Kurs ishining dolzarbligi


Download 483.85 Kb.
bet1/13
Sana23.04.2023
Hajmi483.85 Kb.
#1388505
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sobirova04.21bir necha


KIRISH
O’zbekiston Respulikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning yangi davrini ochganligi tabiiydir.
Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’lim-tarbiya sohasida islohotlar o’tkazish va ularning asosiy yo’nalishlari, talablari va maqsadlarini aniqlash, hamda tegishli xulosalarni chiqarishda,bugungi muhokama qilinadigan hujjatlarda keng jamoatchiligimizning fikr-mulohazalari, tarbiya va izohlari ifoda topgan desak, hech qanday mubolag’a bo’lmas. Shuning uchun ham amaldagi ta’lim-tarbiya tizimining zaif tomonlarini, zamon talablari, jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga javob bermaydigan jihatlarini chuqur tasavvur qilish, erkin, badavlat yashayotgan `
mamlakatlar tajribasini o’rganish, o’z o’lkamizga yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturining asosiy sharti bo’lmog’i lozim. Shuning uchun ta’lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohotlarni hayotga tadbiq qilishda islohotlarni bosqichma- bosqich o’tkazish prinsipi qo’yilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi ustuvor yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikda, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Kurs ishining dolzarbligi: Uzluksiz funksiyalar fazosi zamonaviy matematika va boshqa tabiiy fanlarning asosiy obyekti hisoblanadi. Chunki uzluksiz funksiyalar bilan ishlash (integrallash, differensiallash, dinamik sistema qurish) matematikda eng qulaydir. Bu fazolarda o’lchovlarning kuchsiz yaqinlashishini tekshirish orqali bir qator nazariy (ehtimollar nazariyasidagi taqsimotlarning yaqinlashishi, limit teoremalar, funksional analizda o’lchovlarning limitini topish) va amaliy (fizikada sistemalar fazasining almashishlari, Gibbs o’lchovlarnining limitik xossalarini o’rganish) masalalar hal qilinadi. Jumladan bakalavryatda ushbu mavzu alohida va to’laligicha o’tilmaydi. Shu sababli bitiruv malakaviy ishida ko’rilgan masalalar juda dolzarbdir.

Download 483.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling