Mavzu: Nur terapiyasi. Nur terapiyasi

Nurli terapiyaga ko’rsatmalar

Download 282.75 Kb.
bet2/8
Sana21.06.2023
Hajmi282.75 Kb.
#1639527
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TMI

Nurli terapiyaga ko’rsatmalar

l.Xavfli o’smalarni davolash. Bu urinda nurli terapiya asosiy davolash metodlaridan biri sifatida qo’llanishi mumkin. Nurli terapiya mustakil yoki jarroxlik, ximioterapiya, gormonoterapiya va immunnoterapiya bilan kombinasiyada qo’llanadi. Nurli terapiya o’smalarni davolashda uch maksadda qo’llanishi mumkin: radikal, palliativ va simptomatik maksadlarda.

O’smalarni davolashda nurli terapiyaning boshqa nurli bo’lmagan metodlar bilan qanday kombinasiyada o’tkazilishi va uni qo’llash maksadlari o’smaning tarqalish darajasiga bog’liq.

Xavfli o’smalar nurli terapiyasining effekti asosan o’smaning tarqalish darajasi, lokalizasiyasiga va radioterapiya bo’limining nurlovchiuskanalar bilanjixozlanishiga bog’liq. Teri rakining I-II stadiyasida 5yillik davolash effekti 95%-dan yuqori, IIIdavrida bu ko’rsatgich 25-30%-dan oshmaydi. Sut bezi rakining I-II stadiyasida davolash effekti 60-65% atrofida, III darajada - 20-25%, IV-darajada aksariyat bemorlar bir yil davomida nobud bo’ladilar. Bu natijalar o’smalarning erta diagnostikasi dolzarb masala darajasiga kutarilishi lozimligini ko’rsatadi.

2.Xavfsiz o’smalarni davolashda nurli terapiya umuman olganda qo’llanmaydi. Ammo o’sma xayot uchun muxim organlarda joylashgan bo’lsa va uning rivoji xayotga taxlika solsa, jarroxlik yo’li bilan olish muammo bo’lsa, yoki unga aks ko’rsatmalar, yoki bemor operatsiyaga karshi bo’lgan xollarda nurli terapiyaqo’llanishi mumkin. Masalan: gipofiz adenomasida shunday sabablar bilan palliativ nur terapiyasi o’tkaziladi. Yoki timomalar xirurgik amal vositasida olib tashlangandan sung, radikal programmada nurli terapiya o’tkaziladi. Timomalar residivi, gemangiomalarda, ayniksa xirurgik davolashdan keyinga residiv kuzatilsa nurli terapiya o’tkaziladi. Aytish lozimki,nurli terapiya yaxshi kosmetik effekt beradi, nurlangan joyda chandiq qolmaydi.

Download 282.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling