Mavzu: Nogironlar bilan ijtimoiy ish va uning xususiyatlari Kirish. Asosiy qism I. Bob Nogironlik haqida umumiy ma’lumot


Download 76.48 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi76.48 Kb.
#1797786

Mavzu: Nogironlar bilan ijtimoiy ish va uning xususiyatlari
Kirish.
Asosiy qism
I.Bob Nogironlik haqida umumiy ma’lumot.
1.1 Jamiyatnizng nogironlarga bo’lgan munosabatining tarixi va taqdiri.
1.2 Nogironlik turlari
II. Bob Nogiron bolalarning ijtimoiy-madaniy integratsiyasi
2.1Ijtimoiy –madaniy majmuaning nogiron bolalarni ijtimoiylashtirishdagi o’rni
2.2 Bolalarning nogironligi dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Nogironlik, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda Nogironlik Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga qarab 3 guruhga boʻlinib, vaqtincha (6—12 oy) yoki muddatsiz qilib tayinlanadi. 1-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan va boshqaning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh Nogironiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan, shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.
1995-yil 11-noyabrda ‘’O’zRning nogironlarni realibitatsiya qilish borasidagi chora tadbirlari Davlat dasturi to’g’risidagi ‘’ qaror qabul qildi.Mazkur qarorning ijrosi nogironlarni realibitatsiya qilish markazlari sistemasi [Nogironlarni tibbiy ijtimoiy va kasb bo’yicha realibitatsiya qilish milliy markazi ,tayanch –harakakat sistemasi kasalliklarida nogironlar realibitatsiya markazi va 10 umumiy tipdagi hududiy realibitatsiya markazlari] tashkil etildi.Birlashgan Millatlat Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14- oktyabrdagi 47\3 –sonli qaroriga asosan har yili ‘’ 3-dekabr - Xalqaro nogironlik kuni ‘’ kuni sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo’lmagan kishilar bilan teng huquqilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari,huquqlarini inobatga olinishini , barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyolovchi qonunlar va tartib tamoyillarini joriy etilishini ta’minlab barcha uchun ochiq va do’stona bo’lgan jamiyat qurishdan iborat .

‘’Xalqaro nogironlar kuni’’ga bag’ishlab o’tkazilgan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish ,moddiy va manaviy

qo’llab- quvvatlash ,ularning jamiyatda o’z o’rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar,bu borada muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik ,keng jamoatchilikning bu savobli ishlarida faol ishtirokining yorqin namunasidir.
Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston xalqiga 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan murojaat yo’lladi .Tabrik matni president matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Qadrli vatandoshlar

Ma’lumki ,Birlashgan Millat Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992- yil 14-oktabrdagi rezolutsiyasiga muvofiq ,har yili 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.Bundan ko’zlangan asosiy maqsad –nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilish ,ularning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iborat. Ezgulik ,mehr-oqibat,insonparvarlik timsoli bo’lgan ushbu ayyomda mamlakatimizdagi 1millionga yaqin umkoniyati cheklangan va nogironligi bo’lgan fuqarolarimizga hurmat va ehtirom va ezgu tilaklarimni bildiraman.Mehr-muruvvatli va bag’rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj ,imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatishni jamiyatda tinchlik ,do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab keladi.Ana shunday ezgu an’analarimizni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida songgi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni qo’llab quvvatlash ,ular uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish borasidagi davlat siyosati yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Buning tasdig’ini ‘’Nogironligi bo’lgan shaxslarning hguquqlarini himoyalash to’g’risida’’gi qonun qabul qilinganligi ,mamlakatimiz nogironlar huquqlari to’g’risidagi xalqaro konvensiyaga qo’shilganligi ,sohada mustahkam baza yaratilganligi misolida ko’rish mumkin. Shu asosda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo’lgan shaxslarning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlaridan foydalaninsh ,harakatlanish,sog’liqni saqlash,ta’lim,bandlik,realibitatsiya,siyosiy ijtimoiy hayotda ishtirok etish bilan bog’liq huquqlari ta’minlanmoqda .Bu orada ‘’Inson qadri uchun’’ tamoyili asosida Yangi O’zbekistonda iklyuziv rivojlanish ,yani aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilayotgani muhim ro’l o’ynamoqda .
Yangi barpo etilayotgan davlat idoralari binolari ,ijtimoiy obyektlar ,bog’ va parklar ,jamoat transportida maxsus infratuzilma yaratish , davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini nogironligi bo’lgan shaxslarga moslashtirish boyicha chora tadbirlar ko’riladi ,teleko’rsatuvlar,adabiyotlar,va kutubxonalar soni ko’paytiriladi.
Mamlakatimiz hududida barpo etilayotgan ‘’Yangi O’zbekiston’’massiv-larida nogironligi bo’lgan shaxslarga uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun subsidiya va imtiyozli kreditlar beriladi. Eng muhimi barcha darajadagi rahbarlarva davlat idoralari mas’ullari tomonidan nogironligi bo’lgan shaxslarning muammolarini o’rganish va hal qilish bo’yicha doimiy muloqot tizimi yo’lga qo’yiladi.
Haqiqiy matonat egasi bo’lgan nogiron yigit qizlarimizning jahon maydonlarida yuqori natijalarni qo’lga kiritib ,vatanimiz bayrog’ini baland ko’tarib kelayotganlari barchamizga cheksiz g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Tokiyoda o’tkazilgan paralimpiya o’yinlari da O’zbekiston vakillari 8 ta oltio, 5a ta kumush, va 6 ta bronza medallarini qo’lga kiritgani har qanday tahsin va tasonnolarga munosibdir.
Biz bu borada siz, azizlarga va ko’pni ko’rgan otaxon va onaxonlarimizga ,hurmatli xotin – qizlarimizga hayotga dadil kirib kelayotgan navqiron yoshlarimizga ,doimo ezgu va savob ishlar qilib yashashga intiladigan butun xalqimizga tayanamiz. Bir fikrni alohida ta’kidlab o’tmoqchiman: jamiaytimizning eng ehtiyojmand qatalamlaridan biri bo’lgan nogironlar bilan bog’liq faoliyatimizni qayta ko’rib chiqar ekanmiz ,bu insonlar ham mamlakatimiz fuqarolari,bizning yurtdoshlarimiz ekani,hech qachon o’zlarini yolg’iz his etmasliklari, ijtimoiy va iqtisodiy hayotimizda faol ishtirok etishlari uchun bundan buyon ham barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.Bir so’z bilan aytganda, O’zbekistonda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi.
Millat tili va dinidan qat’I nazar ,inson qadr-qimmatini va shanini ulug’lash ,har bir fuqaro haqida e’tibor va g’amxo’rlik ,megr-muhabbat ,saxovat va oliyjanoblik biz qurayotgan yangi O’zbekiston jamiyatining hayot qoidasi bo’lib qoladi.
Barchangizni ana shunday oliyjanob ishlarda faol ishtirok etishga da’vat etaman.
Chuqur hurmat ehtirom bilan ,
Shavkat Mirziyoyev , O’zbekiston prezidenti !!!


Ishonchim komil, 3 –dekabr Xalqaro nogironlar kuni mamlakatimiz ijtimoiy- siyosiy hayotida mustahkam o’rin egallab, jamiyatimizda ezgulik, mehr –oqibat, gumanizm g’oyalarini yanada chuqur qaror toptirishga xizmat qiladigan muhim sanalardan biri bo’lib qoladi !!!


Oramizda shunday insonlar borki, ularning jismoniy imkoniyati cheklangan, lekin maʼnaviyati yuksak, ruhi esa juda kuchli va matonatli. Afsuski, nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘pincha ishlash, taʼlim darajasini oshirish va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. Hozirgi paytda ularning soni jahon miqyosida tahminan 1 milliard nafarni tashkil etadi. Aksariyat hollarda ular kamsitish va “qo‘li kaltalik”dan aziyat chekadilar. Albatta, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi eng katta masʼuliyat davlat zimmasiga tushadi

Shuningdek, imkoniyati cheklanganlarning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq qator masalalar ham Qonun darajasida belgilandi. Tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport inshootlari, dam olish, shuningdek turistik obyektlardan bepul foydalanishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishi, ularga bepul tibbiy yordam ko‘rsatishning davlat kafolatlari dasturi doirasida tegishli choralar ko‘rishi, nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, parvarish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish huquqi shular jumlasidan.
Eng muhimi, qonunning 6-moddasida nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik tamoyili aks ettirilgan. Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo‘yish, istisno etish, chetlatish, cheklash yoki afzal ko‘rish holatlari, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishni rad etish taqiqlanadi.


Ushbu normaning nozik bir jihati borki, bu tegishli davlat tashkilotlari va hokimiyatlarga anchayin murakkab, zalvorli va moliyaviy tomondan yaxshigina mablag‘ talab etuvchi vazifalarni yuklaydi. Bu – nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy obyektlarda hech qanday to‘siqlarsiz harakat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratishdir. To‘g‘ri, shu kunga qadar ham bino va inshootlar, yo‘laklar, transport vositalarining maʼlum bir qismigina nogironlarning erkin harakatlanishi uchun moslashtirildi, lekin bu yetarli emas. Bundan buyon nogironligi bo‘lgan shaxslarni hech bir shaklda kamsitilishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham, avvalambor, qulay muhitni taʼminlashning aniq mexanizmlarini joriy qilish maqsadga muvofiq.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, Ombudsman instituti bilan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, uning doirasida aholining nogiron qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy hayotda faol qatnashishlari uchun ko‘maklashish, mehnatga jalb etish, ularning huquqlarini himoya qilish, ushbu yo‘nalishda ularning huquqiy madaniyatini yana-da yuksaltirish bo‘yicha hamkorlikda ishlanmoqda. O‘ylaymanki, bu boradagi amaliy ishlarni yana-da kengaytirish va mustahkamlash davr talabiga aylandi. Shu jihatdan Ombudsman instituti tomonidan mamlakatimizda nogironlik sohasida faoliyat yuritayotgan 600 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda joylarda yangi tahrirdagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish, imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birgalikda mazkur xujjatning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

NOGIRONLIKNING TURLARI
 Tarkib:
Nogironlikning turlari va ularning xususiyatlari
Miya yoki nevrologik
Eshitish vositasi
Ko'rish
Jismoniy va harakatchanlik
Orqa miyadan
Kognitiv yoki intellektual
Psixologik
Ko'rinmas
O'rganish
Visseral nogironlik
Nogironlik- bu kasallikdan aziyat chekadiganlarga individual yoki me’yoriy guruh bilan taqqoslaganda , ular yashaydigan jamiyatda ishlashda qiyinchilik tug’diradigan holat va funksiya sifatida tavsiflanadi. Bu atama jismoniy , hissiy, kognitiv, va intelektual nuqsonlarni o’z ichiga olgan holda juda xulma –xil muammolarga murojajat qilish uchun ishlatilishi kerak.
Shunday qilib , terap-iya sohasida nogironlik asosan uchta elementga ta’sir qiladi: tana tuzulishi va faoliyati, kundalik faoliyati va turli xil ijtimoiy va vaqtinchalik sharoitlarda qatnashishi . Boshqa tomondan jismoniy va ijtimoiy muhit nogironlikning odamlar hayotidagi ta’sirida juda muhim ro’l o’ynaydi .

Nogironlikning turlari va xususiyatlari


Miya yoki nevrologik
Miyaning faoliyati bilan bog'liq muammolar bilan bog'liq ko'plab nogironlik turlari mavjud. Ulardan ba'zilari tug'ilish sharoitlari bilan bog'liq bo'lsa, boshqalari juda xilma-xil bo'lishi mumkin bo'lgan omillar ta'sirida miyaga zarar etkazishi natijasida yuzaga keladi: infektsiyalar, neyrodejenerativ kasalliklar yoki qon tomirlaridan giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar iste'mol qilish yoki bosh travması

Ushbu turdagi muammolar bilan bog'liq bo'lgan nogironlar odatda organik miya sindromlari deb nomlanadi, chunki ular psixiatrik kelib chiqishi bilan emas, balki jismoniy kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Biroq, ba'zi mutaxassislar ushbu toifadagi shizofreniyani o'z ichiga oladi, chunki u kuchli biologik tarkibiy qismga ega.

Eshitish vositasi


Eshitish qobiliyati cheklanganlar qisman yoki umuman kar bo'lgan odamlar tomonidan azoblanadi. Karlik zo'ravonligiga qarab, ushbu muammoning oqibatlari ozmi-ko'pmi jiddiy bo'lib, azob chekayotgan shaxsning hayotiga ozmi-ko'pmi ta'sir qiladi.


Masalan, faqat qisman kar bo'lgan odam eshitish vositalaridan atrof-muhitdagi tovushlarni yaxshiroq idrok etish uchun foydalanishi mumkin, garchi umuman olganda ularning dunyo bilan muomalasi bu nogironligi bo'lmagan odamnikidek samarali bo'lmaydi. Aksincha, umuman kar bo'lganlar, muloqot qilish va kundalik hayotlarida ishlash uchun boshqa usullardan foydalanishlari kerak bo'ladi.


Ko’rish.
Nogironlikning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu ko'rish qobiliyatini yo'qotish bilan bog'liq. Oldingi holatda bo'lgani kabi, ko'rish bilan bog'liq muammolar qisman yoki to'liq ko'rlikka olib kelishi mumkin va tug'ilish paytidan boshlab mavjud bo'lishi yoki aksincha, keyinchalik rivojlanishi mumkin.
Ko'p marta, ko'rish qobiliyati buzilishi haqida o'ylaganimizda, faqat ko'rlik esga keladi. Shu bilan birga, shox pardaning shikastlanishi, katarakt yoki og'ir miyopiya kabi boshqa holatlar mavjud bo'lib, ular bundan aziyat chekadigan odamlar uchun juda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin
.
Tayanch harakat sistemasi

Jismoniy va harakatchanlikning nogironligi dunyodagi millionlab odamlarga turli xil ta'sir ko'rsatadigan mavjud bo'lgan eng katta guruhlardan birini tashkil etadi. Masalan, ularning ba'zilari vaqtinchalik, boshqalari esa umr bo'yi davom etadi. Xuddi shunday, ular tug'ilishdan paydo bo'lishi yoki keyinchalik shakllanishi mumkin.
Jismoniy yoki harakatsizligi bo'lgan odamlar tomonidan eng ko'p uchraydigan muammolar orasida bir yoki bir nechta oyoq-qo'llardan foydalanish qiyinligi yoki etishmasligi (ham pastki, ham yuqori) , qo'lda epchillikning etishmasligi yoki turli xil harakatlarni muvofiqlashtira olmaslik kiradi


Orqa miyadan
Orqa miyaning nogironligi ushbu organga etkazilgan zararning ayrim turlari bilan bog'liq. Ular odatda umr bo'yi davom etadigan juda og'ir oqibatlarga olib keladi, masalan, tananing turli qismlarida harakatchanlikni yo'qotish; yoki o'ta og'ir holatlarda gemipleji yoki tetraplegiya kabi holatlar.
Odatda o'murtqa nogironlik ba'zi bir jiddiy avariyalar tufayli yuzaga keladi, masalan, yo'l harakati bilan bog'liq. Biroq, ba'zi hollarda ular tug'ma nuqson tufayli ham kelib chiqishi mumkin.


Boshqa tomondan, ushbu turdagi nogironliklarni ikkiga bo'lish mumkin: umurtqa pog'onasi orqali muloqotga to'liq ta'sir qiladigan va qisman ta'sir qiladiganlar

Kognitiv va intelektual

Kognitiv nuqsonlar guruhi mavjud bo'lgan eng katta guruhlardan biridir. Ulardan biri ta'sir qilganlar, odatda, o'zlarining muloqotlari, o'zlariga g'amxo'rlik qilish, ijtimoiy ko'nikmalar, xavfsizlik va o'z-o'zini boshqarish muammolari tufayli, kundalik hayotda to'g'ri kurashish haqida gap ketganda sezilarli darajada cheklovlarga ega.
Intellektual nogironlikning ko'plab turlari mavjud, ularning ba'zilari juda jiddiy va umumiy, boshqalari esa aniqroq. Masalan, ushbu turkumda biz autizm va Asperger sindromi, chegara intellekti, giperaktivlik yoki Daun sindromi kabi holatlarni topishimiz mumkin.

Psixologik


Psixologik nuqsonlar jamiyatda eng kam tanilgan va ko'rinadigan narsalardan biri hisoblanadi. Ular o'zlarining kundalik hayotlarining turli sohalarida, masalan, ijtimoiy, ishda yoki hatto o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq ishlarda azob chekayotgan odamlarning normal ishlashiga to'sqinlik qiladigan yoki to'sqinlik qiladigan ruhiy kasalliklarning mavjudligi bilan bog'liq.Ko'pgina mamlakatlarda psixologik nuqsonlar boshqa turlari bilan bir xil darajada ko'rib chiqilmaydi. Biroq, uning oqibatlari chindan ham og'ir bo'lishi mumkin va ta'sirlanganlarning kundalik hayotida to'g'ri ishlashiga to'sqinlik qiladi.Eng tez-tez uchraydigan psixologik kasalliklar orasida biz katta depressiya, tashvish bilan bog'liq buzilishlarni (travmadan keyingi stress buzilishi, umumiy tashvish yoki obsesif-kompulsiv buzuqlik kabi), bipolyar buzuqlik yoki shaxsiyat buzilishlarini topishimiz mumkin. Ushbu so'nggi guruhda biz chegara, histrionik yoki shizoid kabi ba'zi narsalarni topamiz.

Ko’rinmas


Ko’rinmas nogironlik atamasi azob chekayotganlarning kundalik hayotlarida normal rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan va har qanday sohada muammo tug’diradigan , tashqi tomondan osonlikcha sezilmaydigan har qanday qiyinchiliklarni anglatadi.
Biro kishining nogiron kalyaskasida bo’lganida , ko’r yoki jismoniy nogironlikda bo’lganligini aniqlash juda oson . Shu bilan birga, bir xil darajada og’ir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan boshqa holatlar mavjud,ammo ularni birinchi qarashda aniqlash oson emas. Masalan, autism spektridagi odamlar nogironlikdan aziyat chekishadi , bu ular uchun konstruktiv ijtimoiy munosabatlarni davom ettirishni qiyinlashtiradi va o’zlariga g’amxo’rlik qilish,ish toppish yoki barqaror qo’llab quvvatlash doirasini saqlash masalasida ularga har xil muammolarni keltirib chiqaradi. Biroq , ijtimoiy darajada bu muammo juda sezilmas,shuning uchun ta’sirlanganlarga yordam deyarli yo’q. Shu tarzda ko’rinmas nogironligi bo’lgan shaxslar nafaqat o’zlarining holatlariga xos bo’lgan qiyinchiliklarga duch kelishlari , balki tushunmovchilik kamsitish va xurofatlarga qarshi kurashish kerak.

O’rganish


Nogironlikning so’nggi turi – bu to’g’ri o’rganishimizga to’sqinlik qiladigan barcha qiyinchiliklarni o’z ichimizga oladi. Ular odatda , boshqa turlar kabi jiddiy emas , garchi ba’zi hollarda ular azob chekayotgan odamlarga jiddiy muammo tug’dirishi mumkin.Ushbu guruhda biz disleksiya,giperaktivlik buzulish ,diqqat yetishmasligi buzulishi kabi nogironlikni topa olamiz.

Visseral nogironlik


Bu inson tana organida , tizimida yoki apparatida yetishmovchilik bo’lib , odamning normal hayot kechirishiga to’qinlik qiladi. Bu nogironlikka biz misol qilib yurak paroki bilan tug’ilgan insonlarni keltirish mumkin


Yurak paroklari –yurakning anatomik tuzulishidagi nuqson ,kamchilik va o’zgarishlar normal qon oqimiga xalaqit beradi.Tug’ma yurak paroklari homila yuragi va yurak yirik tomirlarining ebrional rivojlanish davrida noto’g’ri shakllanish natijasida ro’y beradi. Homiladorlikning ilk davrida ona organizmining zaharlanishi ba’zi kasalliklar bilan og’rishi ,ionlanuvchi nurlarning biologic ta’siri ,irsiy kasalliklar sabab bo’ladi.

Ijtimoiy integratsiya – rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani ijtimoiy munosabatlar va xatti- harakatlarning umumiy tizimiga ijtimoiy adabtatsiyadir . Nogiron bolani jamiyatga integratsiyasi muammosi bir tomondan ,psixik va ijtimoiy rivojlanish kamchiliklarini mavjudligi bilan , ikkinchi tomondan ijtimoiy munosabatlar tizimini mukammal emasligi ,ya’ni ba’zi talablarni ma’lum darajada keskinligi hayot faoliyati cheklangan bola uchun o’ta olmaydigan to’siqqa aylanishi bilan ifodalanadi.



Nogironlarni jamiyatga integratsiyasining ikki yondashuvi mavjud . Birinchi yondashuv nogironni jamiyatga integratsiyasini mavjud atrof muhit shart-sharoitlariga moslashishini nazarda tutadi.Albatta mazkur yondashuv bir tomonlama va juda tordir. Ikkinchi yondashuv nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash va jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlashni nazarda tutadi.Nogironni jamiyatga kirishga tayyorlash bo’yicha ko’pgina ishlar amalga oshirilgan bo’lsada , jamiyatni nogiron bolani qabul qilishga tayyorlash bo’yicha ishlar endi muhokama qilinadi.
Ijtimoiy adaptatsiya – o’zgaruvchan hayot tarzlariga insonni moslashish qobiliyati bo’lib , ijtimoylashuv va integratsiyaning muhim mexanizmidir.Ijtimoiy adaptatsiya turli faoliyatlar [o’yin,muloqat,o’qish,mehnat]va insonni o’zini anglash jaroyonida amalga oshadi.Mazkur faoliyat turlari bir vaqtning o’zida hayotning turli bosqichlarida adaptatsiya vositalari, maqsadlari va natijalari sifatida xizmat qiladi.

Inklyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo’lib , nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish , maxsus ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’i nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’limning vazifalari
Ta’lim muassasasida ta’limga alohida ehtiyoji bo’lgan imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim olishlari uchun zarur psixologik- pedagogik , korreksion sharoitlar yaratish , ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish.

Maxsus ta’lim muasasasi o’quvchilarini umumta’lim maktablari bilan uyg’unlashtirgan holda faoliyat olib borish yo’li bilan o’quvchilarning ta’limdagi huquqlari tengligini kafolatlash,
Jamiyat va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish ,bolaning ehtiyojlarini qondirish ,ijtimoiy hayotga erta moslashtirish , imkoniyati cheklangan bolalarni va o’smirlarni oiladan ajratmagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish ;
Jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga muqobil munosabatni shakllantirish;
Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari;
Inklyuziv ta’limning etirof etilishi;
Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi;
Bog’lanishning mavjud bo’lish tamoyili;

Inklyuziv ta'lim sohasidagi faoliyatimiz


UNICEF inklyuziv ta’limni O‘zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.



Inklyuziv maktabning asosiy vazifalaridan biri istisnosiz barchaning ehtiyojlarini qondiradigan tizimni qurishdir. Ushbu turdagi ta'lim muassasalarida nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar, balki hamma ham o'zini anglash, o'ziga ishonch, o'z ahamiyatini his qilish imkonini beradigan yordam oladi. Bunday maktabning asosiy maqsadi o'z-o'zidan ta'lim emas, balki to'liq ijtimoiy hayotni, tengdoshlar bilan faol muloqotni va o'zaro yordamni ta'minlashdir. Bularning barchasi o'quvchilarga muloqot natijasida rivojlanish, ta'lim jarayonlarini va maktab hayotining boshqa sohalarini boshqarish bo'yicha birgalikda qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Statistik ma’lumotlar imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim ko‘lami kengaytirilgan taqdirda pedagog kadrlarni qo‘shimcha qayta tayyorlash zarurligini aniq ko‘rsatib turibdi. O'qituvchilarning faqat 1/5 qismi ularning malaka darajasi alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashga imkon beradi deb hisoblaydi. Bugungi kunda mavjud bo'lgan integratsiyaning kam (hozircha) ko'lami bilan ham, professor-o'qituvchilar va ijtimoiy o'qituvchilarni qayta tayyorlash zarurati aniq. Hozirgi vaqtda nogiron bolalarni umumta'lim maktablariga qamrab olishda ko'plab to'siqlar mavjud. Bu masalada ota-onalar va o'qituvchilar hamjihatligini bildirdi.

Nogironlik bir kishining yoki hatto aholining bir qismining emas, balki butun jamiyatning muammosidir. Nogironlik va nogironlar sonining doimiy o'sib borishi - bir tomondan, har bir shaxsga, uning jismoniy, aqliy va intellektual qobiliyatidan qat'i nazar, e'tiborning chuqurlashishi, ikkinchi tomondan, nogironlarning qadr-qimmati haqidagi g'oyalarni takomillashtirish. demokratik, fuqarolik jamiyatiga xos bo'lgan shaxs va uning huquqlarini himoya qilish zarurati - bularning barchasi hozirgi davrda ijtimoiy reabilitatsiya faoliyatining ahamiyatini oldindan belgilab beradi.
Nogironlikning ijtimoiy o'ziga xosligi huquqiy, iqtisodiy, kommunikativ, psixologik va boshqa to'siqlardan iborat bo'lib, ular sog'lig'i turli xil nogironlarga jamiyatda faol ishtirok etish va unda to'liq ishtirok etish imkonini bermaydi. Faqat rasman nogiron deb tan olingan, kamida 10 million kishi va butun aholining jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonligi ko'rsatkichlari bo'yicha ma'lumotlarni hisobga olgan holda, bu muammolar har uchinchi shaxsga ta'sir qiladi.


Nogironlik bir kishining yoki hatto aholining bir qismining emas, balki butun jamiyatning muammosidir. Nogironlik va nogironlar sonining doimiy o'sib borishi - bir tomondan, har bir shaxsga, uning jismoniy, aqliy va intellektual qobiliyatidan qat'i nazar, e'tiborning chuqurlashishi, ikkinchi tomondan, nogironlarning qadr-qimmati haqidagi g'oyalarni takomillashtirish. demokratik, fuqarolik jamiyatiga xos bo'lgan shaxs va uning huquqlarini himoya qilish zarurati - bularning barchasi hozirgi davrda ijtimoiy reabilitatsiya faoliyatining ahamiyatini oldindan belgilab beradi.
Jamiyatimizda shunday tahsinga sazovor insonlar borki, ular xastaligiga qaramay bizlarni ilhomlamtiradi.

Bunga misol mashhur yulduz futbolchi Cristiano Ronaldo bolaligida haddan tashqari tezlik uning stressli vujudiga kuchli hissiy munosabat uyg’otib uni tashvishga solidi. Bu Cristianoning yurak xastaligiga olib keladi. Bu sog’lig’I bilan bog’liq muammo bo’lib , uni deyarli futboldan voz kechishiga olib keladi.Uning yuragi ishlamay qolganiga javoban Sporting CP tibbiy xodimlari Ronaldoning operatsiyasini o’tkazish uchun ota-onasidan ruhsat oladi.Uning yurak yo’llari lazer yordamida yaxshilanadi.Shukurki , shifokorlar ruhsat bergandan so’ng u yana futbolga qaytadi.
Albatta bu hodisa barchamizga o’rnak bo’lsa arziydi

Va u ko’plab mashaqqatlarni yengib 451 uchrashuvda 438 marotaba gol uradi.
Bundan tashqari ko’plab boshqanogironlar o’zlarini sport sohasida rivojlantirmoqdalar. Tokio -2020 Paralimpiya o’yinlari o’z yakuniga yetdi.O’zbekiston delegatsiyasi ushbu paralimpiya o’yinlariga 48 sportchi bilan 55 ta yo’llanmani qo’lga kiritdi.Yakunda esa O’zbekiston jamoasi 8 ta oltin , 5 ta kumush, va 6 ta bronza, jami bo’lib 19 ta medalga sazovor bo’ldi.Shunday qilib O’zbekiston umumjamoa hisobida 162 ta delegatsiya orasida musobaqani 16 – o’rinda yakunladi.
Dunyoda millionlab nogironlar . Dunyoda hatto sog’lig’I to’liq hayot kechirishga imkon bermaydigan mashhurlar ham bor.Lekin nogironlik insonni orzu yo’lida to’xtatadi deb o’ylamang !


Bu barcha yulduzlarning misoli buning aksini ko’rishni osonlashtiradi. Imkoniyatlaringiz cheklangan bo’lsa ham, siz dunyoga mashhur inson bo’lishingiz mumkin .Hayotdan zavq olishlikka hattoki nogironlik ham ta’sir ko’rsatolmaydi, azizlar !Balkim ba’zilarimizning ko’zlarimiz ko’rmas,quloqlarimiz eshitmas, qo’l – oyoqlarimiz o’zimizga bo’ysunmas, ammo qalbimiz bilan his qila olamiz.
Alloh Taolo aytadiki: ‘’istagan qulimni ko’zlaridan mahrum etsam va qulim esa, sabr etsa ,ko’zlari evaziga men unga jannatni beraman’’ . Ko’ryapsizki azizlar har qanday dardning davosi sabrdir. Bizlarga faqatgina ishonch va imon kerak. Ana shunda biz dunyoni zabt etishga qodir bo’lamiz !!!

LA TAHZAN INNALLAHA MA’ANA
Mahzun bo’lma ,shubhasiz , Alloh biz bilan birgadir !!!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.https://uz.wikipedia.org
2.https://qomus.info
3.https://uz.warbletoncouncil.org
4.https://uz.drunkentengu.com
5.https;//fingernail.ru
6.https://uz.delachive.com
7.https://goaravetisyan.ru
8.https;//advice.uz
9.https;//gazeta.uz
Download 76.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling