Мавзу: Нутқ маданияти фанининг предмети ва вазифалари
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
oqituvchi nutqi madaniyati
Demosfen (384-322) Eramizdan avvalgi 384 - yilda Afinada dunyoga kelgan buyuk notiq Demosfen o`z umrini Vatanining gullab-yashnashiga bag’ishlagan ulug’ davlat arbobi edi. Otasining ismi ham Demosfen bo`lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi. Bo`lajak notiq 5 yoshga to`lganida otasi vafot etadi. Demosfen va singlisiga otasidan katta meros qoladi. Ammo ular kichkina bo`lganligi sababli meros va bolalar tarbiyasi tog’asiga topshiriladi. Barcha boyliklarni qo`lga kiritgan tog’asi Demosfen tarbiyasi bilan qiziqmaganligi uchun u nimjon bo`lib o`sadi. Bo`lajak notiq voyaga yetgach merosni tog’asidan talab qiladi. Ammo tog’asi unga me’rosni to’liq qaytarib bermaydi. Merosni tog’asidan to`liq ololmagan Demosfen uni sud orqali undirib olishga qaror qiladi. Sudda muvaffaqiyat qozonish uchun Afina davlati qonunlarini, ravon so`zlash, davosining to`g’riligiga kishilarni ishontirish uchun notiqlik san`tini o`rganadi. Zamonasining meros ishlari bo`yicha mashhur advokati bo`lgan Isey maktabida 4 yil ta`lim oladi. Eramizdan oldingi V asrda yashagan, Pelopan urushida ishtirok etgan va uning tarixini yozgan Afina tarixchisi Fukididnin, faylasuf Platonning asarlarini puxta o`rganadi. Fukidid asarlarini 8 marta qayta ko`chirib yodlab oladi. O`qishni tugatgach, vasiylari bilan sudlashadi va sud 5 yil davom etadi. Dastlab bo`lajak notiq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Chunki uning tovushi juda past bo`lib, bir oz duduqlanar, “r” harfini talaffuz etolmas, mujmal gapirar edi. Avval boshqalarga sudda so`zlanadigan nutqning matnini yozib beradi. So`ng o`z nutqi ustida tinimsiz ishlaydi. Yekasini qimirlatib turish odati bo`lib, ko`pchilik orasida o`zini to`g’ri tuta bilmas edi. Demosfen bu kamchiliklarni astoydil tugatish uchun ter to`kib ishlaydi. Birinchi, ikkinchi nutqi ayanchli holda tugaganligi sababli uzoq muddatli tinimsiz mashq qiladi. Mana shu mehnatlari samarasida mashhur notiq bo`lib yetishadi. Lekin hech qachon tayyorgarliksiz nutq so`zlamaydi, oldindan yozib qo`yilgan matnni yodlab olar, har bir so`z ustida puxta o`ylar, jumlalarni aniq va chiroyli tuzishga 11
harakat qilar edi. U hech vaqt bo`lmag’ur safsatalarni yoqtirmas, xotirjamlik bilan tinglovchilarning fikrini o`ziga tortar edi. 30 yoshli Demosfen davlat ishlarida ham faol qatnashadi. Vatanining dushmani – makedoniyalik podsho Filippga qarata nutq so`zlaydi. Afina Makedoniya rahbarligiga o`tkach uning dushmanlari bosh ko`taradi. Xalq partiyasi Demosfenning vatanparvarligini qadrlab uni “Oltin gulchambar” bilan taqdirlashga tavsiya etgan edi. Bu qarorga Makedoniya tarafdorlari qarshi chiqadi. Mashhur notiq Esxil majlis qarori ustidan sudga ariza yozadi va Demosfenni qoralab so`zga chiqadi. “Gulchambar”ni himoya qilish maqsadida so`z olgan Demosfen Vatanining gullab-yashnashi uchun tinmay kurashganini, Esxilning sotqinligini yorqin nutqida obrazli tarzda tasvirlab beradi. Sud hukmiga ko`ra Esxilga katta miqdorda jarima solinib, Afinadan badarg’a qilinadi. Biroq Makedoniya bilan Afina o`rtasida boshlangan urushda afinaliklar mag’lub bo`ladi. Demosfen sirtdan o`limdan mahkum etiladi. U Kalavri oroliga qochib borib, Poseydon obodatxonasiga yashirinadi. Dushmanlari unga bo`lmag’ur va`dalar berib Antipatra huzuriga olib bormoqchi bo`ladi. Bu yovuz niyatni vahmlagan notiq zahar ichib (uyiga xat yozish bahonasida, ibodatxonaning ichkarisiga kirib) eramizdan oldingi 322 - yil dunyodan o`tadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling