Мавзу: Нутқ маданияти фанининг предмети ва вазифалари


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/33
Sana05.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#220793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
oqituvchi nutqi madaniyati

 

Sharqda notiqlik san`at. 

Musulmon  Sharqda nutq- va`z, notiq-voiz deb yuritilgan.  

IX-XV  asrlarda    yashagan    Xorazmiy,  Farog’iy,  Forobiy,  Ibn  Sino, 

Beruniy,  Qoshg’ariy,  Navoiy  kabi    ulug’  siymolar  O`rta  Osiyo  xalqlarining 

dunyo  madaniyati    taraqqiyotida    oldingi  saflarda  bo`lishi  uchun  xizmat 

qilganlar. Sharq tarixida Uyg’onish davri hisoblangan bu davrda  notiqlik san`ati  

ham  rivojlangan. Abu Nasr Forobiy (837-950) Ibn Sino (980-1037) kabi olimlar 

mashhur notiq ham bo`lganlar.  

XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan “Qobusnoma” da ham (1082-

1083)  notiqlik    ulug’langan.  44  bobdan  iborat  bu  asarning  6,7-boblari  so`z  

odobi haqidadir deb nomlangan.  

Beruniy  “Geodziya”, Abu Abdulloh  al- Xorazmiy  “Mafotih ul-ulum” 

(“Ilmlar kaliti”) asarlarida  bu san`atga alohida e`tibor berganlar.  

Abu Nasr  Forobiy to`g’ri so`zlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, go`zal 

nutq    tuzishda    leksikologiya,  grammatika,  mantiqning  ahamiyati  katta 

ekanligini    ta`kidlaydi.  Olim  bilimlarning  birinchisi  jismlar  va  hodisalarga  ism 

berish,    ikkinchisi  grammatika    (jismlarga  berilgan  ismlarni  tartibga  solishni) 

uchunchisi mantiq (xulosa chiqarish uchun darak gaplarni joylashtirish) dir deb 




 

14 


fikr  yuritadi.  Birincvhisi    ism  beruvchi  til  haqida    ilmlar,  ikkinchisi  natijalarni 

ifodalaovchi  hikmatli  so`zlar  va  nutq  qanday  tuzishni    o`rgatadi,  uchinchisi 

xulosalar yordamida yangi narsalarni bilib  olishni o`rgatadi.  

O`rta  Osiyoda  Voiz    Muhammad  Rafi`  (“Abvobul  jinon”),  Voiz 

Qazviniy  (“Zilolu  maqol”),  Voiz  Shirvoniy    (“Ahsanul  ahodis”),  Muhammad 

Bobur binni Muhammad Voiz (“Hidoyatul-taqvim”), Qudrati  Sindiy (“Anisul-

voizin”),  Mulla  Kala  Voiz  Samarqandiy    (“Ravzatul-voizlik”),  Qozi    O`shiy 

(“Miftoxun-najjoh”-“So`zning  kaliti”)  kabi  mashhur  notiqlar  yetishib  chiqqan.  

Shveysar  olimi  Adam  Mesning  ma`lumotiga  ko`ra,  avval  podsholar  el  oldiga  

chiqib,  davlat  tuzumi,  o`z  siyosatlari    kabi  mavzularda  nutq  so`zlashi  lozim 

bo`lgan.  Ularning  nutq  matnlarini  saroydagi  devonul  insho  xodimlari    yozib 

bergan.  Juma    kuni  nutq  so`zlash  shart  bo`lgan.  Vaqtlar    o`tishi  bilan  bu  ish 

maxsus so`z  ustalariga topshirilgan.  

Mavlono Fahriddin Ali Safiyning  “Latoyifut-tavoyif” asarida Mavlono 

Irshod    haqida  bir  hikoya  keltiriladi.  H.Boyqaro  Sheroz  shohi  Shijo`  oldiga  

munozara olib borish uchun Mavlono Irshodni yubordi. Notiq  bu vazifani sharaf 

bilan  uddalaydi.  Masjidi    Jomeda  nutq    so`zlab,  hammani  yig’latadi,  so`ng 

hammani kuldiradi.  

Yana mashhur notiqlardan biri farg’onalik notiq Qozi O`shiydir. U O`sh 

shahrida    qozilik  lavozimida  ishlagan.  Erondagi  Siyiston  viloyati  xalqi 

qattiqqullik  bilan  dong  chiqargan  edi.  Qozi  O`shiy  ular  ko`ngliga  so`z  topib  , 

xalqning  mehr  xazinasini  ochadi  va  hurmatga  sazovor  bo`ladi.  Navoiy 

zamonasida yashagan uch notiq haqida ma`lumotlar bor. 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling