Mavzu: Nuqtani koordinata boshi atrofida burish


Download 0.7 Mb.
Sana02.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1074906
Bog'liq
Nuqtani koordinata boshi atrofida burish 5-si






Darsning maqsadi:

  • O’quvchilarni mustaqil fikr egalari qilib tarbiyalash;

  • O’quvchilarga nuqtani koordinata boshi atrofida burish haqida tushuncha berish;

  • O’quvchilarda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish;

  • Mavzuni fizika, mexanika va hisobchilik kasblari bilan bog’lash;

  • O’quvchilarda buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg’usini shakllantirish;





Darsning rejasi:

  1. Darsning tashkiliy qismi;

  2. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib olish;

  3. O’tilgan mavzuni so’rash;

  4. Ajdodlarimiz merosi bilan tanishtirish;

  5. Mavzu bayoni;

  6. Misollar orqali mavzuni mustahkamlash;

  7. Savol-javob;

  8. O’quvchilarni baholash;

  9. Vazifa;

Darsning vaqt taqsimoti.


Darsning tashkiliy qismida yo’qlama qilish, sinf xonasining darsga tayyorgarligini tekshirish bilan birgalikda o’quvchilarga “Barkamol avlod” she`ridan bir parcha o’qib berish orqali ularni O’zbekiston farzandi ekanligidan faxrlanish tuyg’usini singdirish.

Sohibqiron –Amir Temur avlodi,


Beruniyu Ibn Sino zuryodi,
Navoiy bobomning Shirin – Farhodi,
Elim orzularin etgan barhayot,
Barkamol avlod bu, barkamol avlod!

Sinf o’quvchilarini uch guruhga bo’lib olamiz va har bir guruhdan ekspert tanlab olib , vazifalarni ekspert guruhi yordamida tekshirib olamiz. Qisqachqa savollar har bir guruhga tashlanib ekspert guruhi orqali rag’bat kartochkalari berib boriladi:


Tezkor savollar orqali o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirib olamiz

1.Koordinata tekisligi kimning nomiga qo’yilgan?


2. Koordinata o’qlari qanday nomlanadi?
3. Koordinata tekisligining har bir choragida x va y ning ishoralarini aytib bering.
4. 1 radian burchak deb qanday burchakka aytiladi?
5. 1 radian burchak gradus o’lchovi qanday topiladi?
6. 1 graducli burchakning radian o’lchovi qanday topiladi?

Mavzuni boshlashdan avval o’quvchilarga trigonometriyaga buyuk ajdodlarimiz qo’shgan hissalari haqida tushuncha beramiz:






Yangi mavzu bayoni
(mavzuni tushuntirishda harakatlanuvchi ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi.)
Koordinata tekisligida radiusi 1 ga teng va markazi koopdinatalar boshida bo’lgan aylanani qaraymiz. U birlik aylana deyiladi. Birlik aylananing nuqtasining koopdinata boshi atrofida α radian burchakka burish tushunchasini kiritamiz(bu yerda α – istalgan haqiqiy son).



  1. α>0 bo’lsin.


Nuqta aylana bo’ylab P nuqtadan soat mili yo’nalishida qarama- qarshi harakat qilib, α uzunlikdagi yo’lni bosib o’tdi deylik. Yo’lning oxirgi nuqtasini M bilan belgilaymiz . M nuqta P nuqtani koordinata boshi atrofida α radian burchakka burish bilan hosil qilinadi.



  1. α<0 bo’lsin.


Bu holda α radian burchakka burish harakati soat mili yo’nalishida sodir bo’lganligini va nuqta I α I uzunlikdagi yo’lni bosib o’tganligini bildiradi.


1-misol:


a) P(1;0) nuqtani П/2 rad burchakka burishda N(o;1) nuqta hosil qilinadi.
b) P(1;0) nuqtani -П/2 rad burchakka burishda N(o;-1) nuqta hosil qilinadi.

2-misol
a) P(1;0) nuqtani 3П/2 rad burchakka burishda K(o;-1) nuqta hosil qilinadi.


b) P(1;0) nuqtani –П rad burchakka burishda K(-1;0 ) nuqta hosil qilinadi.









Umuman, agar α = α0 + 2Пk (bunda k butun son) bo’lsa, u holda α0 burchakka burishdagi nuqtaning ayni o’zi hosil bo’ladi.


Misol: P(1;0) nuqtani 1) 7П ; 2) -5П/2 burchakka burishdan hosil bolgan nuqtaning koordinatalarini toping.



  1. 7П = П + 2П·3 bo’lgani uchun 7Пga burishda П ga burishdagi nuqtaning o’zi , ya`ni (-1;0) koordinatali nuqta hosil bo’ladi.




  1. -5П/2 = -П/2-2П bo’lgani uchun -5П/2 ga burishda -П/2 ga burishdagi nuqtalarning o’zi, ya`ni (0;-1) koordinatali nuqta hosil bo’ladi.

Yangi mavzuni mustahkamlsh:
SINF ISHI: 267- 272 (toqlari). Misollar guruhlar tomonidan navbat bilan ishlanadi va ekspert guruhlar baholab borishadi.


O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida mustaqil ish:

  1. P(1;0) nuqtani П/4 rad burchakka burishda hosil bo’lgan nuqtani toping.

  2. P(1;0) nuqtani 3П/ 2 rad burchakka burishda hosil bo’lgan nuqtani toping.

  3. P(1;0) nuqtani 3П/4 rad burchakka burishda hosil bo’lgan nuqtani toping.

Mustaqil ish ishlanib bo’lganidan keyin o’quvchilar daftarlarini almashishib o’zlarini baholashadi, eng ko’p a`lo olgan guruhga rag’bat beriladi. Dars oxirida rag’batlarga qarab g’olib guruh aniqlanadi.




    1. Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

    2. Uyga vazifa: 267- 272 (juftlari)

O’qituvchi o’quvchilariga:


Yuraklardan ko`chgan jajji yuraksan
Hozircha g`unchadek murg`ak go`daksan
Shu aziz yurtimga sen eng keraksan
Sog’lom avlodi bo’l O’zbekistonning!
Charaqlab boshingdan oftob aylansin.
Shu ma’sum chehrangdan moxtob aylansin
Umringdan ming iymon savob aylansin
Sog’lom avlodi bo’l O’zbekistonning!
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling