so’zlash hikoya qilish hisoblanadi. Kichik hajmdagi nasriy asarlar, katta
asarlarning ayrim parchalari darsda hikoya qilib beriladi. Hikoya qilishda
67
voqealar batafsil yoki ma`lum qisqartishlar bilan bayon etilishi mumkin. Bunda
har bir narsa va hodisa o’z nomi, sifatlari bilan bayon etiladi.
Mulohaza. Ko’zatilgan, eshitilgan yoki o’qilgan narsalar ustida fikrlash,
uning turli tomonlarini ko’z oldiga keltirish mulohaza hisoblanadi. Kishi
mulohaza orqali yuz bergan bergan voqealar haqidagi haqiqatni topa oladi.
Buning uchun mulohaza tugri, ilmiy asosda bo’lishi lozim.“ Narsalarning
haqiqatini bilish faqat farosat yo’li bilan amalga oshadi” (Ibn Sino).
Yuqoridagilarning barchasi o’qituvchi ish faoliyatiga bog’lanadi.
Fikrni og’zaki bayon etganda o’qituvchi suhbat, muhokama, munozara
usullaridan foydalanadi.
Suhbat. Ma`lum bir mavzu yuzasidan dialog tarzida ikki yoki bir necha
kishi o’rtasida bo’lib o’tgan nutqiy muloqot suhbat deyiladi. Suhbatning
xususiyati shuki, suhbatdoshlar bir-birlariga savol beradilar va savollarga javob
qaytaradilar. Bu suhbat ma`ruzadan farq qiladi. Ma`ruza monologik nutqdir.
Muhokama. - Ma`lum bir masala yuzasidan ko’pchilikni fikrini
to’plashni, ma`lum to’xtamlarga kelishni anglatadi.
Munozara. - Biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini
anglatadi. Baxs jarayonida har bir ishtirokchi o’zining haq ekanligini isbotlashga
intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: