Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/21
Sana24.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1395506
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli

RNK tuzilishi. Ribonuklein kislotalar (RNK) ning kimyoviy tuzilishi DNK 
ga o’xshash, faqat RNK tarkibida timin o’rnida uratsil va dezoksiriboza o’rnida 
riboza uchraydi. Ular asosan UMF, TSMF, AMF va GMF lardan tashkil topgan. 
RNK ham nukleotidlarning bog’lanishi xuddi DNK ga o’xshash, ya’ni nukleotidlar 
o’zaro fosfodiefir bog’lari orqali birikadilar. RNK molekula tarkibida oz miqdorda 
bo’lsa-da, 5-metiltsitozin, 1-metilguanin va psevdouratsillar uchraydi. 
RNK molekulasi bitta polenukleotid zanjiridan tashkil topgan bo’lib, uning 
fazoviy konfiguratsiyasi beqaror bo’ladi. RNK ning ayrim qismlari bir-biriga yaqin 
kelib, o’zaro vodorod bog’lari bilan birikadi va spiral struktura hosil qiladi. Bunday 
strukturalar RNK xillariga qarab har xil shaklda bo’ladi. 
RNK ning turlari masalan r-RNK, i-RNK va t-RNK lar o’zlariga xos 
makromolekula struktura tuzilishiga ega. RNKlarning molekulasida spirallashgan 
qismlar bilan bir qatorda spiral bo’lmagan joylar ham uchraydi. Akademik 
A.S.Spirinning ko’rsatishicha, eritmaning ion kuchi, harorati va boshqa omillarga 
qarab, RNK ning makromolekulalari har xil strukturaga ega bo’lishi mumkin. 
 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling