Mavzu: Obrazlarning ifodaviyligi: portret, prototip, arxetip. Reja
Download 27.73 Kb.
|
Obrazlarning ifodaviyligi
Badiiy obraz turlari2 – adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar turlicha tasnif etiladi, bu turlichalik tasnif uchun qaysi jihat asos qilib olingani bilan bog‘liqdir. Jumladan, ijodkor estetik ideali bilan munosabatiga ko‘ra ijobiy va salbiy obrazlar, ijodiy metodga ko‘ra realistik, romantik va b., yaratilish usuliga ko‘ra fantastik, grotesk va b., xarakter xususiyati va estetik belgisiga ko‘ra tragik, satirik, yumoristik obrazlar farqlanaveradi. Shuningdek, ba’zan badiiy obrazning tasvir planidan kelib chiqib, inson obrazi, jonivorlar obrazi, narsa-buyumlar obrazi tarzidagi atamalar ham qo‘llanadi. Albatta, ilmiy muomalada bu kabi tasniflar, atamalar ham o‘rni bilan kerak. Biroq mavjud tasniflarning hech biri badiiy obrazlarni to‘la qamrab ololmaydi. Qamrov ko‘lami kengroq tasniflardan biri badiiy obrazlarni 1) predmetlilik darajasi; 2) umumlashtirish darajasi; 3) tasvir va ifoda qatlamlari munosabati (strukturasi)ga ko‘ra guruhlashni (M.Epshteyn) ko‘zda tutadi.
Predmetlilik darajasi deyilganda, badiiy obraz tasvirlayotgan narsaning ko‘lami nazarda tutilib, bu jihatdan badiiy reallik to‘rtta sathdan tarkib topadi: 1) detal obrazlar; 2) voqea-hodisalar obrazi; 3) xarakter va sharoit; 4) dunyo va taqdir obrazi (badiiy reallik). Detal obrazlar (tafsilotlar, narsa-buyumlar, portret, peyzaj)dan badiiy reallikning ikkinchi qatlami – ichki yoki tashqi harakatdan tarkib topuvchi voqea-hodisalar obrazi o‘sib chiqadi. Shu harakat ortida turib uni yurgizayotgan “xarakter va sharoit” uchinchi qatlamni tashkil qiladi va oldingilarini birlashtirgan holda “dunyo va taqdir” obrazini yuzaga keltiradi. Ya’ni badiiy reallik g‘ishtchalardan – butunni tashkil qiluvchi unsurlardan tashkil topadi, bu unsurlar o‘zaro predmetlilik darajasi, tasvir ko‘lami jihatidan farqlanadi. Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazning qator ko‘rinishlari farqlanadi. Jumladan, inson obraziga tatbiqan individual obraz, xarakter va tip ajratiladi. Biroq bularning orasidagi farq doim ham yaqqol emas, bu xil tasnifda muayyan shartlilik saqlanib qoladi. Individual obraz deb o‘ziga xos fe’l-atvori, gap-so‘zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon bo‘luvchi obraz tushuniladi (Masalan, “O’tmishdan ertaklar”dagi Babar, “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidagi Roqiya bibi). Xarakter esa muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan obrazdir. Muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o‘zida namoyon etgan obraz esa tip deb yuritiladi. Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazning yana adabiy-madaniy an’analar doirasida muayyan turg‘un shaklga aylanib, asardan asarga ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan motiv, topos, arxetip deb yuritiluvchi ko‘rinishlari ham ajratiladi. Motiv (motiv obraz) shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan turg‘unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir. Masalan, Cho‘lpon ijodi uchun “yo‘l” obrazi motiv sanalishi mumkin. Chunki bu obraz uning ham she’riy, ham nasriy asarlarida tez-tez takrorlanadi. Yoki “yulduz”, “yo‘lchi” motivlari XX asr 20 – 30-yillari she’riyatida, xususan, A.Fitrat, Cho‘lpon, Oybek va U.Nosir asarlarida ko‘p uchraydi. Topos motivga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u milliy madaniyatda katta bir adabiy davr mobaynida takrorlanuvchi obraz sanaladi. O’zbek mumtoz she’riyatidagi payg‘ambarlar obrazlari, gul va bulbul, sham va parvona kabi takrorlanuvchi obrazlar topos sanalishi mumkin. Arxetip deganda esa inson tafakkuri, ijodiy tasavvuriga xos bo‘lgan turg‘un “sxema”lar, konstruktsiyalar, qoliplar tushunilib, ularning izlarini eng qadimgi davrlardan boshlab to hozirgi adabiyotgacha ko‘rish mumkin bo‘ladi. Arxetip konstruktsiya va sxemalardan o‘ziga xos “syujet va syujet holatlari” jamg‘armasi hosil bo‘ladiki, ular asardan asarga, davrdan davrga ko‘chib yuradi. Masalan, “bulbul – gul – chaqirtikanak”. Yuqorida aytilganidek, badiiy obraz voqelikdagi narsa-hodisaning ijodiy qayta ishlangan aksi, shunga ko‘ra, u o‘sha narsa-hodisani konkret his etiladigan tarzda tasvirlaydi. Ayni chog‘da, tasvirlangan narsa muayyan mazmunni ifodalashga xizmat qiladi. Demak, strukturasiga ko‘ra badiiy obraz tasvir va ifoda planlaridan iborat ekan. Badiiy obrazning tasvir va ifoda planlari bir-biri bilan turlicha munosabatda bo‘ladi, shundan kelib chiqqan holda, avtologik, metalogik va superlogik obrazlar ajratiladi. Avtologik obrazda tasvir va ifoda planlari bir-biriga mos tushadi (Masalan, chinor tasvirlangan va chinor nazarda tutilgan). Metalogik obrazda tasvirlanayotgan narsa bilan ifodalanayotgan narsa mos bo‘lmasa-da, ularda ko‘chimlardagi kabi mushtarak nuqta bor (Masalan, chinor tasvirlanadi – sobitlik, ulug‘vorlik kabilar nazarda tutiladi), superlogik obrazda esa tasvir bilan ifoda mos emas, ularni bog‘lovchi mushtarak nuqta ham yo‘q: tasvir muayyan shartlilik asosida va kontekst doirasidagina ko‘zlangan mazmunni ifodalaydi (chinor tasvirlanadi – butun bir xalq nazarda tutiladi). Demak, badiiy asarda obraz bir necha turli bo‘ladi: Kishilar obrazi Hayvonlar obrazi Tabiat yoki osimliklar obrazi Narsa-predmet obrazlari Kishilar obrazlari badiiy asarda personaj, qahramon harakter tip kabi istilohlar bilan ifodalanadi. Personaj – asardagi har qanday ishtirokchi yoki nofaol ishtirokchi. Qahramon – asarda faol qatnashuvchi personaj. Xarakter – boshqa qahramonllardan fe’l-atvori, harakati oy hayollari bilan farqlanadi. Ko‘pincha bosh qahramonlar bo‘lishi mumkin. Epik harakter-harakat orqali shakllanadi. Asar boshidagi personaj oxirida mutlaqo boshqacha bo‘lish mumkin. Tip – so‘zi ayrim evropa tillarida, xususan, turk tilida ham obraz ma’nosida qo‘llaniladi. Lekin sho‘ro adabiyotshunosligida ko‘proq umumlashtiruvchi harakterga ega obrazlar nazarda tutiladi. Obraz so‘zi XVII asrda Skoligerning “Poetika” sida qo‘llanilgan. XIX asrdan tip so‘zi ishlatila boshlagan. O‘zbek adabiyotiga XIX asrda obraz atamasi kirib kelgunga qadar timsol atamasi ishlatilgan. Obraz – ramz, simvol ma’nolariga ajratiladi. Ilmiy adabiyotda obraz peysaj deyiladi. Agar tabiat manzarasi keltirilib, unga qandaydir detal qo‘shilsa, u predmetli detal deyiladi. Obraz ifodalash usullaridan biri portret. Masalan, “Mehrobdan chayon”da Ra’no gulining suvi bobida tasvirini keltiradi. Detall, detallash – ifodalashning yana bir usuli, biror predmet orqali qahramon harakterini ochib berish. Masalan, “sinchalak”da raisning xotini bug‘i chiqib turgan choynak olib keladi, stol ustida joy yo‘q, shunda u choynakni ishlab turgan televizor ustiga qo‘yib chiqib ketadi. SHu detal bilan uning kimligini ko‘rsatadi. An’anaviy obrazlar – badiiy, ayniqsa, mumtoz adabiyotdagi an’anaviy obraz deyilganda, payg‘ambar, hukmdor, amaldor, avvaldan tanish bolgan asar qahramonlari; gul, bulbul, tikon, lola singari o‘simliklar, may, qadah singari predmetlar timsollari nazarda tutiladi. Download 27.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling