Mavzu: novda va kurtak haqida umumiy tushuncha. Novdalar tizimining paydo bo’lishi, O’sishi va shoxlanishi


Download 84.47 Kb.
bet1/3
Sana06.10.2023
Hajmi84.47 Kb.
#1693081
  1   2   3
Bog'liq
10-mashg\'ulot


Mavzu: NOVDA VA KURTAK HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. NOVDALAR TIZIMINING PAYDO BO’LISHI, O’SISHI VA SHOXLANISHI
Talabalarga novdaning boshlang’ich strukturasini tanishtirish.
Reja:

    1. Novda apeksi.

    2. Novdaning boshlangich strukturaviy tuzilishi, dastlabki o’tkazuvchi tizimning shakllanishi.

    3. Kurtak xillari va ularning novdada joylashuv qonuniyatlari.

    4. Shoxlanish turlari.

    5. Poyaning morfologik tuzilishi.



Novda apeksi.Rivojlanishning dastlabki davrida, ya’ni urug‘ning unishidan o‘simta hosil bo‘ladi. O‘simtalarda urug‘palla barglari va birinchi chin barglar orasidan poyacha taraqqiy etadi. Poyaning eng uchida bargchalar orasida o‘sish nuqtasi (apeks) bo‘lib, undan novda, ya’ni poyaning bir vegetatsiya davrida o‘sib chiqqan bargli va kurtakli qismi (bir yillik novda) rivojlanadi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida har bir novda apekal meristemadan, ya’ni uchki yoki tepa kurtaklarning rivojlanishdan vujudga keladi. Demak, kurtak boshlang‘ich novda bo‘lib, o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega.
Novda yuksak o‘simliklarning asosiy vegetativ organi hisoblanadi. Odatda novda rivojlanish (ontogenez)ning dastlabki davridan boshlab apekal meristemadan hosil bo‘ladi, u poya, barg va kurtaklarga ajraladi, novda o‘sish xususiyatiga ega.
Novda vegetativ yoki o‘suvchi va generativ yoki hosildor bo‘ladi. Vegetativ novdalarning bo‘g‘in oralig‘i bo‘lib, har tomonlama o‘sish qobiliyatiga ega, ular havo orqali oziqlanish funksiyasini (vazifasini) bajaradi, ammo bundan tashqari boshqa funksiyani ham bajarishi, hamda turli metamorfozga uchrashi mumkin. O‘rta Osiyo cho‘llarida, masalan, qumli cho‘llarda oq saksovul, qorasaksovul, juzg‘un, qizilcha yoki marjon, kulanquyruq kabi o‘simliklarni novdasini barglari juda ham mayda kipiqchalar shaklida yoki butunlay reduksiyalangan bo‘lib, assimilyasiya funksiyasini yosh novdalar bajaradi. Bunday novdalarning xlorenxima to‘qimalarida xlorofill ko‘p bo‘ladi (25-rasm).


Download 84.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling