Aseptika va antiseptika reja


Download 6.22 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi6.22 Kb.
#1344342
Bog'liq
Aseptika va antiseptika


Aseptika va antiseptika

REJA:
1. Jarrohlik fani va uning vazifalari. Jarohat infeksiyasi, infeksiya turlari.
2. Antiseptika va aseptika haqida ma'lumot, turlari, vositatari va qo'llanilishi. Sterilizasiya va uning turlari.
3. Desmurgiya haqida ma'lumot, jarrohlikda qo'llanilishi.

Xirurgiya juda qadim zamonlardan ma’lum. Ibtidoiy odamlar o’z-o'ziga va bir-biriga yordam ko'rsatar ekanlar, nayzaning o'tkir uchini va yoy o'qini tanadan chiqarib olish yo'lini bilganlar, qon oqayotgan jarohatni qisib, qon ketishini to'xtata olganlar, jarohatni davolash uchun o'simliklarning barglaridan va yo'sin (mox) dan foydalanganlar.

Operasiya - bu asosan ta'qimalarga mexanik ta'sir ko’rsatish yo'li bilan to'qimalar kesilib

patologik o’choq aniqlanib bartaraf etiladi (kesib olib tashlanadi) va to'qimalar yoki ayrim tana a'zolarning normal shakli funksiyasi tiklanadi: to'qimalar va a'zolarni kesib olib boshqa joyga (boshqa organizmga) ko'chiriladi.

Shikastlanishning turi va sabablari, davolash va oldini olish choralariga travmatologiya fani mas'uldir. Shikasllanishlar umumiy xirurgik kasalliklarning 30-35% ni tashkil etadi.

Respublikamizda travmatologik xizmat uch asosiy zvenodan iborat:

1.Shikastlanish ro'y bergan joyda birinchi tibbiy yordamni tashkil qilish.

2.Ambulatoriya-poliklinikada shikastlanishga yordam ko'rsatish.

3.Travmatologik yordamni kasalxonalarda tashkil qilish.

Travma yuz bergan joydayoq birinchi yordam ko'rsatish quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:

a) shifokor kelguncha birinchi oddiy yordam. Bu yordam ko'pincha maxsus kasbi bo’lmagan kishilar (o'z-o'ziga va o'zara yordam) tomonidan ko'rsatiladi. Ular shikastlangan kishining o’rtoqlari, sanitariya drujinachilar tomonidan, qarindoshlari yoki begona kishilar, yo’l harakati va milisiya hodimlari, o'rta ma'lumotli tibbiyot hodimlari bo'lishi mumkin:

b) Yuqori malakali yordamni maxsus tayyorgarlikka ega bilgan shifokor bajarmog'i kerak.

Birinchi travmatologik yordamni tashkil qilishda quyidagilarga rioya qilish kerak:

1) shikastlangan kishiga iloji boricha zudlik bilan yordam berish zarur.

2) birinchi malakali yordam tezroq ko'rsatilishi uchun avvalo oddiy tibbiy yordam ko'rsatilgandan so'ng, bemor darhol maxsus davolash muassasasiga olib borilishi zarur.

3) keyingi bosqichda yordam beruvchi travmatologiya hodimlariga har bir qilingan davolash

usullarini keng va batafsil bayon qilish, birlamchi xirurgik ishlov berish, qoqsholga qarshi zardob yuborish va boshqalar.

4) har bir kishi shikastlanish yuz berganda qayerga, qachon so’rab murojaat qilishni bilish kerak.

5) shikastlangan kishini to'gri evakuaciya qilish travmatalogiya yordamining asosiy bo’g’ inlaridan biri hisoblanadi.

Jarohat infeksiyalari tushunchasi kasallik qo'zg'atuvchi aerob va anaerob infeksiyasining spesifik hamda nospesifik turlari keltirib chiqaradigan xirurgik kasalliklarni o'z ichiga oladi.

Kasallikning avj olishida kasallik tug'diradigan mikroblar katta rol o’ynaydi. Xirurgik

infeksiyani qo'zg'atuvchi mikroblar atrof- muhitda ham inson badani sirtida ham shuningdek,

nafas olish yo’llari va ichaklar bo'shlig'ining shilliq pardasida ham mavjud. Ular organizmga kirish darvozasi deb ataluvchi teri va shilliq pardalarining shikasllanishi tufayli yoki nafas olish, me'da- ichak va tanosil yo’llari orqali tushadi.

Xirurgik infeksiyalar klinik ko'rinishi bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:

1. O'tkir xirurgik infeksiya

l. Mahalliy o'tkir xirurgik infeksiya.

a) o'tkir nospesifik yiringli infeksiya;

b) o'tkir chirik infeksiya;

v) o'tkir nospesifik anaerob infeksiya yoki gazli gangrena;

g) o'tkir spesifik anaerob infeksiya (qoqshol, kuydirgi).

2. Umumiy xirurgik infeksiya:

a) o'tkir nospesifik infeksiya;

b) o'tib kelgan (surunkali) umumiy xirurgik infeksiya;

3.Surunkali xirurgik infeksiya:

a) surunkali nospesifik infeksiya;

b) surunkali spesifik infeksiya.





Download 6.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling