Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar. Reja
Download 19.28 Kb.
|
Mavzu Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar. R
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 Odamda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlar
Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar.Reja:1. Kirish1.1 Odamda va hayvonlarda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlarumumiy tasnifi2. Sodda parazit hayvonlarning xilma - xilligi2.1 Odamda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlar2.2. Hayvonlarda parazitlik qilib yashovchi soda hayvonlar3 Xulosa1.1 Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlarning umumiy tasnifiParazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib, parasitos - tekinxo’r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) -- kompleks biologiya fanining bir tarmog’i xisoblanib, parazitizm, hodisalari, ya’ni parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog’liqligi, odam, hayvon va o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan. Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarni tekshiradi. Akademik K. I. Skryabin parazitlarning kelib chiqishi xususiyatiga ko’ra, ularni o’rganadigan fanni ikki guruxga bo’ladi. Birinchi gurux - fitoparazitologiya deyilib, u o’simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo’ladigan yuqumli kasalliklarni o’rgatadi. Ikkinchi gurux - zooparazitologiya deyilib, qo’zg’atuvchisi hayvonot dunyosidan kelib chiqadigan (protozoolar, gel’mintlar, zuluklar, bo’g’imoyoqlilar va boshqalar) va har xil parazitlar ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarini o’rgatadi. Sodda hayvonlar tipi, bir hujayrali hayvonlar kеnja dunyosini tashkil etib, sodda hayvonlarning umumiy xaraktеrli bеlgilari quyidagilar: a)Gavdasi, hamma hayotiy jarayonlarni o’z ichiga olgan, mustaqil yashay oladigan bitta hujayradan tuzilgan. b)Bularning ko’pchiligi tanasi kichik (50-100 mikron) faqat mikroskopda ko’rinadi, mikroskopik hayvon. v)Hayotiy jarayonlarni bajaruvchi gavda bo’laklariga, hujayra bo’laklariga tashqi bo’laklariga - orgonеlla, ichki bo’laklariga-orgonoidlar dеb ataladi. g)Qulay sharoitda umri boqiy, ko’payib yashaydi. Umuman, parazitlarni o’rganish ob’ektlariga ko’ra tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, agronomiya (o’simliklar) parazitologiyasi va umumiy parazitologiyaga bo’linadi. Parazitologiya ko’pgina biologik, tibbiyot va veterinariya soxasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog’langan. Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologiyasi va tasnifini o’rganish bilan zoologiya fani shug’ullansa, ular qo’zg’atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o’rganish bilan esa patologik anatomiya, patalogik fiziologiya, immunologiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, bioximiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiena va boshqa fanlar shug’ullanadi hamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi. XVII asrning o’rtalariga kelib Italiya tabiatshunosi Redi parazitlar ustida tajribalar o’tkazadi va chivin bilan bo’kalarning tuxumdan rivojlanishini isbot qilib, parazitlar tasodifan o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan nazariyaga zarba berdi. Golland tabiatshunosi A. V. Levenguk (XVII asrning oxir-larida) mikroskop ixtiro qilib, butun biologiya soxasida yangi davrni boshlab berdi. Lekin 17-18 asrlarda parazitlarning faqat morfologik tuzilishi o’rganilgan xolos. Parazitologiyaning taraqqiyotiga mikroskopning va mikroskopik tadqiqotlarning takomillashuvi yordam beradi, shu tufayli 19 asrda parazitologiya fan sifatida shakllandi. Download 19.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling