Mavzu: Numizmatika


Download 97.03 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi97.03 Kb.
#1605217
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Barotov Sherali Numizmatika

Mavzu:Numizmatika

Reja

  • 1. Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari.
  • 2. Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi
  • 3. Dastlabki tangalar
  • 4. Numizmatika terminologiyasi
  • 5. Qadimgi Yunoniston tangalarini davrlashtirish.
  • 6. Qadimgi Rim tangalari.

 Numizmatika - tangalar xaqidagi fandir. U lotincha “numisma sо‘zidan olingan bо‘lib, tanga ma’nosini bildiradi. Numizmatlar tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), ularning og‘irligi, о‘lchami, metall sifati, kim tomonidan zarb etilganligi, qachon va qayerda muomalada bо‘lganligi kabilarni о‘rganadilar. Numizmatik izlanish asosida tangalardan tarix va madaniyatga oid bо‘lgan ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Qog‘oz pullarni bonistika о‘rganadi.

  • Tanga - bu belgilangan normadagi metall quymasi. U о‘zining og‘irligi, qiymatiga, sifat tarkibiga ega bо‘lgan qonuniy muomala vositasi hisoblanadi.
  • Pul, qiymat о‘lchovi, muomala vositasi, xazina tо‘plash, tо‘lov vositasi, jahon puli vazifalarini bajaradi. Tangalar fanning turli sohalari, jumladan tarix, arxeologiya, siyosiy iqtisod, tilshunoslik san’atshunoslikka oid masalalarni hal etishga yordam beradi.
  • Insoniyat tarixi va madaniyatini о‘rganishda tangalarning ahamiyati katta. Xususan, tarix, siyosat, iqtisod, san’atshunoslik, mafkura, til, me’morchilik, savdo, xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni yechishda muhim rol о‘ynaydi. Tangalar bо‘lib о‘tgan tarixiy voqealarning sanasi, shohlar hukmronligi, davlat chegaralari, kiyimlarini о‘rganishda ham katta ahamiyatga ega. Qо‘lyozmalar asrlar davomida boshqalar tomonidan о‘zgartirilar, qayta kо‘chirib yozilar, ayrim sо‘zlarning ma’nosi aslidan uzoqlashib ketardi. Tangalardagi zarb etilgan yozuvlar esa qanday bо‘lsa shundayligicha saqlanib qolaveradi.
  • “Numizmatika” termini о‘rta asrlarda paydo bо‘lgan. Bugungi kunda “numizmatika” tushunchasi tanga va medallarni kolleksiyalash hamda ularni о‘rganuvchi fanni о‘z ichiga oladi. Yevropada qadimgi tanga pullarga qiziqish uyg‘onish davrida boshlangan. Dastavval ularga estetik nuqtai – nazardan qaralgan va mashhur tanga kolleksionerlari bо‘lgan. Ayniqsa XIV-XV asrlarda uyg‘onish davri mamlakati bо‘lgan Italiyada qadimgi Rim tangalarini mashhur italyan shoiriPetrarka (1304-1374) tо‘plagan. Florensiyalik Kozimo Medichi(1389-1464) va boshq. Birinchi numizmat paduyalikDjovanni Kavini(1499-1570) bо‘lib, uning kolleksiyasida kо‘plab qadimgi davr tangalari bо‘lgan.
  • 1517 yilda Rimda Andreo Fulvioning “Izobrajeniya znamenitix lyudey” (“Mashhur shaxslarning tasviri”), 1553 yilda Lionda Gilyom Rullning “Begliy obzor monet naiboleye znamenitix lits, sushestvovavshix s sotvoreniya mira, s kratkim opisaniyem ix jizni i deyaniy, zaimstvovannim u klassikov” (Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot)asari bо‘lib, u tarixiy shaxslar, ya’ni Rim hukmdorlarining tasvirlariga qiziqqan xolos. Lekin ulardan hech biri tangalarni о‘rganishga ilmiy nuqtai nazardan yondashmagan. Vaqt о‘tishi bilan numizmatika predmetlarini tо‘plash ishi keng urf bо‘lgan. XVI asr о‘rtalarida mansabdorlarning saroy va qasrlarida 950 ta maxsus kabinetlar bо‘lgan (Myuns kabinet). Kolleksiyalar bilan ishlash uchun maxsus xizmatchilar yollangan. XVI asrda birinchi numizmatikaga oid yozma ishlar paydo bо‘lgan. (Bu asarlarda afsonalar, fantastik fikrlar kuchli bо‘lgan).
  • Qadimshunos olimlar dastlabki savdo muomalasi ibtidoiy jamoa tuzumining tosh asridan boshlanganligini isbotlaydi. Inson о‘z mehnati mahsulotlarini ayirboshlashi natijasida savdo-sotiqning ilk va sodda turini vujudga keltirdi: u tanqis ashyolarni pul о‘rnida ayirboshlay boshladi. Bunday tovar-pul muomalalari mintaqalarda turli kо‘rinishda amalga oshirilgan. Masalan, Osiyo va Afrikada “kauri” nomli chig‘anoqlar pul vazifasini о‘tagan. Ular ayrim elatlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab milodning XX asrigacha savdo vositasi bо‘lib kelgan va kauri chig‘anoqlari qadimiy Xitoy, Yaponiya Hindistonda ancha vaqtgacha muomalada bо‘lgan. Ular milodning VI-VIII asrlarda Germaniyada, XI asrda Shvetsiyada ishlatilganligi, Gvineyada ham kauri tasviri tushirilgan pullar mavjud bо‘lganligi aniqlangan. Umuman olganda, kauri va shunga о‘xshash kо‘pgina narsalarni inson о‘z qо‘li bilan yaratishga intilgan va shuning uchun ayrim arxeologik qazilma ishlarida ma’dan yoki toshdan yasalgan taqlidiy kauriylarni ham uchratish mumkin
  • Bundan tashqari– qoramol, harsang, it tishi, chо‘chqa dumi, ma’dan parchasi singari narsalar ham savdo vositasi sifatida qо‘llanilgan. Odamzod о‘zi uchun qulay pul shaklini ixtiro etguniga qadar, mazkur “pul”larni tabiatdan olib savdo vositasi sifatida ishlatib turgan. Bunday pullar jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida о‘zini oqladi. Ammo vaqt о‘tishi bilan ular davr talabiga javob bermay qoldi. Demak, tosh asrda ham qabilalar о‘rtasida turli xil ashyolar ayirboshlangan. Qabila va jamoadagi mehnat taqsimoti moddiy va ehtiyoj buyumlarini ayriboshlashning rivojlanishida asosiy omil bо‘lgan. Ana shu tovar ayirboshlash natijasida ma’lum miqdorda mol ortib qolgan. U boshqa mollar narxining ekvivalentiga aylangan. Ana shu asnoda birinchi pullar paydo bо‘la boshladi.

Download 97.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling