Reja: A. M. Butlerovning tuzilish nazariyasi bilan oquvchilarni tanishtirish
Download 40.5 Kb.
|
Abdullayeva Diyora organik kimyo mt9
Organik kimyo kursining oqitish uslubiyoti. A. M. Butlerovning tuzilish nazariyasi Reja: 1. A. M. Butlerovning tuzilish nazariyasi bilan oquvchilarni tanishtirish. 2. Organik kimyo kursini ozlashtirish uchun tayanch bilimlar. 3.Organik kimyoni oqitishda biologik bilimlarning qollanilishi. 4. Organik birikmalarning gamologik qator va izomer tushunchalarini orgatish. 5. Yuqori molekulyar birikmalar, ularning ahamiyati. A. M. Butlerov yaratgan kimyoviy tuzilish nazariyasi hozirgi zamon kimyosining eng katta yutuqlaridan biridir. Kimyoviy tuzilish nazariyasi bilan oquvchilar Toyingan uglevodorodlar mavzusida tanishadilar. Metan organiladi. Metanning gomologik qatori tushunchasi izohlanadi. Gomologlarning nomi va formulalari odatdagi valentlik qoidasiga muvofiq kelmasligiga oquvchilar etibori jalb etiladi. Masalan, etan formulasida valentlik qoidasiga kora, uglerod uch valentli bolib qoladi. Lekin bu ziddiyat faqat sirtdan qaralganda shunday bolib tuyuladi. Butlerov yaratgan kimyoviy tuzilish nazariyasi bu ziddiyatni tamomila izohlab beradi. Butlerov nazariyasining asosiy qoidalari keltiriladi. Nar bir qoida faqat tariflanib qolmasdan, balki konkret misollarda tushuntirib beriladi. Metanning gomologik katoridagi moddalarning (metan, etan, propan va butan) formulalaridagi elementlarning valentlik chiziqchalari yordami bilan ifodalanadi. Molekulalarda atomlarning birikish tartibini tasvirlaydigan kimyoviy formulalar struktura formulalar deb atalishi togrisda tushuncha beriladi. Kimyoviy tuzilish nazariyasiga asoslanibgina, Butlerov toyingan uglevodorodlar molekulalarida atomlarning turli tartibda birikish mavjudligi haqidagi xulosaga kelganligiga - izobutan ochganligi, ilgaridan malum bolgan izomeriya holatlarini izohlanganligi, organik moddaning olinishi mumkin bolgan izomerlari sonini oldindan aytib bera olganligiga va oldin aytilgan fikrlarni tegishli tajribalar va ishlab chiqarish praktikasi bilan tasdiqlanganligiga oquvchilar etibori jalb etiladi. Organik kimyoning toyingan uglevodorodlardan keyingi materialni organib chiqish jarayonida organik birikmalar asosiy sinflarining funktsional gruppalari va eng muhim vakillari bilan tanishib chiqish davrida kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari aniqlanadi va puxtalanadi. Oquvchilar organik moddalarning xarakteristikasi bilan tanishganlarida moddalarning xossalari haqiqatan ham ularning molekulalari tuzilishiga bogliq ekanligiga, Butlerov nazariyasi hozirgi zamon organik kimyosining ilmiy asosi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Organik kimyoning muhim tushunchalar va nazariyalarni oqitishda tajriba yoli asosida oqituvchilarga quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: Anorganik kimyo kursi bilan fanlararo bogliqlikni aniqlash. Kimyoviy tuzilish nazariyasini paydo bolishining tarixi. Organik moddalarni tuzilishi togrisida Butlerovning goyalarini ochib berish va ularni fazoviy tuzilish nazariyasi bilan bogliqlikni ornatish. Moddalarning xossalari ularning tuzilishiga bogliqligini korsatish. Texnik vositalardan (model tuzish, ekran vositalari) keng foydalanish. Organik kimyoning tushunchalari hozirgi zamon tuzilish nazariyasiga asoslanib, beshta guruhga bolinadi: kimyoviy tuzilish tushunchasi, elektron va stereokimyo tushunchalari, yuqori molekulyar kimyo tushunchalari va kimyoviy reaktsiya qonuniyatlarining tushunchalari. Anorganik kimyo kursini organishda oquvchilar moddalarning xossalariga ularning tuzilish tasir etayotganligini korishmagan. Lekin, organik kimyoda bu tushunchalar asosiy rol oynayotganligini oqituvchi korsatib berishi kerak. Nozirgi zamon tuzilish nazariyasi organik moddalarni alohida sinflar boyicha organishga asos bolib qolgan. Toyingan, toyinmagan uglevodorodlardan boshlab, organik moddalarning elementar tarkibi, kimyoviy tuzilishi murakkablashadi. Shuningdek, elektron va fazoviy tuzilish ham ozgaradi. Masalan, toyingan uglevodorod molekulalari uchun (-bog va Sp3-gibridlanish, etilen qatori uglevodorodlarda - p-bog va Sp2-gibridlanish. Diyen uglevodorodlarda yangi xarakteristikasi - kumulirlangan va konyugirlangan qosh boglar, atsetilen qatori uglevodorodlarda - Sp-gibridlanish va ikkita p-boglar paydo boladi. Shu bilan birga fazoviy tuzilish ham murakkablashadi: valent burchaklar ozgaradilar, fazoviy izomerlar paydo boladi va hokazo. Organik kimyoni organishda oquvchilar birinchi bor izomer hamda gomolog tushunchalar bilan tanishadilar. Bu ikki tushuncha bir-biridan farq qilsa-da, oquvchilar ularni kopincha adashtiradilar. Shuning uchun avval konkret misollarda izomerlar, keyin esa gomologlar korib chiqiladi. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling