Mavzu: nutq oqimida tovushlarning birikish hodisasi


Download 391.2 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi391.2 Kb.
#1316270
  1   2   3
Bog'liq
Nutq oqimida tovushlarning birikish hodisasi

MAVZU: NUTQ OQIMIDA TOVUSHLARNING BIRIKISH HODISASI

O`ZBEK TILI FONODOGIYASI NUTQ TOVUSHLARINING UCH TOMONI

  •  Nutq faoliyati tovush yoki tovushlar sistemasi orqali ro`yobga chiqadi. Nutq 
  • tovushlari o`zida uch aspektni birlashtirgan murakkab hodisadir: birinchidan, u 

    talaffuz organlari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasining faoliyatidir. 

  • SHuning uchun ham uni inson organizmidan tashqari o`rganish mumkin emas. Nutq 
  • tovushlarining bu tomoni uni fiziologik (yoki biologik) aspekti hisoblanadi. 

  • Ikkinchidan, nutqiy faoliyat bo`lganligidan, u tabiatdagi har qanday tovush
  • kabi akustik (yoki fizik) xossaga ega. Uning bu tomoni akustik (yoki fizik) 

    aspekt sanaladi. Uchinchidan nutq tovushlarining bosh vazifasi kommunikatsiya vositasi 

    bo`lib xizmat qilishdir. 

  • Bu eng muhim tomon funktsional aspektni (sotsial yoki lingvistik aspekt ham 
  • deyiladi) tashkil etadi. 

Funktsional tomoni 

  •  Nutq tovushlarining haqiqiy funktsiyasi, bosh vazifasi funktsional aspekt orqali 
  • amalga oshadi. SHuning uchun ham ayrim tilshunoslar nutq tovushlarining 

    funktsional aspektini boshqa aspektlardan ajratgan holda alohida o`rganish va ularni 

    o`rganuvchi sohani ham ajratishni tavsiya etadilar. Natijada ayni bir ob`ektni 

     turli tomondan o`rganuvchi ikki soha fonetika va fonologiya yuzaga keldi. 

Fonetika va fonologiya

  • Fonologiya termini tilshunoslikda XIX asr oxirida yosh grammatikachilar 
  • (mladogrammatiklar) maktabining fonetik qonunlariga javoban, nutq tovushlarining artikulyatsion fiziologik akustik (fizik) tomonidan funktsional (lingvistik) tomonini farqlash extiyoji bilan paydo bo`ldi. Garchi fonologiya termini ko`pchilik tilshunoslar tomonidan e`tirof etilsa ham, ammo bu termin ostida o`rganilishi lozim bo`lgan ob`ekt masalasida bir xillik bo`lmadi.

  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling