Mavzu: nobank moliya-kredit muassasalari reja: Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi Kredit korparativ va uyushmalari


Download 70.29 Kb.
bet5/11
Sana16.02.2023
Hajmi70.29 Kb.
#1203827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- mavzuНобанк кредит муассасалари

3. Kredit uyushmalari

O‘zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug‘illanadi. Asosiy muommo shundaki, to lizing obekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinmagunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi.


Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchi bankka schyotlar ochadi. Bu schyotlar mazmuniga ko‘ra aktiv-passiv schyotlar hisoblanadi, ya’ni bu schyotlar debitli qoldiqqa ham ega bo‘lishi mumkin, kreditli qoldiqqa ham ega bo‘lishi mumkin. Kliring palatasi bir ish kuni mbaynida barcha hisob- kitoblarni amalga oshiradi va ish kuni so‘ngida har bir bankka uning hisob-raqamidan ko‘chirma beradi. Agar bank ko‘chirmani debitli qoldiq bilan olgan bo‘lsa , demak unga to‘la berishadi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati markaziy bank Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya , Germaniya , Lyuksenburg kabi mamlakarlarda nazorat funksiyasiga ega emas . Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank
kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining rugulyatori tomonidan nazorat qilinadi.Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasida Lombard ochish uchun minimal ish haqining 40 baravarining miqdorida pul mablag‘lari kerak. Mikrokredit tashkiloti uchun 100 ming yevro ekvivalenti miqdorida pul mablag‘lari kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda olimlarnig bir guruhi “Mikrokredit
tashkilotlarining faoliyati nazorat qilinmasligi kerak” degan fikrni ilgari surishadi. Kredit uyushmalari taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari bilan raqobat qila oladigan darajada shakllangan kredit muassasalari hisoblanadi. Ular o‘z a’zolaridan depozitlar qabul qilish
huquqiga ega . Shu sababli ularning faoliyati nazorat organlari tomonidan qattiq nazorat qilinadi.
Respublikamizda nobank muassasalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari Respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun moliya-bank tizimini baholash yondashuvi va tizimlarini tubdan o’zgartirish, bank faoliyatini tashkil etilishini umum qabul qilingan xalqaro me’yor, andoza va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq yanada yuqori darajaga ko’tarishni ta’minlash maqsadida “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi. Unga muvofiq quyidagilar respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari etib belgilandi: Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar talablariga asosan tijorat banklarining yanada kapitallashuvi, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb qilish, resurs bazalarini oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligini va likvidligini oshirish; omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish hamda aholi va xorijiy investorlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibador omonat va depozitlar turlarini joriy qilgan holda aholi va xo’jalik sub’ektlarining bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish, ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish; etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo’llaniladigan va alohida banklar va butun bank tizimining butun jahonda qabul qilingan baholash ko’rsatkichlarining yanada yuqori darajasiga chiqish yo’lidagi ilgarilashlarini xolisona baholash imkoniyatini beruvchi xalqaro me’yor, mezon va andozalar asosida tijorat banklari faoliyatini va butun moliya-bank tizimini tahlil qilish va baholashning zamonaviy tizimini joriy qilish; moliya-bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazalarini yanada takomillashtirish, davr talablari va xalqaro me’yorlar hamda andozalarga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlar va normativ hujjatlarni qabul qilish; tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish va ularning investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, tavakkalchiliklarni baholash va loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish orqali kredit portfeli sifatini yaxshilash va doimiy o’sishini ta’minlash, kreditlar bo’yicha muammoli qarzdorlikni shakllanishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar ko’rish; nobank moliya tashkilotlari, lizing, sug’urta va auditorlik kompaniyalari tarmog’ini yanada rivojlantirish va rolini oshirish, xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiq, ularning barqarorligini va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kengaytirish va moliya bozori infratuzilmasi institutini mustahkamlash; aholi farovonligini va bandligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirish muhim instrumenti sifatida mikromoliyalash sohasini rivojlantirishni rag’batlantirish; tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiya va uslublarini yangicha yondoshuvlarini shakllantirish va joriy etish, moliya-bank axborotlari sifat darajasini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish; respublika tijorat banklari va moliya institutlarini butun jahonda qabul qilingan andozalar, uslublar va baholash ko’rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, mukammal tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. Mikromoliyalash faoliyati va nobank moliya institutlari sohasidagi qonunchilik bazalarini yanada takomillashtirish:  O’zbekiston Respublikasining «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi va boshqa qonunlariga mikromoliyalash sohasini xalqaro tamoyillar va andozalarga muvofiq yanada takomillashtirishga qaratilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.  O’zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish (yangi tahrirda).  O’zbekiston Respublikasining «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish (yangi tahrirda).  O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya va pay jamg’armalari to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.  O’zbekiston Respublikasining «Yuk tashuvchilar javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.  O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga jahon sug’urtalash amaliyotini hisobga olgan holda sug’urta bozorida professional ishtirokchilar faoliyatini amalga oshirish va uni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.  O’zbekiston Respublikasining «Lizing to’g’risida»gi Qonuniga lizing ob’ektini olib qo’yish va ikkilamchi ishlatish bo’yicha lizing beruvchilar vakolatlarini yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.  O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga auditorlik faoliyatini jahon tamoyillari va andozalariga muvofiq yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish. II. Mikromoliyalash va nobank kredit tashkilotlari sohalarini rivojlantirish a) mikrokredit tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mikrokreditlash va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish hajmlarini kengaytirish  2011-2015 yillarda nobank kredit tashkilotlarining jami kapitali hajmini o’rtacha 2,1 barobarga ko’paytirish orqali ularning moliyaviy barqarorligini oshirish.  2011-2015 yillarda nobank kredit tashkilotlarida depozitlar hajmini 2 barobarga oshirish.  2011-2015 yillarda tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar berish va nobank kredit tashkilotlari tomonidan mikromoliyalash xizmatlarini ko’rsatish hajmini 2,8 barobarga kengaytirish.  Osiyo taraqqiyot banki tomonidan «Kichik biznes va mikromoliyalashni rivojlantirish. 2-faza» loyihasini amalga oshirish doirasida, keyinchalik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash bilan birga ajratilgan mablag’larni o’zlashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. b) nobank kredit tashkilotlari va ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlari tarmog’ini kengaytirish  Nobank kredit tashkilotlari tarmog’ini, ularning sonini 2011-2015 yillarda 1,7 barobarga oshirgan holda yanada kengaytirish.  Respublika hududlarida kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga imtiyozli resurslar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari, investorlar va donorlarning mablag’lari hisobidan mikrokredit va mikroqarzlar ajratishga ixtisoslashgan mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish.  Qarzdorlar guruhining solidar javobgarligiga asoslangan mikrokreditlashning garovsiz usullarini joriy etish bo’yicha pilot loyihalarini amalga oshirish.  Banklar va nobank kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan mikrokreditlar ta’minoti sifatida kreditlarning qaytarilishini sug’urtalash bo’yicha sug’urta polislaridan foydalanish amaliyotini kengaytirish. v) nobank kredit tashkilotlarida hisob yuritilishini, ular faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish usullarini yanada takomillashtirish, axborot-aloqa texnologiyalarini joriy etish  mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni yuritish tartibini takomillashtirish.  mikrokredit tashkilotlari faoliyatlarining asosiy yo’nalishlari bo’yicha operatsiya siyosatlari va jarayonlariga bo’lgan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.  mikrokredit tashkilotlari likvidliligini va kredit portfelini boshqarish bo’yicha talablarni joriy etish.  mikrokredit tashkilotlari aktivlarini tasniflash, ular bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralarni tashkil etish va foydalanish tartibi to’g’risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.  mikrokredit tashkilotlarining nosog’lom va xavfsiz bo’lmagan faoliyatlarini aniqlash va belgilash bo’yicha nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.  mikrokredit tashkilotlarida tashqi auditni o’tkazish bo’yicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.  Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibini va ularning hisobotlarini tahlil qilish usullarini takomillashtirish.  Nobank kredit tashkilotlari faoliyatida buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni shakllantirishni avtomatlashtirish bo’yicha dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali ular faoliyatida axborotaloqa texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish.  Mikromoliyalashtirish sohasi ishtirokchilari tomonidan moliyaviy va ijtimoiy faoliyatlari bo’yicha hisobotlarning nashr etilishini amaliyotga joriy etish. g) Nobank kredit tashkilotlari xodimlarining malakalarini oshirish, mikromoliyalash sohalarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish  Pensiya ta’minoti masalalarini o’rganish bo’yicha Bank-moliya akademiyasida yangi o’quv yo’nalishlarini tashkil etish.  Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish masalalari bo’yicha tematik treninglar va o’quv seminarlar tashkil etish, mazkur soxadagi ilg’or tajriba bilan tanishish maqsadida o’quv safarlarini uyushtirish.  Aholi va kichik biznes sub’ektlarini nobank kredit tashkilotlarining xizmat turlari bilan mikrokredit tashkilotlari va lombardlarni tashkil etish tartiblari bilan tanishtirish maqsadida Respublika hududlarida muntazam ravishda amaliy seminarlarni uyushtirish.  Tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarining mijozlari orasida ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan so’rovlar o’tkazish.  «Eng yaxshi nobank kredit tashkiloti» yillik tanlovini tashkil etish.  Jamiyat va odamlar hayotida mikromoliyalashning mohiyati va rolini, ayniqsa aholining ish bilan ta’minlanishi va farovonligini ortishi to’g’risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan radio va televideniya orqali keng targ’ib qilish.
O’tish davri iqtisodiyoti sharoitida o’zaro kreditlash jamiyatlari aholi qo’lida bo’sh turgan va shu bilan birga yashirincha aylanayotgan naqd pul mablag’larni muomalaga jalb etish yo’li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. 2015 yilda nobank kredit tashkilotlari tizimini rivojlantirish va barqororligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi hamda ushbu yo’nalishda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan yangi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi me’yoriy hujjatlarga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 2015 yilda: – nobank kredit tashkilotlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, dasturiy ta’minotlar asosida buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni takomillashtirib borish; – nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holati va barqarorligi mahalliy reyting kompaniyalari tomonidan baholanishini yangilab borilishini ta’minlash; – O’zbekiston Respublikasining «Garov reestri to’g’risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida nobank kredit tashkilotlari tomonidan garov reestri bilan axborot almashish tizimini joriy etish; – respublikada nobank kredit tashkilotlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini masofadan turib va joyida nazorat qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish ishlari davom ettiriladi. Bunday moliya muassasalarining samarali ekanligini bozor iqtisodiyotiga o’tish chog’ida shu narsa ko’rsatib turibdiki, bunday muassasalar sobiq totalitar tizimdan keyingi davrlarda Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Makedoniyada jadal paydo bo’la boshladi. Bir oz vaqtdan so’ng bu jarayon sobiq ittifoq davlatlari – Latviya, Litva, Estoniya, Ukraina, Belorusiya, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’izistonda ham keng yoyildi. Chet el moliyachi ekspertlarning fikricha, o’tish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari aholining kam ta’minlangan qismini real tarzda mikrokreditlashni ta’minlashga qodir bo’lgan birdan-bir va yagona moliya muassasasidir. Mamlakatimizda iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilishi borasida mulkiy munosabatlari rivojlanib, davlat mulki yildan yilga kamayib, uning o’rnini xususiy soxa – kichik biznes sub’ektlari egallab bormoqda. Bundan tashqari xozirgi kunda mamlakatimz yalpi ichki maxsulotining 48 foizdan ortiqrog’i kichik biznes sub’ektlari zimmasiga to’g’ri keladi. Shunday ekan respublikamizdagi tijorat banklarning saloxiyati, daromadliligi, likvidliligi xuddi shu soxa rivoji bilan bog’liqdir. Zamonaviy iqtisodiy muxit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, mamlakatimizda bank ishini samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi bank tizimini yaratishni taqazo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes alohida o’rin tutadi. Uni rivojlantirishda mikrokredit tashkilotlarining hissasi juda katta. Aksar rivojlangan davlatlar iqtisodiy taraqqiyotining asosi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun mikrokredit tashkilotlariga e’tibor ancha katta va ularning rivoji mamlakat iqtisodiyotining asosiy ustunlaridan biridir 2021 yilda Markaziy bank ислом moliyasi konsepsiyasini o‘z ichiga olgan nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 11 yanvar kuni AOKAdagi matbuot anjumanida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi.
Bunday taklifni Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan parlamentga murojaatida aytib o‘tdi. Davlat rahbari Markaziy bankka moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, shuningdek, islom moliyasi mexanizmlarini joriy etish maqsadida huquqiy asos yaratish uchun 1 fevralgacha nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga topshiriq bergan.
Islom bankingi (islom bank ishi) — bu shariat tamoyillariga mos keladigan moliyaviy faoliyat. Islom bankingida kredit miqdori va muddatiga qarab hisoblangan foizlar yoki stavkalarni olish taqiqlanadi. Ushbu taqiq musulmonlarning ijtimoiy adolat va tenglik to‘g‘risidagi qonunlari bilan izohlanadi.
Behzod Hamrayev yangi qonun moliya bozorida raqobatni kuchaytirishi kerakligini ta’kidladi. Nobank tashkilotlarga ko‘proq xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.
Sentyabr oyi boshida «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi, ammo u yerda islom moliyasi ko‘rsatilmagan.
2018 yil may oyida muhokama uchun taqdim etilgan prezident qarori loyihasida O‘zbekistonda islom bank ishi va moliya infratuzilmasini yaratishni rejalashtirayotganligi ta’kidlangan. Hujjatda foizlar (ribo) shaklida mukofotni taqiqlash, tadbirkor bilan loyihadagi ulushga mos ravishda foyda va zararni taqsimlash ko‘zda tutilgan edi. Islomiy moliyalashtirish tamoyillari asosidagi sug‘urta faoliyati (takoful), lizing faoliyati (ijara), qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar (sukuk) va boshqalarni amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy aktlarni ishlab chiqilishi ham ko‘zda tutilgan edi.
Avvalroq tahlilchilar Karen Srapionov va Shodlik Nazarov «Gazeta.uz» o‘quvchilariga islom qimmatli qog‘ozlar (sukuk) qanday qilib O‘zbekiston iqtisodiyotiga moliyaviy in’eksiya manbaiga aylanishi mumkinligini tushuntirib berishgan edi.7

Download 70.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling