistik ko‘rsatkichlar voqea – hodisalar to‘plamini qamrab olishiga qarab, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga guruhlanadi. Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar faoliyat yurutuvchi sub’ektlarda (firma, korxona ularning bo‘limlari, birlashmalar, koorporatsiyalar va shu kabilar) sodir bo‘layotgan jarayonlarni ifodalaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mamlakat yoki uning hududlaridagi ijtimoiy
– iqtisodiy jarayonlar holati va xarakatini ifodalaydi. Angren ko‘mir konida qazilgan ko‘mir, biror fermer xo‘jaligida terilgan paxta, biror korxonada ishlayotgan xodimlar soni va shu kabilar mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlardir. Mamlakat miqyosida qazib olingan ko‘mir, viloyat yoki mamlakat miqyosida tayyorlangan paxta, ishlayotgan xodimlar soni va shu kabilar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardir. Statistik ko‘rsatkichlar miqdori raqamlar bilan ifodalanadi. Miqdorlar mohiyatiga ko‘ra mutloq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlarga bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati keyingi savol va mavzularda yoritiladi. Statistik ko‘rsatkichlar olish usuliga qarab birlamchi va ikkilamchi (hosilaviy) ko‘rsatkichlarga guruhlanadi. Birlamchi ko‘rsatkichlar hodisa va jarayonlarni kuzatishdan olingan, hamda ular asosida jamg‘arilgan ko‘rsatkichlardir. Ikkilamchi (hosilaviy) ko‘rsatkichlar birlamchi ko‘rsatkichlar asosida matematik amallarni qo‘llab topilgan, hosil bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Mehnat unumdorligi, hosildorlik, korxona (firma) rentabelligi kabi ko‘rsatkichlar ikkilamchi (hosilaviy) ko‘rsatkichlarga misol bo‘ladi. Demak, statistik ko‘rsatkichlarda: ko‘rsatkichlarning nomi (voqea – hodisalar, ob’yektning nomi), ularning qachon, qayerda bo‘lganligi, o‘lchov birligi va raqamda ifodalangan voqea – hodisaning miqdori bo‘lar ekan. Iqtisodchi mutaxassislar bu raqamlarni o‘qib, ularni tilga kiritib, mohiyatiga tushunib, hodisa va jarayonlarning holatiga va davr mobaynida qanday o‘zgarganligiga baho berar ekan. Ijtimoiy va iqtisodiy hodisalar, jarayonlar tegishli ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlar turli xil miqdorlarda, ma’lumotlarda berilib, hujjatlarda qayd qilinadi. Statistik kuzatish natijasida miqdorlar yig‘ilib, tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlanib, o‘rganiladi. Miqdorlarda ifodalangan iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni umumlashtirib , tegishli xulosalar chiqarish statistikaning asosiy vazifasidir. Xodisa va jarayonlar dastlab mutloq miqdorlarda qayd qilinadi, so‘ngra esa ular asosida nisbiy va o‘rtacha miqdorlar hisoblab topiladi. Demak mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki (boshlang‘ich) shaklidir. Miqdorlar qo‘shish, ayirish, o‘lchash kabi amallarni bajarish bilan aniqlanadi. Aholining umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollar soni, korxonalarda xodimlar soni, ishlab chiqarilgan stanoklar soni - “bir”, ”ikki”, “uch” kabi sonlarda qayd qilinadi. Ularning to‘plamlari ming kishi, ming dona kabi son ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Qurilgan yo‘llar uzunligi, daryolarning uzunligi, bosib o‘tilgan yo‘l - metr, kilometr kabi uzunlik o‘lchovi birliklari bilan ifodalanadi. Murakkab xodisalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanadi. Bunday hodisalar ikki va undan ortiq o‘lchov birliklarining o‘zaro birikmasi bilan tavsiflanadi. Masalan: tashilgan yuk - tonna/ kilometrda, ishlab chiqarilgan elektr quvvati kilovatt - soatda, xodimlarning ishlagan ish vaqtlari - kishi / soatda. Lekin natura o‘lchovida xususiyatlari bilan har xil bo‘lgan hodisa va jarayonlar umumlashtirib ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun ham qiymat (pul) o‘lchovi ishlatiladi. Barcha hodisa va jarayonlarni pul o‘lchovida ya’ni yagona o‘lchovda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin. Statistik ko’rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. N.Soatov statistik ko’rsatkichni o’rganilayotgan hodisa va jarayonni me’yoridir 1 deb hisoblaydi, Merestini fikricha statistik ko’rsatkich-hodisa tasvirini adekvat ifodalovchi miqdorlardir. Oxirgi tarifga juda ko’pchilik qo’shiladi. Statistik ko’rsatkichlarni shakillantirishda hisoblashda, o’rganilayotgan hodisalarni adekvat ifodalash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilingani ma’qul:

1.iqtisodiy nazariya va statistika metodologiyasiga suyangan holda hisoblangan ko’rsatkichlar iloji boricha o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatini ifodalab, ularga miqdoriy baho bersin, umummilliy tushunchalar bilan bog’liqligi;


2.ko’rsatkichlar hisoblanayotgan asos ma’lumotlarning har tomonlama to’liqligi;
3.boshlang’ich asos ma’lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo’yicha ularni taqqoslash mumkinligini va ishonchliligini ta’minlash;
4.hodisa va predmetlarni o’rganish, tushunish uchun uni yoymoq, tuzuvchi bo’laklarga bo’lmoq, uni ayrim belgilarini ajratmoq, ya’ni tahlil qilish.Ma’lumki, o’rganilayotgan predmetni xayolan bo’laklarga bo’lish tahlil deyiladi;

5.tahlil(analiz) bilan sintez qilishni ta’minlash;


6.induktsiya va deduktsiyani ta’minlanish, ya’ni ko’rsatkichlarni hisoblashda fikrni yakkalikdan umumiyga qarab(yoki teskarisi) harakatni ta’minlash.

Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni, korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi. Masalan, shartnomalarning bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar korxonaning imidjiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir menejer bu ko’rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi. Tuzilgan va hisoblangan statistik ko’rsatkichlar ob’ektiv haqiqatning ifodasi bo’lib qolmasdan, ular bir-biriga bog’liq hamdir. Statistik ko’rsatkichlar o’zaro: semantik; stoxastik; funktsional bog’liqdir. Statistik ko’rsatkichlarni semantik o’zaro bog’liqligi deganda ularni o’zaro ma’naviy bog’liqligi tushuniladi. Stoxastik- bu noto’liq bog’liqlik, ya’ni ko’rsatkichning o’zgarishi bir necha ko’rsatkichlarning o’zgarishiga bog’liq, funktsional-omil ko’rsatkichning o’zgarishi bilan natijaviy ko’rsatkich to’liq o’zgaradi. Statistik ko’rsatkichlar turli-tuman funktsiyalarni bajarishi ularning turlarini baholaydi. Bizning fikrimizcha ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Agarda ko’rsatkichlar mamlakatga baho beradigan bo’lsa, (masalan, yalpi ichki mahsulot) uni makroiqtisodiy ko’rsatkich deymiz. “Marjon” fermer xo’jaliga yetishtirilgan mahsulot hajmi bu mikroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi. Fermer xo’jaligida ishlayotganlarni ish staji o’rgansak. Bir kishini ish staji individual , ayollar va erkaklar bo’yicha ish staji guruhli, barcha xodimlarning o’rtacha ish staji umumiy ko’rsatkich hisoblanadi. Aniqlash usuliga qarab statistik ko’rsatkichlar yig’indi va hosilaviy ko’rsatkichlarga bo’linadi. Yig’indi ko’rsatkichlar hodisa birliklarini jamlash orqali hisoblanadi, hosilaviy ko’rsatkichlar esa mutloq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlarga bo’linadi.



Mutlaq miqdorlar umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarning bir turidir. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash natijasida o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, sonini, darajasini va uchrashish tezligini xarakterlovchi miqdorlarga ega bo’lamiz. Bunday miqdorlar mutlaq miqdorlar deyiladi. Masalan, O’zbekistonning territoriyasi 447,2 ming kvadrat km., aholisi 30 mln. Kishi, Respublikamizda 210 mingdan ortiq korxona mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib kelmoqda, har yili mamlakatimizning yoshlaridan 50000 tasi student bo’ladi. Bularning hammasi mutlaq miqdorlardir.
Mutlaq miqdorlar ikki usulda aniqlanadi yoki hosil qilinadi: kuzatish ma’lumotlarini jamlash va maxsus hisob-kitob yo’li bilan. To’plam birliklari kuzatishdan o’tgandan so’ng, ularni bir-biriga qo’shsak yoki ayirsak to’plam bo’yicha qancha birlik kuzatishdan o’tganligiga guvoh bo’lamiz, ya’ni to’plam birliklari soni aniqlanadi. Bunday ko’rsatkichlar son miqdorlar deyiladi. Ayrim hodisalarning jami sanash bilan emas, o’lchash yo’li bilan chiqariladi. Masalan, sotilgan tovar miqdori, qazib olingan oltin va h.k. Bunday ko’rsatkichlar hajm miqdorlar deyiladi. Mutlaq miqdorlar hisob-kitob yo’li bilan 3ham aniqlanadi. Masalan , do’konda sotilgan tovarlar hajmini shu usul bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun bizga oy boshidagi tovar qoldig’i summasi, kelib tushgan tovarlar summasi va oy oxiridagi summa aniq bo’lishi kerak. Ma’lumki, oy boshidagi qoldiq (Ob ) bilan kelib tushgan tovarlar (Tk ) yig’indisi, sotilgan (Ts ) tovarlar bilan oy oxirida qolgan qoldiq (Oq ) yig’indisiga tengdir:
Ob +Tk =Ts +Oq , bu erdan Ts =Ob +Tk -Oq
Mutlaq miqdorlar ifodalanishiga qarab individual va umumiy miqdorlarga bo’linadi. Birinchi tur miqdorlar boshlang’ich hujjatlarda qayd qilinadi. To’plam birligi va yakka (individual) miqdorlar soni bir-biriga tengdir. Masalan, respublikadagi xar bir menejer, futbolist, har bir fermerning oladigan daromad summasi yakka (individual) miqdorlarga misol bo’la oladi. Ikkinchi tur, ya’ni umumiy miqdorlar to’plam birliklarining yig’indisini ta’riflaydi. Oldingi misolimizdagi barcha menejerlar, futbolistlar soni va h.k. Umumiy mutlaq miqdorlar o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o’zida aks ettiradi.
Mutlaq miqdorlar natural, shartli natural va qiymat (pul) o’lchov birliklarida ifodalanadi. Natural o’lchov birliklari deganda hodisalarning tabiiy va iste’mol xususiyatlariga mos keladi. Masalan, sotilgan go’sht – kilogrammda , suyuq mahsulotlar – litrda, poyafzal – juftda, masofa – metr yoki kilometrda o’lchanadi. Ayrim paytlarda bitta natural o’lchov birligi hodisani to’liq xarakterlay olmaydi. Shu sababli o’lchov birliklarining birikmasini qo’llash kerak bo’ladi. Masalan, ish vaqti – kishi – soat yoki kishi-kun, transportning bajargan ishi tonna – kilometr, iste’mol qilingan elektr energiya kilovatt – soat va h.k. Bular statistikada kompleks o’lchov birliklari deb nom olgan.
Natural o’lchov birliklarini qo’llash ayrim paytlarda noto’g’ri xulosalarga olib keladi. Masalan, ikkita konserva zavodini olaylik. Ularni har biri 100 ming bankadan konserva ishlab chiqargan. Tashqi ko’rinishdan ikkala zavod bir xil ishlagan. Lekin, bizga ma’lumki, bankaning og’irligi (ichidagi mahsulot nazarda tutilmoqda) 2 turlicha bo’lishi mumkin. Konserva sanoatida shartli banka og’irligi 353,4 sm 3 qabul qilingan. Bizning misolimizda, birinchi zavodda bankaning og’irligi 350 sm 3 , ikkinchi zavodda – 500 sm 3 ekanligi aniqlandi. Bularni shartli bankalarga aylantirsak: birinchi zavod uchun uning soni (350:353,4)•100=99 mingta kelib chiqadi. Ikkinchi zavodda (500:353,4)•100=141 mingta. Demak, oldingi xulosa noto’g’ri bo’lib chiqmoqda. Chunki, shartli natural o’lchov birligida hisob-kitobni amalga oshirsak, ikkinchi zavod birinchi zavodga nisbatan 1,4 barobar ko’p mahsulot ishlab chiqargan. Shunday qilib, shartli natural o’lchov birligi turlicha iste’mol qiymatiga ega bo’lgan bir xil hodisalarni umumlashtirish qudratiga ega.
Natural va shartli natural o’lchov birliklari qanday qulay va foydali bo’lmasin, ular mohiyati jihatdan bir xil bo’lmagan hodisalarni bir o’lchovga keltira olmaydi. Ishlab chiqarilgan gazmol, ko’mir va yog’ning miqdorlarini qo’shib bo’lmaydi. Bu tovarlar turli o’lchov birliklarida o’lchanadi va turli iste’mol qiymatiga ega. Bu muammo qiymat (pul) o’lchov birliklarini qo’llash bilan echiladi. Qiymat o’lchov birligi deyilganda har xil turdagi va turlicha iste’mol qiymatiga ega bo’lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o’lchov birliklari tushuniladi.
Mutlag miqdorlarning turlari statistikada ko'rsatkichlar o'rganilayotgan hodisalaming migdoriy tomonlarini ifoda etadi. Ular o'rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini (aksiyalar soni, aksiyalar giymati, Tovar qiymati, aylanmasi), darajasini, nisbatini va shu kabilari tavsiflaydi. Ma'lumki, ama-livotda igtisodiy hayotning turli jabhalariga tegishli ko' rsatkichlar hisoblanadi. o*zaro Statistik ko'rsatkichlar igtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o zaro bog langan miqdor va sifat belgilariga ega. Masalan, korxona xaraiatlarini olaylik. Uning miqdor tomoni ma'lum bir summani ifodalavdi. Korxona xarajatlariga qanday xarajatlar turi qo' shilishi yoki qo' shilmasligi sifat belgisini ifodalaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va hujjatlar hisoblash yo'riqnomasini o' rganish talab etiladi. Statistik ko'rsatkichlar tegishliligi bo'yicha bilish, boshqarish, ayrimlari rag batlantirish funksiyalarini bajaradi. Statistik ko'rsatkichlarning bilish funksiyasining mohiyati shundan iboratki, ular o' rganilayotgan hodisa va jarayonlarning holati va rivojlanishini, yo 'nalishi va intensivligini tavsiflaydi. Boshgarish funksivasida ular (ko' rsat-kichlar) boshqarishning muhim elementlariga aylanadilar. Bozor iqtisodivoti sharoitida bu funksiyaning roli yanada ortadi. Masalan, shartnomalaring bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatining oshishini tavsiflovchi ko rsatkichlar korxonaning nufuziga katta ta'sir ko'rsatadi. Har bir menejer bu ko' rsatkichlarni yaxshilashga harakat qiladi.
Statistik ko'rsatkichlarning turli-tuman funksiyalarni bajarishi ularning turlarini baholaydi. Ko'rsatkichlar: o'rganilayotgan hodisalarni mohivati bo'vi-cha: hajmiy (sonli) va sifat; umumlashtirish darajasi bo'yicha: individual va umumiy (umumlashtirilgan); jarayonlarni organishga garab: payt (fursat) va davriy ko'rsatkichlarga bo' linadi. Ko'rsatkichlar o'rganilayotgan hodisalarni to' g' ri ifodalashi uchun ularni hisoblashda quyidagi goidalarga rioya qilingani ma' qul:
iqtisodiy nazariya va va statistika metodologiyasiga suyangan holda hisoblangan ko 'rsatkichlar iloji boricha o 'rganilayotgan hodisalarning mohiya-tini ifodalab, miqdoriy baho berishi;
- ular hisoblanayotgan asos ma' lumotning har tomonlama to liqligi;
boshlang ich asos ma 'lumotlar va hisoblash texnologiyasi bo yicha ularni
taqgoslash mumkinligining ta' minlashi;
- ular hisoblanayotgan boshlang'ich ass ma 'lumotlarning ishonchliligini ta' minlashi. Tuzilgan a hisoblangan statistik ko'rsatkichlar obyektiv hagigatning ifodasi bo lib golmasdan, ular bir-biriga bog liq hamdir. Masalan, banking moliyaviy holatini tahlil qilishda birgina foyda summasi yoki darajasi yetarli emas. Buni bir nechta o'zaro bog liq ko'rsatkichlar (foyda, rentabellik, xarajatlar, ustav fondi va sh. k.) yordamida tahlil gilish mumkin. Mutlag miqdorlar umumlashtiruvchi ko' rsatkichlarning bir turidir. Statistik kuzatish ma' lumotlarini jamlash natijasida organilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmi, soni, darajasi va uchrashish tezligini tavsiflovchi miqdorlarga ega bo lamiz. Bunday miqdorlar mutlaq miqdorlar deyiladi. Masalan, O zbekistonning hududi 447,2 ming kvadrat km., 'aholisi 27 mIn. kishi, 2004-yildan Respublikamizda 210 mingdan ortiq korxona mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug ullanib kelmoqda, har yili mam-lakatimiz yoshlaridan 50000 nafari talaba bo'ladi. Bularning hammasi mutlaq migdorlardir Mutlag migdorlar kuzatish ma' lumotlarini jamlash va maxsus hisob-kitob yo 'li bilan aniqlanadi yoki hosil gilinadi.

Jamiyat taraqqiyotini nisbiy miqdorlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Xamma narsa taqqoslanishda bo`ladi. Ikki taqqoslama mutloq miqdorni bo`lish natijasida olingan umumlashtiruvchi miqdor statistikada nisbiy miqdorlar deb ataladi.


Nisbiy miqdorlar kuzatish jarayonida olingan maluotlarni avvalgilariga solishtirish natijasida olinadi.
Xulosa
Masalan: O`zbekiston Respublikasida 2017 yil yakuni bo`yicha o`tgan yilga nisbatan YaPI maxsulatida 5,3% ga o`sish kuzatildi.
Nisbiy miqdorlar xar xil shakilda ifodalanishi mumkin. Ularning ifodalanish shakli bazis miqdorning (nisbat maxrajini) qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog`liqdir. Shunga qarab, nisbiy miqdorlar koefisientlarda, foizda, promillda proditsimillda ifodalanadi.
Ijtimoiy iqtisodiy xodisalar va jarayonlarning bir necha davridagi o‘zgarishlarini o‘rganish uchun mutloq miqdorlarni taqqoslash lozim. Ushbu davrdagi reja ko‘rsatkichlarining, tuzlgan shartnoma shartlarining bajarilishini ham haqiqiy va reja (shartnoma) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab aniqlanadi. Bunday mutloq miqdorlarning birbiriga nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi Demak nisbiy miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga taqqoslanadi. Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor, 
mahrajda esa taqqoslovchi mutloq miqdor bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Башкатов Б.И. Национальное счетоводство. 3-е изд. – М.: Финансы и статистика, 2005, 606 с.

  2. Башкатов Б.И. Практикум по национальному счетоводству. – М.: Финансы и статистика, 2004, 320 с.

  3. Махмудов Б.М. Миллий Ҳисобчилик асослари. Ўқув қўлланма. – Т.: Академия, 2003.

  4. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 629 – 724-б.

  5. Петер фон де Липпе. Экономическая статистика. Перев. с нем. Издат.: Федеральное статистическое управление Германии, Йена, 1995, 629 б.

  6. Экономическая статистика. Учебник. Под.ред. Ю.Н.Иванова. -М.: Инфра, 1998, 480 б.

  7. Ё.Абдуллаев. Макроиқтисодий статистика. -Т.: Мећнат, 1998.


Test.
1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 433-sonli “O’zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o’tish bo’yicha Davlat dasturi” to’g’risidagi qarori qachon qabul qilingan
a. 1994 yil 24 avgust 209
b. 1993 yil 2 sentyabr
c. 1992 yil 6 avgust
d. 1994 yil 17 noyabr
2. O’zbekiston Respublikasida statistika faoliyati tizimining ierarxiyasi qanday
a. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi; statistika boshqarmalari; statistika bo’limlari
b. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi; Qoraqalpog’iston respublikasi statistika departamenti; statistika boshqarmalari; statistika bo’limlari
c. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi; Statistika departamenti; statistika boshqarmalari; statistika bo’limlari
d. to’g’ri javob yo’q

Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling