Mavzu: Nutq odobi va kasb etikasi


Download 37 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi37 Kb.
#1386840
1   2   3
Bog'liq
X modul. Nutq odobi va etiket. Mavzu Nutq odobi va kasb etikasi

Xushmuomalalik — xulq-atvorning kundalik xususiyati bo‘lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir. Xushmuomalalik — bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo‘lsa, yordam qo‘lini cho‘zish, nazokat doirasida ko‘zga tashlanadigan xislatdir.
Xushmuomalalik — mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.
Kamtarlik — yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo‘lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o‘ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o‘z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko‘rinib turadi.
Kamtar bo‘lish — o‘ziga, fe’l-atvoriga talabchan bo‘lib, o‘ziga tanqidiy nazar bilan qarash demakdir.
Kamtarin odam hech qachon o‘z hunarlarini boshqalarnikidan ustun qilib ko‘rsatishga intilmaydi.
Kamtarlik — tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o‘zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.
Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo‘lgan munosabatlaringizning axloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling