Notarius maqomiga ega bo’lish tartibi - Litsenziya shaxsning xususiy notarial faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.
- Litsenziya Oliy malaka komissiyasining notariuslik vakolatlarini berish bo‘yicha malaka imtihoni yakunlari yuzasidan chiqariladigan qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi.
- Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirishi shart.
- Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qo‘yiladi.
- Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor bir oy muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga litsenziya olish uchun murojaat qilishi kerak.
Talabgor tomonidan litsenziya olish uchun murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilishi litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos bo‘ladi. - Talabgor tomonidan litsenziya olish uchun murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilishi litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos bo‘ladi.
- Davlat notarial idorasi notariusiga litsenziya uning arizasiga ko‘ra, malaka imtihoni topshirmasdan beriladi.
- Belgilangan tartibda litsenziya olgan, talabgor shaxs litsenziya olgan kundan e’tiboran uch oy ichida notarial idora tashkil etishi va notarial harakatlarni amalga oshirishga kirishishi shart.
Notarius huquqlari o‘ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno; - o‘ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno;
- bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
- jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish.
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish;
- jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |