Mavzu: odam va uning salomatligini o'qitishda modulli ta'lim texnologiyasidan foydala kirish mavzuning dolzarbligi
Download 55.11 Kb.
|
ODAM VA UNING SALOMATLIGINI O\'QITISHDA MODULLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining maqsadi: odam va uning salomatligini o'qitishda modulli ta'lim texnologiyasidan foydalanish haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari: Odam va uning salomatligini fanining maqsadi Odam va uning salomatligi o'qitish texnologiyalari Ta'limda modulli tizim Fanni o'qitishda modulli tizimdan foydalanish Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat. I BOB. ODAM VA UNING SALOMATLIGINI O'QITISH MAQSAD VA VAZIFALARI 1.1. Odam va uning salomatligini fanining maqsadi Ta’lim – tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning eng muhim omillardan biri o’quvchilar bilish faoliyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish hisoblanadi. Ta’lim jarayonida о’quvchilar tomonidan biologik bilimlarni egallashlarida eng samarali usullardan biri masalalardan foydalangan holda mavzu mazmunini yoritib berishdir. Hozirgi vaqtda har qanday maktab o’qituvchisi oldida, shu jumladan, biologiya o’qituvchilari oldida turgan muhim vazifa o’quvchilarga fanlardan chuqur bilim berish bilan birga ularning mantiqiy fikrlash, oldin o’zlashtirgan bilimlarini yangi material bilan o’zaro bog’liqligini sabab - oqibatlarini anglash, taqqoslash, umumlashtirish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish sanaladi. Odam va unig salomatligidan masala va mashqlar hamda turli topshiriqlardan foydalanish natijasida: o’quvchilarning bilish faoliyati faollashadi; fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlari ortadi; o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi; mantiqiy fikrlashlarini rivojlantiradi; o’quv kursidan olgan bilimlari mustahkamlanadi; biologik jarayonlar va hodisalarning mazmun mohiyati ochib beriladi; avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llash; fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish; nazariya va amaliyot uyg’unligini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Odam va uning salomatligi kursida masala va mashqlar juda katta ilmi-amaliy ahamiyatga ega bo’lishiga qaramasdan, bu muammo nazariy jihatdan barcha biologiya o’qituvchilariga manzur bo’ladigan darajada hal qilinmagan. Masala va mashqning tatbiq etishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining turlari hamda o’quvchilar bilish faoliyatini asos qilib olish kerak, o’quvchilar bilish faoliyatini harakteri o’qituvchining rahbarlik faoliyatiga hamda qaysi darsda qanday masala yoki mashqlardan foydalanish usuliga bog’liqdir. Masalan, o’qituvchi biror mavzu bo’yicha o’quv materialini tushuntiradi va video yoki proektor yordamida shu mavzuga oid rasmlarni ko’rsatib boradi, o’quvchi o’qituvchi so’zlarini tinglab, idrok etadi va rasmlarni ko’zdan kechiradi. Agar o’qituvchishu mavzu mazmun va mohiyatini ochib beradigan biror masala yoki mashqlarni o’quvchilarga havola etsa, o’quvchilar xotirasida bu mavzu mazmun mohiyati uzoq vaqt saqlanib qoladi. O’quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish xarakteri o’qib, bilib olish vaqtida masala va mashqlarni tatbiq etish o’quvchilar tafakkuri va hatti – harakatlaridagi mustaqillik hamda faollik darajasini belgilab olishdan iborat. Odam va uning salomatligi kursida o’quvchilarga asosan bilimlarni tayyorholda yoki yangi o’zlashtirgan bilimlarni tasdiqlovchi va aniqlashtiruvchi dalil sifatida olinadigan masala va mashqlar o’quvchilarni ancha mustaqil izlanishlarini oshirishga imkon beradi. O’quvchilarning ko’proq mustaqil fikr yuritishga qaratilgan masala va mashqlar, o’quvchilar tomonidan kuzatishlar olib borishga, mantiqiy fikr yuritishga va xulosalar chiqarish yo’li bilan o’quvchilar o’zlari yangi bilimlar olishini ko’zda tutiladi. Masala va mashqlardan foydalanishda o’quvchilar imkoni boricha ko’proq mustaqil faoliyat ko’rsatsalar, masala - mashqlardan odam va uning salomatligi o’quv fanidagi mavzularni atroflicha tushunib olishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Har bir masala yoki mashq didaktik maqsadiga va o’quv materialini mazmunining xususiyatlariga qarab qo’llaniladigan bo’lsa, ta’lim va tarbiyaiy ahamiyati yanada yuqori bo’ladi. Odam va uning salomatligi kursida foydalaniladigan masala va mashqlar mavzu mazmunini ta’limiy va ta’sirchanlik ahamiyatini kuchaytiradi. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan har qanday usul yoki pedagogik texnologiyalar ma’lum sharoitlarda o’quv – tarbiya jihatidan yaxshi ta’sir ko’rsatishi mumkin, lekin imkoniyati bor joyda masala va mashqlardan ko’proq foydalanish juda o’rinli hisoblanadi. Odam va uning salomatligidan foydalaniladigan masala va mashqlar qo’llash usuliga qarab uch guruhga ajaratiladi: Sinfda barcha o’quvchilar bilan birga ommaviy bajariladigan masala va mashqlar. O’z bilimini odam va uning salomatligi kursidan chuqurlashtirish uchun harakat qilayotgan va o’zlashtirish darajasi yuqori bo’lgan o’quvchilar bilan birgalikda bajariladigan masala va mashqlar. Biologiya bilan alohida qiziqadigan o’quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda va fakul’tativ mashg’ulotlarda individual ravishda qo’llanila-digan murakkab masala va mashqlardir. Odam va uning salomatligi bo’yicha foydalaniladigan masala va mashqlar yechish davomida o’quvchilar quyidagi bilimlarni egallagan bo’lishlari lozim: hujayraning tuzilish xususiyatlarini va hayot faoliyatining asosiy jarayonlarini; to’qimalar, organlar, organlar sistemasining tuzilishi xususiyatlarini va funksiyalarini, organlar sistemasini nerv va gumoral boshqarilishini; odam organizmidagi tayanch harakatlanish tizimining o’ziga xos jihatlarini; odam va hayvonlar organizmining tuzilishi va funksiyalaridagi o’xshashlik va farqlarini; odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash tarzi bilan bog’liq bo’lgan xususiyatlarini; organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini, immunitet, issiqlikning boshqarilishi, moddalar almashinuvi, plastik va energetik almashinuvining o’zaro bog’liqligini, ratsional ovqatlanishni; sun’iy nafas oldirish usullarini, shikastlanganda birinchi yordam ko’rsatishni, odam qad – qomatini aniqlash usullarini; odam organizmining rivojlanishi; jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini; sog’liqni saqlovchi va unga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarga bog’liq masala va mashqlarni bajarishni; ayirish organlari va uning tuzilishi, funksiyalarini; nerv sistemasi va sezgi analizatorlarining tuzilishi, bajaradigan vazifalarini. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari o’quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishda qо’llaniladigan masalalar va mashqlar ixtisoslashgan xarakterga ega ekanligini hisobga olishlari muhim sanaladi chunki ayrim masalalar sinfdagi barcha о’quvchilar tomonidan bajariladi, boshqalari esa biologiyadan yaxshi о’qiydigan, biologiya bilan chuqur shug’ullanishni xohlaydigan о’quvchilarga beriladi. Shuning uchun о’qituvchi masala va mashqlardan foydalanish borasida о’quvchilarning individual xususiyatlarini, о’zlashtirish darajalarini ham hisobga olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. О’qituvchi yuqoridagilarni hisobga olgan holda qachon va qayerda masala-mashqlardan foydalanishni, uni bajarish uchun qancha vaqt ajratishni aniq bilishi kerak. Temurning tana massasi 70 kg bo’lib, bir kunlik iste’mol qilingan uglevoddan hosil bo’lgan jami energiya 2050 kkalga teng. Ozuqadagi kunlik oqsil va yog’ miqdori teng bo’lib, uglevod miqdori ulardan 2,5 marta ko’p. Ovqat hazm qilishga va bir kecha-kunduzda bajarilgan ishga sarflangan energiya miqdorini kkalda hisoblab toping? Mazkur masala 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligidan o’rin olgan “Energiya almashinuvi” mavzusiga tegishli bo’lib, uni ishlash jarayonida pedagog quyidagilarga e’tibor berishi lozim: Dastlab pedagog 2050 kkal uglevod necha gr ekanligini aniqlashi zarur. Buning uchun darslikda berilgan ma’lumotlardan 4,1 kkal energiya 1gr uglevodning oksidlanishidan hosil bo’lishini asos qilib, 2050 kkal energiyani 4,1 kkal energiya miqdoriga bo’lamiz va uglevod necha gr ekanligini aniqlaymiz. O’quvchilarga ta’lim berish jarayonida fanlararo bog’lanish asosiy o’rinda turadi. Chunki har bir hodisani ilmiy jihatdan asoslash unga ko’p tomonlama yondashishni talab etadi. Biologik jarayonlarni borishini o’rganish davomida ham kimyoviy, fizikaviy, matematikaga oid bilimlardan foydalanish zarur. - masala va mashqlarni yechishda suyaklarning kimyoviy tarkibini, tuzlarning xossalarini o’rganishda kimyodan olgan bilimlardan foydalaniladi; - bo’g’imlarda suyaklarning harakatlanish mexanizmi, mexanik ish bajarish va ishqalanish kuchiga oid fizikadan olgan bilimlarga asoslanadi; - o’pkalar va to’qimalarda gazlar almashinuvi, qonning transport funksiyasi, oksidlanish haqidagi bilimlar kimyo bilan bog’lab o’rganiladi; - gazlar va suyuqliklardagi diffuziya, atmosfera bosimi haqidagi bilimlar fizikadan olgan bilimlarga asoslanadi; - nafas olish va chiqarish mexanizmini, qon bosimini tushuntirishda suyuqliklar bilan gazlardagi bosimlar farqiga qarab harakatlanish qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlarini o’rganishda fizikaga oid bilimlardan foydalaniladi; - fermentlar, katalizatorlar, muhitning kislotali, ishqoriy va neytral reksiyalari kimyodan olingan bilimlarga tayanib o’rganiladi; - plastik va energetik almashinuvni o’rganishda o’quvchilarning jonli va jonsiz tabiatdagi hayot birligi haqidagi xulosaga olib kelish uchun energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni oid masalalar yechishda kimyoviy bilimlardan foydalaniladi; - issiqlikning boshqarilishi to’g’risidagi tushunchani shakllantirishda fizikadagi bug’ hosil bo’lishidagi solishtirma issiqlik bo’yicha olingan bilimlarga asoslanadi; - ko’rish organi–ko’zning funksiyalari optikaga oid bilimlar asosida tushuntiriladi. Download 55.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling