Mavzu: Ochiq kalitli kriptotizimlar Ishdan maqsad


Download 50.5 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1621667
1   2
Bog'liq
Modul boyicha topshiriq 2

X(i)=(Y(i))d(modn).
Misol. so’zini shifrlash va rasshifrovka qilish talab etilsin. Dastlabki so’zni shifrlash uchun quyidagi qadamlarni bajarish lozim.
1-qadam.p=3 va q=11 tanlab olinadi.
2-qadam. hisoblanadi.
3-qadam. Eyler funksiyasi aniqlanadi.

4-qadam. O’zaro tub son sifatida d=3 soni tanlab olinadi.
5-qadam. shartini qanoatlantiruvchi ye soni tanlanadi. Aytaylik, ye=7.
6-qadam. Dastlabki so’zning alfavitdagi xarflar tartib raqami ketma-ketligiga mos son ekvivalenti aniqlanadi. A xarfiga -1, G xarfiga-4, Z xarfiga -9. O’zbek alfavitida 36ta xarf ishlatilishi sababli ikkili kodda ifodalash uchun 6 ta ikkili xona kerak bo’ladi. Dastlabki axborot ikkilik kodda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
000100 000001 001001.
Blok uzunligi butun sonlar ichidan shartini qanoatlantiruvchi minimal son sifatida aniqlanadi. =33 bo’lganligi sababli =6.
Demak, dastlabki matn ketma-ketlik ko’rinishida ifodalanadi.
7-qadam. ketma-ketligi ochiq kalit {7,33} yordamida shifrlanadi:
Y(1)=(47)(mod 33)=16384(mod 33)=16
Y(2)=(17)(mod 33)=1(mod 33)=1
Y(1)=(97)(mod 33)=4782969(mod 33)=15
Shifrlangan so’z Y(i)=<16,1,15>
Shifrlangan so’zni rasshifrovka qilish maxfiy kalit {3,33} yordamida bajariladi.:
Y(1)=(163)(mod 33)=4096(mod 33)=4
Y(1)=(13)(mod 33)=1(mod 33)=1
Y(1)=(153)(mod 33)=3375(mod 33)=9
Dastlabki son ketma-ketligi rasshifrovka qilingan X(i)=<4,1,9> ko’rinishida dastlabki matn bilan almashtiriladi.
Keltirilgan misolda hisoblashlarning soddaligini ta’minlash maqsadida mumkin bo’lgan kichik sonlardan foydalanildi.
El-Gamal sistemasi chekli maydonlarda diskret logarifmlarning hisoblanish murakkabligiga asoslangan. RSA va El-Gamal sistemalarining asosiy kamchiligi sifatida modul arifmetikasidagi murakkab amallarning bajarilishi zaruriyatini ko’rsatish mumkin. Bu o’z navbatida aytarlicha hisoblash resurslarini talab qiladi.
Mak-Elis kriptosistemasida xatoliklarni tuzatuvchi kodlar ishlatiladi. Bu sistema RSA sistemasiga nisbatan tezroq amalga oshirilsada, jiddiy kamchilikka ega. Mak-Elis kriptosistemasida katta uzunlikdagi kalit ishlatiladi va olingan shifrmatn uzunligi dastlabki matn uzunligidan ikki marta katta bo’ladi.
Barcha ochiq kalitli shifrlash metodlari uchun NP-to’liq masalani (to’liq saralash masalasi) yechishga asoslangan kriptotaxlil metodidan boshqa metodlarining yo’qligi qat’iy isbotlanmagan. Agar bunday masalalarni yechuvchi samarali metodlar paydo bo’lsa, bunday xildagi kriptosistema obro’sizlantiriladi.
Yuqorida ko’rilgan shifrlash metodlarining kriptoturg’unligi kalit uzunligiga bog’liq bo’lib, bu uzunlik zamonaviy sistemalar uchun, loaqal, 90 bitdan katta bo’lishi shart.
Ayrim muhim qullanishlarda nafaqat kalit, balki shifrlash algoritmi ham mahfiy bo’ladi. Shifrlarning kriptoturg’unligini oshirish uchun bir necha kalit (odatda uchta) ishlatilishi mumkin. Birinchi kalit yordamida shifrlangan axborot ikkinchi kalit yordamida shifrlanadi va h.
Shifrlashning o’zgaruvchan algoritmlarini qo’llash tavsiya qilinadi. Bunda shifrlash kaliti shifrlashning muayyan algoritmini tanlash uchun ham ishlatiladi.
Ochiq kalitlardan foydalanuvchi shifrlash metodlarining afzalligi, avvalo, maxfiy kalitlarni tarqatish zaruriyatining yo’qligidir. Katta masofalarda tarqalgan kompyuter sistemalari uchun maxfiy kalitlarni tarqatish aytarlicha murakkab masala hisoblanadi.
Ochiq kalitli sistemalarning ommalashuviga maxfiy kalitlarning faqat ularni to’liq saralash orqali olinishidan boshqa yo’l bilan olib bo’lmasligi isbotining yo’qligi to’sqinlik qiladi.
Steganogrfiya axborotni kriptohimoyalashning istiqbolli yo’nalishlaridan hisoblanadi. Steganografiya bilan shifrlashni birgalikda (kompleks) ishlatilishi maxfiy axborot kriptoturg’unligini aytarlicha oshiradi.
Variantlar



  1. Qopqon

  2. Akkord

  3. Burchak

  4. Etalon

  5. Gibrid

  6. Brelok

  7. Geolog

  8. Import


Topshiriq

  1. Berilgan varianlar asosida axborotlarni shifrlang

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling