Мавзу: Noorganik kimyoning rivojlanish tarixi
Download 1.63 Mb.
|
Noorganik kimyoning rivojlanish tarixi
Мавзу: Noorganik kimyoning rivojlanish tarixiMa’ruzachi: Iskandarov Abror KATTAQO’RG’ON – 2023 1-Ilova
XX asr kimyosining birinchi belgisi shuki, kimyo fani atom modelining kvant-mexanik nazariy jixatdan tushuntiradigan fundamental tadqiqotga asoslanadi. Faqat shu nazariyaning tadbig`и kimyoviy elementlar xossalarining atomdagi yadro zaryadi oshishi natijasida davriy o`zgarishini tushuntiradi. Kvant kimyosining keyingi bosqich rivoji kimyoviy bog` mexanizmini tushuntirishga imkoniyat yaratdi. Kimyoviy element va birikmalarning reaktsion qobiliyati va ularning miqdoriy xarakteristikasiga asos solindi. SHuning uchun xam xozirgi zamon kimyo fani aniq ilmiy yo`nalish bo`lib, o`zining muammolarini fizikaviy-matematik apparatga ega bo`lmasdan turib echa olmaydi. Kimyo fani nazariy asosining yaratilishi uning amaliy imkoniyatlarini rivojlantirdi va sintezni ilmiy bashorat qilinishiga olib keldi, ya`ni yangi birikma va moddalar, obrazli qilib aytilganda, nazariyotchi-olimning perosi uchida tug`iladi. XX asr kimyosining asosiy belgilari 2-Ilova Xozirgi zamon kimyosining ikkinchi asosiy belgisi xossalari oldindan aniqlangan yangi moddalar yaratish imkoniyatining tug`ilishidir. Albatta, ilgari xam olimlar ma`lum xususiyatli moddalar sinteziga e`tiborlarini qaratishgan edi. Ammo XX asrning ilmiy tadqiqotlarida ЭXMning qo`llanishи butunlay yangi sifat darajasidagi imkoniyatlar yaratdi. Sizlarga ma`lumki, uzoq yillar davomida kimyoning asosiy vazifasi minerallar tarkibini taxlil qilishdan iborat edi. Bunda kimyo o`zining eng birinchi muxim vazifasi - moddalar tarkibini o`rganish masalasini xal qildi. Zamonaviy kimyo fanining muxim metodolik asosi kimyoviy bilishning klassik "uchburchakligi" (tarkib tuzilish xossa)ning uzviy bog`liqligini o`rganishdir. Sifat va miqdoriy taxliliy usullar XVIII asrda yaratilgan bo`lib, ular XIX asrda elektrokimyoviy va termokimyoviy (fizik kimyo tarmoqlari) usullari bilan boyidilar. Ammo bularning barchasi XX asrda kimyo taraqqiyotiga progressiv o`rin egallash imkoniyatini bermadi. XIX asr oxirlariga kelib kimyoviy tadqiqotlarni amalga oshirishda fizika fani o`zining spektral-optik usulini qo`llab yangi revolyutsион bosqich yaratdi. 3-Ilova Sifat va miqdoriy taxliliy usullar XVIII asrda yaratilgan bo`lib, ular XIX asrda elektrokimyoviy va termokimyoviy (fizik kimyo tarmoqlari) usullari bilan boyidilar. Ammo bularning barchasi XX asrda kimyo taraqqiyotiga progressiv o`rin egallash imkoniyatini bermadi. XIX asr oxirlariga kelib kimyoviy tadqiqotlarni amalga oshirishda fizika fani o`zining spektral-optik usulini qo`llab yangi revolyutsион bosqich yaratdi. XX asrdagi kimyo fani keskin yuksalishining asosiy omillaridan biri zamonaviy fizik va fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining yaratilishidir. Yuqori mukamallikka ega bu usullarga misol qilib rentgenospektral va rentgenofaz taxil, rentgenostrukturaviy taxlil (RSA). UB-, IQ-, radio-, ЭPR-, YaMR - spektroskopiyasi, mass-spektrometriya, belgilangan atomlar usuli va aktivatsion taxlil, magnitkimyoni ko`rsatishimiz mumkin. XX asr kimyosining uchinchi muxim belgisi - juda ko`p zamonaviy tadqiqot usullarini qo`llash, ular yordamida kimyoviy moddalarning aniq tarkibini xisoblash emas, balki juda murakkab tuzilishga ega birikmalarning nozik molekulyar strukturasini isbotlash, kimyoviy reaktsiya jarayoni yo`nalishiga xar xil faktorlarning bosqichli ta`sirini o`rganishdan iborat. Ma`lumki, XIX asr oxirlarida kimyoning uchta mustaqil yo`nalishi shakllangan edi: anorganik, organik, fizikaviy kimyo bo`limlarи. An`anaviy bunday bo`linish xozir xam mavjud, ammo bu bo`linish ilgarigiga nisbatan o`z chegarasini yo`qotib, xozirgi zamon kimyo fani taraqqiyotida to`la akslanmaydi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling