Novda,poyaning òzgarishlari,shoxlanish tiplari,birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi
Download 20.85 Kb.
|
Novda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Novdaning shoxlanish tiplari
Novda,poyaning òzgarishlari,shoxlanish tiplari,birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi(makkajòxori va buģdoy misolida). Novda – Yuksak o`simliklarning vegetative o`rgani bo`lib,poya,barg va kurtaklardan iborat.Novda ildiz kabi uchki meristemadan hosil bo`lgan birdan-bir o`rgandir.Novdalarning asosiy vazifasi o`tkazuvchanlik,tayanch va oziq moddalarni to`plashdir. Novdalarda barglarning hosil bo`lgan joyi BOGIMLAR deyiladi.Ba`zi o`simliklar guruhlari (Bug`doydoshlar,qirqbo`gimdoshlar va chinniguldoshlar)da poyalarning bog`imlari juda yaxshi ajralib turadi.Ba`zi o`simliklarda esa bo`g`imlar unchalik yaxshi bilinmaydi.Ikkita bo`g`im oralig`idagi masofa bo`g`im oralig`I deyiladi. Odatda,novdalarda bir necha,ba`zida juda ko`p bog`im v abo`g`im oraliqlari mavjud bo`lib,ular novdalar bo`ylab takrorlanib boradi,ya`ni novdalar metamerlik (teng bo`linishlik)tuzilishiga ega. Novdalarning ichki meristemasida kurtakning uchki qismida novdaning uchki meristemasi joylashib,apteks deyiladi .Undan novdaning barcha organlari va birlamchi to`qimalari shakllanadi. Novdada barglarning joylashishi: Novdalarning asosiy o`q qismida barglarning joylashish tartibi Kuz kelishi yaqinlashishi bilan novdalarning yashil ranggi o`zgarib qo`ng`ir va qizg`ish rangga kiradi.Chunki bu vaqtda ularning po`sti qalinlashadi,ya`nip o`kak qavat hosil bo`ladi.Kech kuzda barglar to`kilib ketib,ular qo`ltig`ida joylashgan kurtaklar ochilib qoladi va shu xolda qishlaydi. Barg va kurtaklari bo`lgan daraxt va butalarning bir yillik novdasi yoki urug`idan unib chiqqan bir yillik niholgaham novda deyiladi. Kurtaklarning shakli va o`lchami xar xil bo`lib,ular yumaloq,konussimon,tuximsimon, uch qirrali va uchi qirrasiz bo`lishi mumkun.kurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bolinadi.1 navbat bilan –spiral 2.qarama-qarshi.3.Xalqasimon shaklda.Qarama qarshi joylashish siren,pista,yalpiz kabi o`simliklarda kuzatiladi. Novdada joylashishiga ko`ra kurtaklari uchki va yon kurtaklarga bo`linadi.Uchki kurtaklardan hosil bo`lgan novda boyiga o`sish xususiyatiga ega. Yon kurtaklardan yon novdalar shakllanib,shoxlar vujudga keladi.Natijada 1,2,3 va hokazo tartibli novdalar paydo bo`ladi.O`simliklarda vegetativ o`rganlar paydo bo`ladigan kurtaklardan tashqari vegetative-generativ kurtaklar ham bo`lib,bulardavegetativ metamerlar bilan birgalikda o`sish ko`nusi boshlang`ich gul yoki top gulag aylangan bo`ladi.Bunday kurtaklar ko`pincha o`tsimon o`simliklarga hos bo`lib,daraxtsimon o`simliklardahamucrab turadi.Ba`zi o`simlik kurtaklarida(sirn,marjon daraxti)faqat generative yoki gul kurtaklar bo`lib, topgullarni hosil qiladi.Ularda assimilatsiya qiluvchi barg boshlang`ichlari rivojlanmasdan(olcha)faqat gul rivojlanadi va g`uncha deb ataladi.Kurtaklarning uchki qismida novdaning uchi meristemasi joylashib,apteks deyiladi.Undan novdaning barcha organlari va birlamchi to`qimalari shakllanadi. Tinimdagi kurtaklar.Tinimdagi kurtaklar daraxt, buta va ko`p yillik o`t o`simliklariga xos bo`lib, yillar davomida hayotchanligini saqlaydi. Tinimdagi kurtaklarning harakatga kelishiga daraxtlarning zararlanishi,chopilishi, kesilishi yoki poyaning qarishi sabab bo`ladi. Kurtaklar qishki tinim davridan o`tgach o`sa boshlaydi.Tajribadan shu narsa ma`lumki, kech kuzda barglar to`kilgandan keyin daraxt va butalarnig shoxlaridan kesib olib suvga solib qoyilsa,kurtaklar ko`p vaqtgacha bo`rtmay turaveradi.agar shoxchalar yanvarning ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo`yilsa kurtaklar tez o`sa boshlaydi. Kurtaklarning bo`rtib,yangi barg yoki gul chiqarishi ma`lum bir vaqt ichida o`tadi.Bu davr faza deyiladi.Erta bahorda o`rik shaftoli, bodom kabi o`simliklarda dastlab generative songra vegetative kurtaklar yoziladi.
Asosan ikki urug`pallali o`simliklarning novdalaridixotomik,monopodial,simpodial va yolg`on dixotomik(psevdodixotomik Tipda shoxlanadi.Dixotomik:shoxlanishida o`sish ko`nusi ikkiga ajralib,ikkinchi tartibli ikkita bir xil yon novdalar paydo bo`lib o`sa boshlaydi.Bu novdalarning xam uchki meristemasi o`z navbatida yana ikkiga bo`linadi. Monopodial shoxlanishda asosiy novdaning uchki meristemasi kop yillar davomida o`sishda davom etadi.Monopodiyning barg qo`ltig`idagi yon kurtaklardan 2 tartibli,3tartibli va b.novdalar paydo bo`ladi,Meristemasi hisobiga o`sadi.Agar uchki kurtak gul yoki topgul xosil qlinsa,yopiq monopodial,doimo o`sib vegetative organlar hosil qilib borilsa,ochiq monopodial deyiladi. Simpodial shoxlanishda o`simliklarning uchki kurtagi yuqori yarusi biror sababiga ko`ra quriydi.Natijada poyaning yuqoridagi bargi va o`rta zararlanmagan qismidagi barg qo`ltig`idagi yon kurtaklardan yon vegetativ novdalar o`sib chiqadi.Bu novdalar o`zining uchki meristemasining hisobiga o`sishda davom etadi va 2,3 va boshqa tartibli novdalarni hosil qladi. Soxta dixotomik shoxlanish-bu simpodial shoxlanishning bir turi bo`lib,faqat poyada barglar qarama qarshi joylashgan bo`ladi.Bunda ham har hil uchki kurtak nobud bolib,keying yil birdaniga ikkita yon kurtaklar rivojlanadi va ikki yon shoxlar hosil bo`ladi. Download 20.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling