Mavzu: Obekt yo’nalishini ifodalovchi trayktoriya
Download 1.59 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy
Mavzu:Obekt yo’nalishini ifodalovchi trayktoriya. Kadrlash Aksariyat dasturlarda animatsiya jarayonini boshqarish uchun kadrlash (keyframing) deb atalgan uslubdan foydalaniladi, qaysiki obyektlar eng muhim vaziyatlarga mos asosiy kadrlarda (keyframe) joylashadi. Oraliq tasvirlarni qurish (tweening) yordamida kompyuter obyektning turgan joyini har bir oraliq kadrga nisbatan hisoblaydi, natijada obyekt bir vaziyatdan boshqasiga silliq o‘tadi. Masalan, qutidan tushgan va erga urilib sakrayotgan koptokning animatsiyasi uchun hammasi bo‘lib to‘rtta kadrni tayinlash mumkin (animatsiyaga reallik berish va yanada takomillashtirish uchun qo‘shimcha kadrlarni qo‘shish kerak bo‘ladi). Birinchi kadrda koptok quti chetida tebranadi; ikkinchi kadrda u erga qulaydi; uchinchi kadrda koptok erdan ma’lum balandlikda uzoklashadi, to‘rtinchisidaesa erda qo‘zg‘almas bo‘ladi (6.2-rasm). rasm. Asosiy kadrlardagi vaziyat. Asosiy kadrlarni aniqlash Yuqorida ta’kidlanganidek, koptokning joyini o‘zgartirish uchun ishlatilinadigan kadrlar soni bevosita kadrlar almashinuvining animasion chastotasiga va har bir harakatning davom etishiga bog‘liq. Asosiy kadrni yaratish uchun kadr nomerini tanlash va so‘ngra obyektni kerakli yo‘nalishga ko‘chirish zarur. Aksariyat dasturlarda animatsiyaning maxsus rejimi bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda boshqalardagi singari hech bir ishni bajarish talab etilmaydi, uning yordamida dastur obyekt harakatini yozib yoki maxsus tugmani sichqoncha orqali bosgandan so‘ngasosiy kadrni belgilab boradi. Uch o‘lchovlimodellashtirish dasturlarida kadrlash qoidalarini qadam-baqadam ko‘rib chiqamiz. Sakrovchi koptok animatsiyasi uchun dastlab quti va uning chetida joylashgan koptokning modelini yaratish zarur. Ko‘pgina dasturlarda ish animatsiyaning birinchi kadridanoq avtomatik tarzda boshlanadi – ushbu holatda 1-kadr Mavzu:Animatsiyalarni ko’rish ketma-ketligini yaratish. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling