Mavzu: Nominal va real daromad Reja: I. Kirsh II. Asosiy qism
Real va nominal daromadlar nima va u qanday hisoblanishi
Download 133.32 Kb.
|
Nominal va real daromad
2.1.Real va nominal daromadlar nima va u qanday hisoblanishi
«Real va nominal daromad nima, ular bir-biridan qanday farqlanadi?» degan savolga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent ABBOS NABIXO‘JAYEV javob beradi.- Daromad aholi turmush farovonligini ta'minlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning miqdori aholining iste'mol qobiliyatini belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olganda, daromadlarning turlari va shakllanishi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy.Ma'lumki, har bitta oilaning daromadi a'zolarning ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan, davlat tomonidan beriladigan nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan, qimmatli qog‘ozlar savdosidan tushadigan foiz, dividend, renta va boshqalarni o‘z ichiga oladi.Nominal daromadlar, masalan ishchining muayyan vaqt davomida (oyda, yilda) oladigan daromadi hisoblanadi.Real daromadlar esa nominal daromadlar xarid quvvatining o‘zgarishini ifodalaydi, ya'ni olingan daromadga qancha miqdordagi tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkinligini ko‘rsatadi.Real daromad nominal daromad hajmini iste'mol narxlari indeksi (inflyatsiya darajasi)ga bo‘lish orqali aniqlanadi.Shuning uchun, aholi daromadlarini yillar va hududlar bo‘yicha taqqoslaganda nominal daromaddan emas, real daromaddan foydalaniladiFaraz qilaylik, yollanma ishchining ish haqi o‘tgan yili 1 000 000 so‘m edi. Bu yili esa 1 100 000 so‘mni tashkil etdi. Bir qarashda daromad hajmi ortdi deb xulosa berish mumkin. Lekin haqiqatan ham shundaymi?Buni aniqlash uchun bizga yillik inflyatsiya darajasini bilish zarur bo‘ladi. Misol uchun, agar inflyatsiya darajasi 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, u holda real daromad hajmi 1 100 000:1,05=1 047619 so‘mni tashkil etadi yoki o‘tgan yilga nisbatan 47 619 so‘mga ortadi. Agar inflyatsiya darajasi 10 foizni tashkil etsa, real daromad hajmi o‘zgarishsiz qoladi (1 100 000:1,1=1 000 000). Agar inflyatsiya darajasi 15 fozni tashkil etsa, joriy yilda real daromad hajmi o‘tgan yildagiga nisbatan kamayadi:1 100 000:1,15= 956 522 va 956 522 so‘m <1 000 000 so‘m. Demak, real daromadlarni oshirish uchun inflyatsiya darajasini jilovlash lozim bo‘ladi.Respublikamizda mustaqillikning dastlabki yillaridan aholining turmush farovonligini yaxshilash va ularning real daromadlarini oshirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda.Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror sur'atlarda rivojlanishi aholi daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 1> Download 133.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling