Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar. Reja


Download 19.28 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1562341
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar. R

KOKSIDIYALAR (COCCIDIIDA) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar organlarining epiteliy to’qima hujayralarida, ya’ni ichak va jigarda parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat ma’lum bir tur hayvonda yashaydi. Voyaga etgan koksidiyalar harakatsiz bo’ladi. Cho’zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. Koksidiyalarning ko’payishida jinsiy va jinssiz bo’g’inlarning to’g’ri gallanishi xarakterlidir
PIROPLAZMIDALAR (PIROPLASMIDA) turkumi vakillari sutemizuvchilarning qonida parazitlik qiladi. Bu turkum vakillarining rivojlanishi 2 ta xo’jayinda, ya’ni asosiy xo’jayinlari qon so’ruvchi yaylov kanalari va oraliq xo’jayinlari turli uy va yovvoyi sutemizuvchilarda o’tadi. Bu turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. Ikkita oilasi bor, ya’ni babezidlar (Babesidae) va teyleridlar (Theileridae). Babezid va teyleridlarning barcha vakillari eritrositlarda parazitlik qilib, qoramollar, otlar, tuyalar, cho’chqalar va itlarga katta zarar etkazadi. Kasallangan hayvon qonini so’rgan kana parazitni o’ziga yuqtiradi. Kanalar organizmida jinsiy gametalar etilib, ular o’zaro qo’shiladi va zigota-ookineta xosil bo’ladi.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling