Mavzu: Nutq odobi. Notiqlik san’ati. Kasb etikasi. Me’yor tushunchasi
Download 76.3 Kb.
|
Nutq odobi. Notiqlik san’ati. Kasb etikasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvaffaqiyat = Kasbiy mahorat + Vijdon
Kasb etikasi
“Kasb etikasi” (yoki kasbiy axloq) –bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”. Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo’nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi. Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda. Masalan, tibbiyot xodimi o’z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog’lig’I uchun kurashishi va kerak bo’lsa, bunda o’zini ham ayamasligi lozim. Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot uchun muhim bo’lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash, genetic nazorat tajribalarini o’tkazish kabi masalalar kiradi. Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi. Xizmat ko’rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog’liqdir. Hammamiz mijoz sifatida kichik do’kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo’lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo’pollik bilan javob berishining guvohi bo’lamiz. G’arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari quyidagi formulaga asoslangan: Muvaffaqiyat = Kasbiy mahorat + Vijdon Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim: -to’g’rilik, nazokat, vazminlik; -xushmuomalalik, xushfe’llik; -Iltifoq; -g’amxo’rlik; -rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k. Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo’lgan munosabatlaringizning azloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat. Download 76.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling