Mavzu: novda va kurtak haqida umumiy tushuncha. Novdalar tizimining paydo bo’lishi, O’sishi va shoxlanishi
-rasm. Daraxtchil poyalarning tashqi ko‘rinishi
Download 84.47 Kb.
|
10-mashg\'ulot
25-rasm. Daraxtchil poyalarning tashqi ko‘rinishi.
A. Pensilvaniya shumtoli (Fraxinus pennsylvanica var. subintegererrima). B. Oq eman (Quercus alba). V. Amerika jo‘qasi (Tilia americana). G. zarang (Acer negundo). D. amerika ilmi (Ulmus americana). E. Soxta kashtan (Aesculus hippocastanum).J. Yong‘oq (Junlans cinerea). Z. Oq akatsiya (Robinia pseudo-acacia).1–3-6-8-9-terminal kurtakni qobiq choki; 2 – yasmiqchalar; 4 – bargning choki;5 – nay boylamlarining choklari; 7 – kurtak choki; 10 – lateral kurtak;11 – terminal kurtak. Reproduktiv yoki generativ (lot. generasio-tugilishi, chiqib kelish) meva, hosildor novdalarning bo‘g‘im oralig‘i qisqa bo‘lib ko‘payish (sporalar, gul, meva hosil qilib) organ vazifasini bajaradi, unda assimilyasiya etuvchi yashil barglar bo‘lmaydi. Novdaning o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, birinchidan, u bo‘g‘imlarga ajralgan, ikkinchidan esa, har qaysi bo‘g‘imda bitta, ikkita yoki bir necha barglar joylashadi. Shu xususiyati bilan novda, ildizdan keskin farq qiladi. Novdaning poyaga barg birikkan joyi – bo’g‘im, bir bo’g‘im bilan ikkinchisini o‘rtasi bo‘g‘im oralig‘i deb, ataladi. Poya uchiga yaqinlashgan sayin bo‘g‘im oralig‘i qisqarib, barglar maydaroq va zichroq bo‘lib boradi, poyaning eng uchida tepakurtak (apeks) joylashadi. Bu kurtak boshlang‘ich novda hisoblanadi. Undan asosiy novda rivojlanadi. Asosiy novdaning poya bilan barg o‘rtasidagi burchakka barg qo‘ltig‘i deyiladi (26-rasm). Poya oziq moddalarni to‘playdigan joy va vegetativ ko‘payish organi bo‘lib xizmat qiladi. Poyada barglar ma’lum bir tartibda joylashib, quyosh nuridan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi. Sukkulent (sukus-shira, shirali) o‘simliklar (kam suv bug‘latadi, chunki quruq sharoitda o‘sadi)ning etli poyasi xlorofillga boy bo‘lib, assimilyatsiya etuvchi organ bo‘lib xizmat qiladi (masalan, kaktus, meksika agavalari). Poyada gul va mevalar hosil bo‘ladi (masalan, shokolad daraxti, qovun daraxti). Download 84.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling