Mavzu nomi Avtorning ism sharifi


Download 0.61 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1038307
Bog'liq
Mustaqil ish Ziyodsher

Mavzu nomi

Avtorning ism sharifi


Tashkilotning nomi yoki
Boshqa matn
Nokia service mobile operation tizimi
Qodirov Ziyodsher
1
2
3
4
Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi — telekommunikatsiya uskunlari va dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi, ehtimol o‘tmishning eng afsonaviy va mashhur mobil telefon hamda smartfon ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya 2011 yilga qadar smartfon va mobil qurilmalar sotish bo‘yicha xalqaro bozorda yetakchilik qilgan.
Faoliyati davomida kompaniya 20 taga yaqin mobil qurilmalarni ishlab chiqargan. So‘nggi yillarda Windows Phone operatsion tizimi tufayli kompaniyaga tegishli Symbian tizimidan voz kechildi. Ayni paytda Nokia brendi ostida mobil telefon va smartfonlar ishlab chiqarish huquqi Microsoft kompaniyasiga tegishli. Nokia brendi ostida Android tizimida ishlaydigan ilk planshet taqdim etilgan ayni paytda biz uning eng ommalashgan telefonlari to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.
Nokia 8110
Nokia 8110 mobil telefoni harakatlanuvchi va old paneldagi tugmalarni yopuvchi ustki qopqoq-slayderga ega o‘ziga xos imijdagi model bo‘lgan. Uning korpusining tom va quyi qismi birmuncha bukik shaklda bo‘lgan. Shu sababli ham xalq tilida unga “banan” deb nom qo‘yilgan. Nokia 8110 garchi, 1997 yilda taqdim qilingan bo‘lsa ham, 1999 yilda Gollivudning «Matritsa» filmida uning slayderi maxsus tugmani bosgach avtomatik harakatlanadigan talqini namoyish etilganidan so‘ng ommalashib ketadi. Ammo, bu talqindagi telefon cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan va tezda sotilgan.
Nokia 3310
Navbatdagi “g‘isht telefon”ni tanimaydigan, qo‘liga olmagan odam bo‘lmasa kerak. O‘sha yillarda jahonda u kirib bormagan xonadon kam edi. Bu — afsonaviy va o‘lmas Nokia 3310! Ha, o‘sha — bir vaqtlar eng ko‘p sotilgan telefon.
2000-yilning to‘rtinchi choragida taqdim etilgan telefon apparati jahon bo‘ylab 126 million dona sotilgan. Jahonda boshqa biror oddiy telefon modeli bu qadar ko‘p sotilgan emas.
3310 — 2 diapazonli mobil telefon bo‘lib, aloqaning GSM 900 hamda 1800 tarmoqlarida ishlagan. Qurilma funksional jihatdan biror o‘ziga xoslikka ega bo‘lmagan: 5 yozuv qatorga ega va grafikani qo‘llab-quvvatlaydigan monoxrom displey, monofonik musiqa imkoniyati va 8 ta kirish hamda 8 ta chiqish qo‘ng‘iroqlari namoyon bo‘ladigan qo‘ng‘iroqlar jurnali.
Nokia 6310
Nokia 6310 — biznes-turkumidagi telefonlar vakili bo‘lib, Nokia uni juda ommalashib ketgan 6210 telefonining o‘rniga bozorga tushiradi. U Bluetooth (Nokia qurilmalari orasida birinchisi) texnologiyasiga ega jahonning ilk telefonlaridan bo‘lgan. 2001 yilda taqdim etilgan telefon 2002 yildan sotuvga chiqarilgan
Nokia 8910
2002 yilda mobil telefon ishqibozlari diqqatiga havola etilgan, o‘ziga xos imijga ega Nokia 8910 jahoninng ilk seriyali mobil telefoni bo‘ldi. Uning korpusi titan – kumushrang metallidan tayyorlanib, kumush va qora rang talqinlarda sotuvga chiqdi. Shu boisdan uning narx-navosi ham ancha baland bo‘ldi. Uning yana bir o‘ziga xos jihati konstruksiyasi bo‘ldi
Nokia 7650
Navbatdagi apparat — Nokia 7650, kompaniyaning Symbian OS operatsion tizimi hamda kameraga ega ilk smartfon. Bunga qadar 9210 telefoni taqdim etilgan bo‘lib, u tuzilishidan klaviaturali kitobchani eslatar, xotira kartasi uchun bo‘lmachaga ega edi. 7650 smartfonining korpusi slayder ko‘rinishida edi. Uning 2.1 dyuymdi rangli, piksel sig‘imi 208x176 piksel bo‘lgan ekrani 4096 xildagi rangni o‘zida aks ettira olgan.
Nokia 5140
Nokia dunyoda birinchilardan bo‘lib suv bo‘yida dam olishni xush ko‘ruvchilar uchun tashqi ta’sirlardan himoyalangan mobil telefonlarni ishlab chiqara boshlagan. Bu jihatga ega ilk telefon bo‘lgan Nokia 5140 modeli 2003 yilda namoyish qilingan va 2004 yildan sotuvga chiqarilgan. Yana bir nisbatan zamonaviy himoya tizimiga ega Siemens M65 telefoniga ashaddiy raqib bo‘lgan Nokia 5140’ning korpusi kauchuk platigidan tayyorlangan va uning barcha port va konnektorlari korpusga suv o‘tkazmaydigan maxsus tiqin bilan himoyalangan bo‘lgan.
Nokia 9500 Communicator
Symbian-smartfonlari turkumidan joy olgan Nokia 9500 Communicator telefoni kitobcha shaklida bo‘lib, uning ichki va tashqi ekranlari bo‘lgan. Ichki klaviatura va ekran yanada keng va sig‘imdor bo‘lgan. Xususan, QWERTY-klaviaturada barcha lotin harflari alohida tugmachada o‘rin egallagan. Nokia 9500 telefoni 2004 yilda taqdim etilgan. Smartfon 4.5-dyuymli bo‘lib, sensor texnologiyasining boshi bo‘lgan 640x200 piksel sig‘imli va rangli TFT-ekran bilan ta’minlangan. Uning og‘irligi 204 gramm bo‘lgan.
Mundarija
Kirish. . 1-bo'lim nomi . 2-bo'lim nomi. .
3- bo'lim nomi. .
Rasm
1
2
3
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling