Mavzu: nobank moliya-kredit muassasalari reja: Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi Kredit korparativ va uyushmalari


Download 70.29 Kb.
bet3/11
Sana16.02.2023
Hajmi70.29 Kb.
#1203827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- mavzuНобанк кредит муассасалари

mijozning haqiqiy egasi — yuridik shaxs — mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxs, ya’ni mijoz va (yoki) amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat ko‘radigan shaxsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega bo‘lgan bir yoki bir necha shaxslar;
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
gumonli operatsiya — mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida nobank kredit tashkilotida gumon uyg‘otuvchi, uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya;
shubhali operatsiya — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida nobank kredit tashkilotida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan hamda Departamentga xabar qilinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
bir marotabalik operatsiyalar — jismoniy shaxslar tomonidan bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar — tahlil qilinadigan davr mobaynida mijoz tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
3.Kredit uyushmalari. Lombardlar, ssuda-jamg’arma assosiatsiyalari.
O'zaro jamg’arma banki -asosan, AQShning shimoliy-sharqiy va o'rta-Atlantika mintaqalarida, past daromadli ishchilarga ularning mablag'larini tejashga yordam berish uchun, shuningdek sarf qilmagan daromadlarining bir qismi sifatida AQShda tashkil etilgan. Ular uzoq muddatli barqaror aktivlarga, masalan, ipotekalarga sarmoya kiritadilar.
1810-yilda Shveytsariyaning Rutwell shahrida Rev. Genri Duncan tomonidan uyushtirilgan Jamg'arma va do'stlik jamiyati tarixchilar tomonidan dunyodagi birinchi zamonaviy jamg'arma banki hisoblangan.
Birinchisi, AQShning o'zaro jamg'arma banki Bostonda Jamg'arma uchun Provayderlar Instituti bo'lgan. 2015-yilda, AQShning eng qadimgi (va eng katta) jamg’arma banki Boston Sharqiy Bankidir. Uning aktivlari qariyb $ 10 milliard.
O’JB lar odatda ipoteka krediti uchun sarmoya kiritadilar. Shaxslar va korxonalar oldindan to'liq qiymatini to'lamasdan yirik xaridlar uchun ipoteka kreditlaridan foydalanganlar.
Mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarga quyidagilar kiradi:
banklar;
kredit uyushmalari;
mikrokredit tashkilotlar;
lombardlar;
boshqa kredit tashkilotlari.
Mikrokredit- qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to’lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag’laridir.
Mikroqarz- mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo’lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa, to’lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag’laridir.
Mikrolizing- mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig’iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.
Bank – bu moliyaviy muassasa bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, to’lovlilik va ta’minlanganlik asosidaberadigan tijorat tashkilotdir.
Mikrokredit tashkilotlar-aholining iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta’minlangan qatlamlariga kredit beradi.
I.Umimuy qoida5.
1. Mikrokredit tashkilotlari mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing, shuningdek boshqa mikromoliyaviy xizmatlar, shu jumladan qonunchilikka muvofiq iste’mol kreditlarini berish borasida xizmatlar ko‘rsatadi
2. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tarif va haqlar faqat milliy valyutada belgilanadi
O’zbekiston Respublikasida kredit uyushmalari faoliyati quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi6:
-O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 
-O’zbekiston Respublikasining "Kredit uyushmalari to’g’risida"gi Qonuni 
-O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlari Kredit uyushmalari faoliyatini kim tartibga soladi? O’zbekiston Respublikasining "Markaziy bank to’g’risida"gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining "Kredit uyushmalari to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq kredit uyushmalari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy bank moliyaviy va kassa operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning kredit uyushmalari uchun majburiy bo’lgan qoidalarini belgilaydi, shuningdek respublikada kredit uyushmalari faoliyati ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi. Kredit uyushmasiga kim a’zo bo’lishi mumkin? Kredit uyushmasiga a’zo bo’lish istagini bildirgan va uyushmaning ustav fondiga a’zolik badalini kiritgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs kredit uyushmasi ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Kredit uyushmasi tomonidan berilgan a’zolik sertifikati shaxsning kredit uyushmasiga a’zoligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Kredit uyushmasi a’zolari soni elliktadan kam bo’lishi mumkin emas. 
Kredit uyushmasi - bu banklardagi singari kapitallar birlashuvidan emas, balki odamlar birlashmasidan iborat moliyaviy kooperativdir. Bank xizmatlaridan mijozlarning cheklanmagan doirasi foydalanadi. Banklardan farqli o’laroq, kredit uyushmalari o’z faoliyatini shaxslarning muayyan doirasi bilan cheklaydi, ya’ni kredit uyushmasi xizmatlaridan faqat uning a’zolari foydalanishi mumkin. Banklarda mulk asosan muayyan shaxslar (aksiyadorlar) qo’lida jamlanadi, bu bank faoliyatini bir necha yirik mulkdor tomonidan nazorat qilish imkonini beradi. Kredit uyushmasining hamma a’zolari uning mulkdorlari hisoblanadi. Ular kredit uyushmasi fondiga qo’shgan hissalari miqdoridan qat’i nazar, qarorlar qabul qilishda, uyushmani boshqarishda ishtirok etishda va uning faoliyati ustidan nazorat olib borishda teng huquqlardan foydalanadi (bir kishi - bir ovoz). Bank faoliyatining maqsadi aksariyat hollarda daromad olishdan iborat. Kredit uyushmasining faoliyati esa avvalo moliyaviy xizmatlar ko’rsatish orqali o’z a’zolarining extiyojlarini qondirishga yo’naltiriladi, shu bois daromad olish kredit uyushmasi uchun asosiy maqsad hisoblanmaydi. Kredit uyushmalari o’z faoliyati natijasida olingan daromadni o’z ishtirokchilariga dividendlar tarzida, shuningdek xizmatlar sifatini oshirish va ularning turlarini ko’paytirish yoki berilayotgan kredit resurslarining qiymatini kamaytirish yo’li bilan qaytaradilar.

Download 70.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling