Mavzu: Nur terapiyasi. Nur terapiyasi
Nur terapiyasining bo’shliq ichi metodi
Download 282.75 Kb.
|
TMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nur terapiyasining to’qima ichi usuli
- Nur terapiyasining ichki usuli
Nur terapiyasining bo’shliq ichi metodiBu uslubda nur manbasi patologik o’choqka bo’shliq orqali maksimal darajada yaqinlashtiriladi. Qo’llanilgan nurning turiga qarab, bu usul quyidagi turlarga bo’linadi: bo’shliq ichi kiska fokusli rentgenoterapiya, bo’shliq ichi в-terapiya va -y- terapiya.Bo’shliq ichi kiska fokusli rentgenoterapiya ogiz bushligi, kin, bachadon bo’yining kin yuzasi va to’g’ri ichak rakini davolashda qo’llaniladi. Buning uchun shu bo’shliqlarga maxsus tubus yoki shaul' tipdagi rentgen naylarining anodi kiritib nurlanadi.Nur terapiyasining to’qima ichi usuliQo’llanuvchi nur manbasining turiga kura bu usul to’qima ichi P- va y-terapiyaga bo’linadi. To’qima ichi y-terapiyao’sma to’qimasi ichiga yepik radioaktiv moddalar -radioaktiv ignalar kiritish uzida 60So saqlagan neylon va kapron iplari bilan tikish, radioaktiv simlar (182Ta) va radioaktiv moddalarning kolloid eritmalari bilan o’smani infil'tratsiya qilishdan iborat. Ko’pincha o’smalarni radioaktiv ignalar (60So, 137Ss) sanchib davolash (y-terapiya) qo’llanadi. Terini aseptika, antiseptika qoidalarga rioya kilgan xolda ishlangandan keyin, o’tkazuvchi anesteziya qilib o’sma to’qimasiga radioaktiv ignalarni uzaro parallel xolda bir biridan 1,0-1,5 sm masofada sanchib kiritiladi, tashki ignalar o’sma chegarasidan 0,5-0,7 sm chetga urnatiladi.Nur terapiyasining ichki usuliBu metod radioaktiv izotoplarning organotroplik xususiyatiga asoslangan. Ovkat xazm qilish trakti yoki vena ichiga yuborilgan ba'zi radioaktiv izotoplar aloxida organlarda saqlanib tuplanadi va maxaliy ta'sir ko’rsatadi. Bunday maksadda yarim parchalanish davri 15 kungacha bo’lgan radioaktiv izotoplar qo’llanadi. Ma'lumki 131I izotopi fakat qalqonsimon bezda yutiladi. Radioizotopni yutilmay kolgan kismi bir sutka davomida buyraklar orqali to’liq chiqarilib yuboriladi. Qalqonsimon bezda tuplangan 131I-ning nuri shu organning raki va tireotoksikozlarni davolashda qo’llanadi. Ammo bunday nurlash o’sma xujayralarni to’liq devitallizasiyasini (uldirishni) ta'minlayolmaydi, shu tufayli ichki nurlash distansion nurlash bilan kombinasiyalanadi.Download 282.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling