Mavzu: Obekt yo’nalishini ifodalovchi trayktoriya


Download 1.59 Mb.
bet2/4
Sana06.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1435030
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Asosiy kadrlarni aniqlash
Yuqorida ta’kidlanganidek, koptokning joyini o‘zgartirish uchun ishlatilinadigan kadrlar soni bevosita kadrlar almashinuvining animasion chastotasiga va har bir harakatning davom etishiga bog‘liq. Asosiy kadrni yaratish uchun kadr nomerini tanlash va so‘ngra obyektni kerakli yo‘nalishga ko‘chirish zarur. Aksariyat dasturlarda animatsiyaning maxsus rejimi bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda boshqalardagi singari hech bir ishni bajarish talab etilmaydi, uning yordamida dastur obyekt harakatini yozib yoki maxsus tugmani sichqoncha orqali bosgandan so‘ngasosiy kadrni belgilab boradi.
Uch o‘lchovlimodellashtirish dasturlarida kadrlash qoidalarini qadam-baqadam ko‘rib chiqamiz. Sakrovchi koptok animatsiyasi uchun dastlab quti va uning chetida joylashgan koptokning modelini yaratish zarur. Ko‘pgina dasturlarda ish animatsiyaning birinchi kadridanoq avtomatik tarzda boshlanadi – ushbu holatda 1-kadr
(6.3-rasm, a). So‘ngra 18 kadrga keling va koptokni joyidan ko‘chiribtaxminan ekran o‘rtasidagierga o‘tkazingva asosiy kadrni belgilang (6.3-rasm, b). Turlicha joylarda joylashgan ikki obyektni birlashtiruvchi chiziq harakat traektoriyasi (motion path) yoki soddagina traektoriya (trajectory) deb ataladi. U obyektlarning ko‘chish yo‘lini sxematik belgilanishini o‘zida ifoda etadi. Koptokning erga urilib qaytishi darajasini belgilash uchun 24 kadrga o‘ting va koptokni o‘ngga va ozgina yuqoriga ko‘chiring, ushbu jarayonni ikkinchi asosiy kadr sifatida belgilang (6.3-rasm, v). Belgilangan nuqta koptokning keyingi erga tushishidan oldingi eng yuqori vaziyati bo‘ladi. Va nihoyat, animatsiyaning so‘nggikadriga o‘ting va koptokni oxirgi vaziyat bo‘lgan erga qo‘chiring, yakunlovchi asosiy kadrni belgilang (6.3-rasm, g). Juda ham soddalashtirilgan 30-kadrli animatsiyalarni yaratish uchun zarur bo‘lganbarcha qadamlar shulardan iborat.
Obyekt yo‘nalishiniifodalovchi traektoriya. Animatsion ketma-ketlikni ko‘rish uchun harakatlantirish
tugmasini bosgandan so‘ngdastur koptok haqiqatan ham 1, 18, 24 va 30 kadrlarning ko‘rsatilgan vaziyatlarda tasvirlanayotganligini tekshiradi, shuningdek,, koptok ushbu kadrlar oralig‘ida joyini qanday ko‘rinishda o‘zgartirayotganligini hisoblaydi (ushbu jara-yonda har bir asosiy kadr uchun boshqaruv regulyatori (weighting)dan foydalaniladi). Regulyatorlar (tartibga solib turuvchi asbob) obyektni qo‘chirish yo‘liga bevosita aloqador va uning asosiy kadrga o‘tishiniamalga oshirish imkonini beradi.
E’tibor bering, 18 kadrda asosiy kadrni belgilashda harakat traektoriyasi to‘ppa-to‘g‘ri hisoblanadi, ya’nikoptok birinchi asosiy kadrdan ikkinchisiga to‘g‘ri chiziqli traektoriya bo‘yicha ko‘chiriladi. Bundan tashqari, 24 kadrda uchinchi asosiy kadrni belgilashda, asosiy kadrning joriy boshqaruv regulyatorlari obyekt yo‘linito‘g‘ri chiziqdan egri chiziqqa o‘zgarishibo‘yichaharakatini tekislashga urinadi. Afsuski, ushbu holatda egrilik koptokning tekislikka tushmasligi, balki tekislikdan ko‘tarilishigaolib keladi.
Obyektning joyini ko‘chirish traektoriyasini boshqarish faqatgina kadrlash orqaligina amalga oshirilmaydi. Yana bir uslub borki, splaynlar bilan ishlash bo‘yicha uskunalar yordamida chiziqlar yaratish va obyekt (obyektlar)ni ushbu chiziq bo‘ylab qo‘chirishuchun sozlash bilan ifodalanadi. Ko‘chirish yo‘li bo‘ylab animatsiyalash (path animation) uslubidan modelning tashqi ko‘ri-nishi bo‘yichaobyektning aniq ko‘chirilishiuchun foydalaniladi.
Obyektlarni ko‘chirishga nisbatan axborotlarni boshqarish uchun ko‘pgina dasturlarda animasion interfeysning vaqt shkalasi (timeline interface) mavjud, bunga misol 6.4-rasmda keltirilgan. Gorizontal o‘q vaqt birliklariga yoki kadr nomeriga bo‘linadi, ayni vaqtda vertikal o‘q obyektlarning ierarxik ro‘yxatidanva animatsiya parametridagi yoritishdan tarkib topadi. Chiziqlar parametri nomidan kelib chiquvchilarga asosiy kadrlarni bildiruvchi markerlar qo‘yiladi, pastdagi vaqt shkalasi asosiy kadrlarning mos kadrlar nomeriga joylashganligini ko‘rsatadi. Interfeys vaqt oralig‘ini sozlash uchun asosiy kadrlarni ko‘shish, o‘chirish va joyini o‘zgartirish imkonini beradi. Asosiy kadr joyini ko‘chirish uchun sichqoncha yordamida olib o‘tishkifoya.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling