Mavzu: Ob’ektga yetkaziladigan zararni baholash


Download 477.44 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2023
Hajmi477.44 Kb.
#1170528
1   2   3
Bog'liq
4-topshiriq

U niversal. Axborot chiqishi mumkin bo‘lgan kanal turiga qarab, qayerda yuzaga kelishi, xarakteri, shakli va axborot turidan qat’iy nazar, yetarli vositalarda uni berkitishi lozim.
Kompleks. Tarkibiy elementlar va kanallardan axborot chiqishining turli-tumanligida axborotni himoyalash uchun barcha usullar to‘liq hajmda qo‘llanilishi lozim. Alohida formalar va texnik vositalarning qo‘llanilishi mumkin emas. Himoyalashning kompleks tasnifi bu – bir-biriga bog‘liq bo‘lgan uzluksiz jarayonlarni ifodalovchi murakkab tizimdir. O’z navbatida ularning har biri bir-birlariga turli xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab xossalarga, tendensiyalarga ega.


AHT ning dasturiy-apparat elementi kompyuterlarda, serverlarda va lokal tarmoqning ishchi stantsiyalarida, hamda turli axborot tizimlarida ishlov berilayotgan, saqlanayotgan qimmatli axborotlarni himoyalash uchun mo‘ljallangan. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • axborotni himoyalash va uning himoyalanganlik darajasini nazorat qiluvchi avtonom dasturlar;

axborotlarga ishlov berish dasturlari jamlanmasi (kompleksi) bilan birgalikda ishlovchi axborotni himoyalash dasturlari;
axborotni himoyalash texnik (apparat) qurilmalari jamlanmasida ishlovchi (tizimga kirish buzilganda EHM ishini uzuvchi, berilganlar bazasiga ruxsatsiz kirilganda ma’lumotlarni o‘chiruvchi va boshqalar) axborotni himoyalash dasturlari.
AHT ning muhim elementlaridan biri tizimdagi barcha elektron-texnik vositalarning uzluksiz elektr ta’minotining ta’minlanishi hisoblanadi. Bizning asr, raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, mobil aloqa va Internet asridir. Bu ko‘plab korxonalar, firmalar va tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatchilik kurashi to‘xtamayotgan, jahonni tubdan o‘zgartirgan texnologiyalarning to‘liq ro‘yxati emas. Bizning davrimizga kelib, elektr ta’minoti himoyasi masalasi ko‘tarilmoqda. Hozirda ko‘plab korxonalar kun mobaynida ishlashi kerak. Insonlar kun va tunning ixtiyoriy vaqtida planetamizning ixtiyoriy nuqtasidan o‘z shaxsiy hisob raqamlariga Internet orqali kirishni, doimiy aloqada bo‘lishni, xizmatlar haqqini to‘lashni, turistik yo‘llanmalarni berkitishni yoki biror narsa sotib olishni xohlaydilar. Shu sababli, bunday xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniya va firmalar hech qanday ushlanishlarsiz xizmat taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ular kun davomida sifatli va samarali ishlashlari lozim. Misol tariqasida Internetni olaylik. Ma’lum xizmatlar taqdim etilayotgan Web–saytda biror hodisa sodir bo‘lsa, ishlamay qolishi yoki so‘rovlarga ishlov berish davomiyligi cho‘zilib ketishi mumkin. Bunda mijoz saytdan chiqib, mos bo‘lgan xizmat taqdim etuvchi boshqa firma saytiga kiradi. Huddi shunday holatlar mijozlar sifatli va turg‘un xizmatlar ko‘rsatadi deb hisoblovchi telekommunikatsiya kompaniyalariga ham tegishli.
Venture Development Corporation (VDC)ning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, kompyuterlar, hisoblash tarmoqlari, telekommunikatsiyalar va Internet bozorining tez rivojlanishi natijasida Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika regionlarida uzluksiz ta’minot tizimiga (UTT) bo‘lgan ehtiyoj o‘sib bormoqda.
Nazorat savollari:
1. Axborotlarga ruxsatsiz kirishning asosiy yo‘llarini tushuntirib bering.
2. Axborot konfidensialligining buzilishiga tahdidlarni tushuntirib bering.
3. Tizim ishchi qobiliyatining buzilishi nima?
4. Axborot xavfsizligi xavf-xatarlarni aniqlashga yondashuvni tushuntirib bering.
5. Tasodifiy va rejalashtirilgan ni tushuntirib bering.
6. Rejalashtirilgan xavflarni tushuntirib bering .
7 . Axborot yaxlitligining buzilishiga tahdidlar nima?
Download 477.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling