Monitor Rang-mono


Download 110.5 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2020
Hajmi110.5 Kb.
#121700
  1   2
Bog'liq
5. Monitor


Monitor (displey) matn va tasvir ko’rinishdagi axborotlarni ekranga chiqarish qurilmasidir. Hozirgi vaqtda monoxrom va rangli monitorlar mavjud bo’lib, ular matn yoki grafika holatlaridan birida ishlaydi.

Matn holatida monitor ekranini shartli ravishda belgi o’rinlari kataklariga bo’lib chiqish mumkin. Bunday kataklarning soni ko’pincha gorizontaliga 80, vertikaliga esa 25 bo’ladi. Har bir katakda mazkur bobning boshida qayd etilgan 256 belgilaridan birini (maxsus belgilar, lotin alifbosi bosh va kichik harflari, riyoziyot hamda tinish belgilari, psevdografika belgilari va hokazo) ko’rsatish mumkin. Lotin yozuviga mos kelmaydigan har qanday harf yoki belgini maxsus drayversiz monitorda ifoda etib bo’lmaydi. Kirillitsaga asoslangan alifbo uchun ham maxsus drayverlar mavjud. Rivojlangan davlatlarda yaratilgan aksariyat dasturlar lotin yozuvigagina asoslangan. Ana shuning uchun ham lotin yozuviga asoslangan yangi alifboga o’tar ekanmiz, o’zbek tilimizdagi tovushlarni ifoda etuvchi har bir harf lotin yozuviga zid bo’lmasligi lozim.

Monitorning grafika holatida ekranga turli grafiklar va tasvirlar chiqariladi. Bu holatda ekrandagi matnlarni turli shriftlarda yozish mumkin. Mazkur holatda rangli monitor ekrani turli ranglarni qabul qila oluvchi mayda nuqtalardan tashkil topadi. Bu nuqtalarning soni monitorning ana shu holatdagi imkoniyat darajasini belgilaydi. Masalan, imkoniyat darajasi 640x480, 16 yozuvi, ekranda gorizontaliga 640, vertikaliga 480 nuqta mavjudligini va bu nuqtalar 16 xil rang qabul qila olishini ko’rsatadi.

Quyidagi jadval yordamida mavjud bo’lgan monitor turlari nomlarini va ularning imkoniyat darajalarini ko’rishimiz mumkin.




Monitor

Rang-mono

Matn-holati

Grafika holati

MDA

Monohrom

80х25, 2

640х200, 2

CGA

Rangli

80х25, 16

640х200, 2

MCGA

Rangli

80х25, 16

640х480, 16

Hercules

Monohrom

80х25, 2

720х348, 2

EGA

Rangli

80х25,16 80х25, 16

640х350, 16

VGA

Rangli

80х25, 16

80х25, 16

640х480, 16

Komputerning nurli chehrasiSHANBA, 15 DEKABR 2012





Negaligini bilmayman-u, lekin oxirgi paytlarda aksariyat kompyuterlarning monitorlarini qora rangda chiqarishmoqda. Hayronman, nega oq va yorqin ranglardagi monitorlar juda kam? Monitor kompyuterning yuzi hisoblanishini inobatga olsak, uning ochiq ranglarda bo‘lishi ayni muddaodir. Nima derdik, ishlab chiqaruvchilar masalaning bu tomonini o‘ylab o‘tirmaydilar. Asosiysi – rangi qora bo‘lsa ham, monitorning yuzi yorug‘dir.

Demak, bugun siz bilan monitorlar haqida suhbatlashamiz. Monitor – kompyuterdagi axborotni tasvir orqali aks ettirib beruvchi elektron qurilmadir. Zamonaviy monitorlar tashqi qobiq (korpus), manba bloki, boshqarish platasi va ekran kabi qismlardan tashkil topadi. Monitor so’zining o‘rnida «Displey» atamasi ham qo‘llanilishi mumkin. Monitorni kompyuter bilan bog‘lovchi ko‘prik – videokartadir. Axborot, ya’ni videosignal monitorga kompyuterdan aynan videokarta orqali uzatiladi.

Bir o’ylab ko‘raylikchi, monitorda qanday narsalar aks ettirilishi mumkin? Ular harflar, raqamlar, belgilar, vektor chiziq yoki chiziqlar jamlanmasi, rasmlar, videotasvirlar, ya’ni harakatdagi dinamik tasvirlar bo‘lishi mumkin.

Monitorlar bir necha xil bo‘lib, yillar o’tishi davomida ularning turi ko‘payib, texnik jihatdan takomillashib bormoqda. Monitor, deganda ko‘pchilik to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi ekranni tushinishi mumkin. Lekin, aslida, oddiy kalkulyatorning displeyi ham monitor sanaladi. Chunki u kalkulyator ichidagi ma’lumotni foydalanuvchiga tasvir ko‘rinishida uzatadi. Hattoki, chorrahalardagi svetofor ham monitor (displey)ning bir turidir.

Avvalgi kompyuterlar faqatgina murakkab hisob-kitoblarni bajarish uchungina ishlatilgan. Unda na matn terilgan, na qo’shiq eshitib bo’lgan, na o’yin o’ynay olingan, na kino ko’rib bo’lgan. 1977-yilda «Apple» firmasi muhandis va dasturchisi Stiv Voznyak (siz bilgan Stiv Jobsning do’sti, hamkori) kompyuterdagi ma’lumot va axborotni foydalanuvchiga tasvir ko‘rinishida uzatish uchun ilk bor NTSC tizimida ishlaydigan televizordan foydalangan.

Mana shundan keyin barcha kompyuterlar bir xilda, televizorga o‘xshash maxsus monitorlar bilan jihozlana boshlangan. Bugungi kunda kompyuter monitorlarining quyidagi turlari mavjud.



1) Elektron nurli trubkali monitor (Catode Ray Tube – CRT).

Bu o’sha biz bilgan televizorga o’xshagan monitor bo‘lib, uning asosiy qismi shishadan yasalgan trubka hisoblanadi. Bu – monitorlarning eng eski turi. Bunday shishali monitorlar endilikda ishlab chiqarilmaydi va sotilmaydi. Ishlash prinsipi bir xil bo‘lgani uchun bunday turdagi televizorlar ham endilikda iste’moldan chiqib ketmoqda.



2) Suyuq kristalli monitor.

Bunday monitorlar ruschasiga «jidko-kristallicheskiy» deb nomlanadi, ingliz tildagi yozilishi LCD dir (liquid Cristal display). Bugungi kunda monitorlar ichida eng keng tarqalgani aynan LCD turidir.


Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling