3) Svetodiodli monitor.
Bunday monitorlar LED deb nomlanadi (inglizcha light emitting diode – yorug‘lik taratuvchi diodli). Bu svetodiodlardan ishlangan songgi texnologiya hisoblanadi. Ko‘chalarda, chorrahalarda reklamalar aylantirib turiladigan katta elektron monitorlarni ko‘rgammisiz? Yaqinroqdan qarasangiz, o‘sha ekranlar kichkina, tangachadek keladigan chiroqchalar – svetodiodlardan tashkil topgan bo‘ladi. Kompyuter monitorlari ham xuddi o‘sha prinsipda ishlangan, ya’ni kichkina chiroqchalardan tashkil topgan. LED-monitorlarda tasvirlar LCD ga qaraganda yaxshiroq, sifatliroq ko‘rinadi, ishlash muddati ham uzoqroq, elektr energiyasi iste’moli kamroq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |