Nutq madaniyati nutqiy malaka va ko`nikmalarning hosil bo`lishi, bu jarayondagi lingvistik va nolingvistik omillarning o`zaro aloqdorligi bilan vujudga keladi.
Nutq madaniyatining alohida ilmiy muammoga ega sohaligi esa mazkur hayotiy ehtiyojlar asosida uning tushuncha sifatida shakllanishidan birmuncha keyingi bosqichda vujudga kelgan. U fanning muayyan tarmog`i sifatida o`z o`rganish obyektiga ega; tilni ma’lum me’yorlarga solish, so`ngra esa adabiy tilni rivojlantirish va umuman til taraqqiyotiga hissa qo`shish kabi ulkan vazifalarni o`z zimmasiga oladi. Nutq madaniyati sohasining ilmiy muammolari tilning barcha sathlariga, tilshunoslik fanining barcha tarmoqlari bilan aloqador ekanligini ta’kidlash joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |