Mavzu: Nyutonning birinchi qonuni-inertsiya qonuni
Download 62.29 Kb.
|
Fizika dars ishlanma
Mavzu: Nyutonning birinchi qonuni-inertsiya qonuni.“____”____2016 y.Darsning texnologik xaritasi
Маshg`ulot bosqichlari
Мashg`ulotning borishi Asosiy tushuncha va atamalar: -Harakat qonunlari; -Jismning inertsiyasi; -Nyutonning birinchi qonuni. I.Tashkiliy qism; a) tozalikka e’tibor berish; b) salomlashish ; c) davomatni aniqlash. II.O’tilganlarni takrorlash 1.Kinematikaning asosiy tushunchalarini aytish. 2.Tekis va notekis harakat haqida. 3.Tezlik va uning biliklarini aytish. 4.Tekis o`zgaruvchan harakatda tezlanish, tezlik va yo`l formulalari. 5.Tezlanish va uning birligi. 6.Aylanma tekis harakat va uni xarakterlovchi kattaliklar haqida. 7.Aylanma tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar(chiziqli va burchakli tezliklar,aylanish davri va chastotasi,hamda markazga intilma tezlanish) orasidagi munosabatlarni yozib ko`rsating. 8.Kim ko’p formula yozadi? III.Yangi mavzu bayoni (Guruhlarda ishlash) 1.Dinamika asoslari haqida. 2.Nyuton qonunlari-harakat qonunlari. 3.Jismning inertsiyasi haqida. 4.Nyutonning birinchi qonuni. Yangi mavzuni musobaqa tarzda o’tkazish uchun sinfni II guruhga bo’linadi. Har bir guruh a`zolari o`z guruhlarini o`ziga xos taqdimot qiladi.Masalan: I-guruh II-guruh Fizikadir fanlar sardori, Naqadar go’zaldir dunyoning ishi Balki, shundanmi, ko’p uning xaridori, Shoir unga boqib she`rlar to`qiydi. Uni sevib dildan o’qiymiz bizlar, Undagi jonsizu jonli borliqni, Mana hozir guvoh bo’lasiz sizlar. Sirin ochmoq bo`lib ilm o`qiydi. III-guruh Tabiatda ko’pdir fizik qonunlar Birin anglay olsak, oh qani edi Barin anglamoq uchun, fursat boy bermay , Bilim sinashmoqni boshladik qani. Har bir guruh o`zlarini tanishtirib bo`lganlaridan so`ng guruhlarga “Modifikatsiyalangan ma`ruza” asosida yangi mavzu tushuntiriladi. Unda asosiy e`tibor quyidagi ma`lumotlarga qaratiladi. Dinamikaning asosiy qonunlari uchta boiib, ular harakat qonunlari deyiladi. Ingliz olimi Isaak Nyuton (1643—1727) kashf qilgan harakat qonunlari l687-yilda nashr etilgan. Bu qonunlar uning sharafiga Nyuton qonunlari deb ataladi. Nyuton qonunlari insoniyatning ko‘p asrlik tajribasi natijalarini umumlashtirish yo‘li bilan vujudga kelgan. Jismning inersiyasi. Jismning inersiyasi haqidagi dastlabki fikr XVII asr boshlarida italyan olimi Galileo Galiley tomonidan aytilgan. Inersiyaning namoyon bolishiga har doim duch kela Masalan, avtobus to‘satdan yurib ketsa, uning ichida turgan odam orqaga mukka ketadi. Chunki bu odam o‘zining tinch holatini saqlashga intiladi. Agar harakatdagi avtobus to'satdan tormoz bersa, uning ichida turgan odam oldi qalqib ketadi. Chunki bu holda odam o‘zining harakatdagi holatini saqlashga intila Jismlarning o‘z holatini saqlashga intilishi inersiyaning namoyon bo‘lishid: Barcha jismlar inersiyaga ega. Inersiya tufayli jismning tezligini to‘satdan (bir onda) oshirib yoki kamayt' bo‘lmaydi. Jism holatini o‘zgartirish uchun ma’lum vaqt kerak. Nyutonning birinchi qonuni. Nyuton o‘zidan oldin yashab ijod etgan olimlaming xulosalariga, o‘zining kuzat va tajribalari natijalariga asoslanib, inersiya qonunini quyidagicha ta’rifladi: Har qanday jism unga boshqa jismlar ta’sir qilmaguncha, o‘zining tine holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Dаrsni mustаhkаmlаsh. O`quvchilarning olga bilim, ko`nikmalarini “Savollar yomg`iri” interfaol o`yinida guruhlar bilan musobaqa tarzida o`tkaziladi. Bunda guruhlar tomonida olgan bilim va ko`nikmalar bir biriga guruhlararo musobaqa shaklidagi savollar yomg`irini tuzish tarzida amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilar tomonidan tuzilgan savollarni iloji boricha qisqa hamda mantiqiyligiga e`tabor beriladi. Savollar ichidan “Eng mazmunli” si ajratilib, alohida rag`batlantiriladi. Zero,bu interfaol o`yinning asosiy maqsadi va shiori ham o`ziga xos “Savol berish oson,javob berish qiyin” deyishadi. Bu ibora haqiqatdan han to`g`rimikin?” shioridir. Uygа vаzifа: O’tilgan mavzuni o’qib kеlish. Download 62.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling