Mavzu: novda va kurtak haqida umumiy tushuncha. Novdalar tizimining paydo bo’lishi, O’sishi va shoxlanishi
Download 84.47 Kb.
|
10-mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-rasm. Poyaning ko’ndalang kesmasi
- 28-rasm. Poyaning o’sishiga ko’ra xillari
- 29-rasm. Poyaning shakl o‘zgarishi.
26-rasm. Chinorning novdasi (Platanusorientalis):
A – qisqargan; B – uzun: 1 – bo‘g‘in oralig‘i; 2-yillik o‘sish. Poyalarning shakli o‘simliklarning turiga va o‘sish sharoitiga qarab har xil bo‘ladi. Ko‘pincha ular silindrik, ba’zan uch qirrali (kiyik o‘tlarda), to‘rt qirrali (yalpizdoshlarda), ko‘p qirrali (kaktuslarda, tropik o‘rmonlarda o‘suvchi braxixiton, bom baksalar degan daraxtlarda bochkaga o‘xshashdir) (27-rasm). 27-rasm. Poyaning ko’ndalang kesmasi: A – yumaloq; B – ovalsimon; V – uch qirrali; G – to’rt qirrali; D – ko’p qirrali; E – qovurg‘ali; J – egatchali; Z, I – qanotchali. Poyalar o‘sish xususiyatiga qarab ortotrop yoki tik va plagiotrop yoki ko‘ndalang yo‘nalishda o‘suvchi bo‘ladi. Ortotrop poyalarga kungaboqar, g‘o‘za, makkajo‘xori kabilar misol bo‘la oladi. Ularni orasida chirmashuvi yoki tayanchli o‘ralib yuqoriga o‘sib ko‘tariladigan o‘tchil o‘simliklarga (pechakgul), daraxsimonlarga lianalar deb ataladigan rotang palmasini ko‘rsatish mumkin (28-rasm). Plagiotrop poyalarning ba’zilari yerda yoyilib qo‘shimcha ildizlari bilan erga o‘rnashib o‘sadi, bu xilda o‘suvchi o‘simliklarga sudralib o‘suvchi yoki yoyilib o‘suvchi poyalar deyiladi (g‘ozpanja, toshyorlar, zemlyanika va boshqalar). Yer bag‘irlab o‘suvchi poyalarga madaniy o‘simliklardan palaklar deb ataladigan o‘simliklarni ko‘rsatish mumkin (qovun, tarvuz, bodring, qovoq). Ba’zi o‘simliklarning poyasidagi bo‘g‘in oralig‘i juda ham qisqa bo‘lib, barglari er bag‘irlab o‘sadi, o‘sha barglarning o‘rtasida poya o‘sib go‘l hosil qiladi. Bunday poyalarga go‘l poya deb ataladi (masalan, primula, qoqi, zubturun, kavrak va boshqalar). 28-rasm. Poyaning o’sishiga ko’ra xillari: A – tik o’suvchi (makkajo’xori – Zea mays); B – chirmashib o’suvchi (tok – Vitis vinifera); V – o’ralib o’suvchi (xmel - Humulus tupulus); G - sudraluvchi (sebarga – Trifolum repens); D – o’rmalab o’suvchi (verbeynik – Lycomachia nummularia). Akroton shoxlanishda asosiy novdaning uchki tomoniga yaqin turgan yoki shoxchalar (qarag‘ay, zarang, qayrag‘och, dub va boshqa daraxtlarda) hamda ba’zi bir o‘tchil o‘simliklarda (bo‘tako‘z) yaxshiroq rivojlanadi. Buta, butachalar, ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarning shoxlanishi baziton bo‘lib, eng kuchli va yirik shoxchalar markaziy novdadan hosil bo‘ladi. Bug‘doydoshlar oilasiga kiruvchi madaniy o‘simliklar (bug‘doy, sholi, arpa va boshqalar) yovvoyi o‘simliklar (bug‘doylik, qorabosh va boshqalar)ning bachkilanishi – yon novdalar hosil qilib tarmoqlanishi baziton shoxlanishga misol bo‘la oladi. Mezoton shoxlanishda kuchli taraqqiy etgan yon novdalar asosiy novdaning o‘rta qismidan shakllanadi (archa, zarang) (29-rasm). 29-rasm. Poyaning shakl o‘zgarishi. A – Kolrabi etli poyasi (Brassica oleraceae), B –Ekma piyozning piyozchasi (Allium cepa), V – Gladiolusning piyoztugunak (Gladiolus grandiflorus). Takrorlash uchun savollar. 1. Bir pallali o‘tchil o‘simliklar poyasi qanday tuzilishga ega? 2. Ikki pallali o‘tchil o‘simliklar poyasi qanday tuzilishga ega? 3. O‘tkazuvchi bog‘lamlar qanday rivojlangan? Download 84.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling