Мавзу: Нутқ маданияти фанининг предмети ва вазифалари
Til madaniyati va nutq madaniyati
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
oqituvchi nutqi madaniyati
Til madaniyati va nutq madaniyati. Til madaniyati deyilganda ana shu tildagi ifoda vositalarining ongli aralashish natijasida hamma tushunadigan va qo’llay oladigan darajaga keltirilganligi, ma`lum davr uchun mosligi, ishlatilish qonun va qoidalari, me`yorlarining qay darajada aniq va mukammal ishlanganligi, sayqal topganligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, til madaniyati deganda, til birliklari va ular imkoniyatlari taraqqiyotining, ular o’rtasidagi munosabatlar hamda shu munosabatlarni ta`minlovchi qonun-qoidalarning ishlanish darajasi tushuniladi. T.Qudratov bu haqda shunday deydi: “Tilning madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksisining taraqqiyoti va boyish darajasi, so’z ma`nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutq
37
madaniyati, uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi va tizimi bo’lib, ular til madaniyati, til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq”. Til madaniyati til vositalarining boyligi va rang-barangligidan iborat bo’lib, shu tildan foydalanuvchilarning ongida yashaydi. Lekin bu boylikning o’zlashish darajasi jamoa a`zolarining har birida har xil bo’ladi. Qaysi shaxs til madaniyatiga tegishli vositalarni o’zlashtirgan va ularni o’z nutqi jarayoniga aylantirgan bo’lsa, o’sha shaxsning nutqi shu darajada madaniyatli bo’ladi. Nutq yakka shaxs ijodi ekan, uning madaniyati ham shaxsning til imkoniyatlarini qanchalik o’zlashtirganligiga va ulardan nutq sharoitiga mos mohirona foydalana olishiga bog’liqdir. Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichdan: bilish va bu imkoniyatlarni chuqur o’zlashtirishdan iborat. Til vositalarini bilish nutqni tinglaganda, ularning ma`nosi va vazifasini anglashda ko’rinadi, ya`ni tinglovchi tinglagan va o’qigan narsalarini tushunadi. Bunday shaxs o’zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ikkinchi bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarning katta qismini chuqur o’zlashtirishdan, ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishidan iboratlir. Bunga erishgan shaxsning nutq ravon, boy, obrazli, o’rinli bo’ladi. Birinchi bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e`tibor berish, bu imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling