Mavzu: Odamda rivojlanishning filogenetik nuqsonlari Reja
Download 41.26 Kb.
|
1 2
Bog'liqOdamda rivojlanishning filogenetik nuqsonlari
Mavzu: Odamda rivojlanishning filogenetik nuqsonlari Reja: 1.Odamning kelgusi evolyutsiyasi haqida. 2. Odamning anatomik va fiziologik xususiyatlarini solishtirma o`rganish. 3. Odam tanasining rivojlanishi – ontogenezi 4. Miya suyagining hajmi Odamning paydo bo`lishi tog`risidagi muammo odamlarni qadimdan boshlab qiziqtirib kelgan va hozir ham qiziqtirayotgan muammo hisoblanadi. Bu muammoni hal etishda diniy qarashlar bilan ilmiy qarashlar orasida qadimdan bir - biriga zid fikrlar bildirilgan. Odamni Ollox yaratganligi to‘g‘risida diniy kitoblarda ta‘kidlangan qarash bilan birgalikda eramizdan oldin va keyin yashagan tabtatshunos olimlar odam tanasining tuzilishini umurtqali hayvonlar tana tuzilishi bilan o‘xshashligini va shunga asoslanib dastlabki odamlar hayvonlardan kelib chiqqanligini ta‘kidlaganlar. Qadimgi Misrda Xnum degan xudo odamni kulol charxida loydan yasagan, degan fikr keng tarqalgan. Yunonistonda esa, odamlarni Zeva loydan yasagan, donolik xudosi Afina unga hayot baxsh etgan, deb hisoblashgan. Yahudiy, xristianlarning muqaddas kitoblari bo`gan Injil, Tavrotda hamda musulmonlarning muqaddas kitobi Qur‘oni Karimda ham, dastlabki Odam otani xudo loydan yasab, 184 so`ngra unga jon ato qilganligi ta‘kidlanadi. Masalan Qur‘oni Karimning 1) ―Xijr‖ surasi 26-oyatida, biz insonni (odamning asli) qora balchiqdan bo‘lib odam surati berilgach quritilgan loydan yaratganmiz Bunday qayt Shu suraning 28—29 oyatida yana takrorlanadi. Al –Asro surasini 61 oyatida Faqat iblis kibru – xavo bilan ―Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilurmanmi‖ deydi. Xaj surasi 5 oyatida ―biz sizga olloxning qudratini bayon qilish uchun sizlarni (ya‘ni otangiz Odamni tuproqdan, so‘ngra shakllanib bitgan, bitmagan parcha go‘shtdan yaratdik‖. 2) Mu‘minun surasi 12 oyatda Biz insonni (Odamni loyning sarasidan yaratdik). Rum surasi 54 oyat Ollox Shunday zotdirki sizlarni zaif narsadan (bir tomchi suvdan yaratdi...). 3) Sajda surasi g‘oyat barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Insonni yaratishni (ilk bor) loydan boshladik. So‘ngra uning naslini xakir bir suvdan iborat nutf (manim) paydo qildik. So‘ngra uni bitkazib, ichiga O‘z (mulkidan) ruxidan kiritdik. Sizlar uchun quloq, ko‘z, yuraklarni paydo qildik. Fatir surasi 11 – oyat Allox sizlarni (Odamni) tuproqdan, so‘ngra uning naslini ..... yaratib. Keyin sizlarni juft-juft (erkak - ayol) qilib qo‘ydi. Zumar surasi 6-oyat (U) sizlarni bir jondan Odamdan yaratdi, so‘ngra undan juftini (xavvoni) paydo qildi... . G‘afir surasi 67-oyat U sizlarni (Odamni tuproqdan) so‘ngra avlodlarni nutfdan, so‘ngra laxta qondan yaratgan zotdir. Toriq surasi 5 oyat bas, inson o‘zini nimadan yaratilganiga bir boqsin 6 oyat (U) otlib chiqqan bir suvdan yaralgan 7oyat U suv esa esa otani nujut kamari va onani ko‘krak suyagidan chiqan. 2) Shu sura 282 oyatida hamoim – masnun, ya‘ni qonunga bo`ysunuvchi, shakl beriluvchi 3) Al isro surasi 61- oyatida tiyn – Laa, tuproq, balchiq, yer 4) Xamj surasi 6- oyatida tuproqdan – chang, kul 5) Shu oyatda yana nuftadin – toza suv, urug`, maysa Shu oyatda alohida ivigan qon ivish xususiyatiga ega suyuqlik. Zulk 7) Mo'min surasi 14- oyatda Muzg`ayodan bir bo`lak etdan paydo bo`lgan degan yetti xil fikr berilgan. Bu tushunchalar odam tanasining yaratilishiga taaluqlidir. Lekin A‘raf surasining 11-oyatida Olloh nomidan odamlarga qarata Shunday deyilgan: ―Aniqki, biz sizlarni yaratdik, so`ng sizlarga su‘rat berdik‖. Bundan ko`rinadiki, Olloh avval odamlarning ruhini yaratgan, so`ng har bir ruhga su‘rat, jism ato etgan. 185 Bunday diniy qarashlar bilan bir qatorda eramizdan oldin yashagan olimlar va undan keyingi tabiatshunos olimlar odamning tana tuzilishi umurtqali hayvonlarga o`xshash ekanligini aytib o`tganlar va ularga asoslanib, antik dunyo olimlari Anaksimandr, Anaksimen odam hayvonlardan kelib chiqqan, degan fikrni ilgari surganlar. (Ye.A. Vselsev Darvinizm). Odam gavda tuzilishining hayvonlarga o`xshashligini va odamlar hayvonlardan kelib chqqanligini Abu Nasr Forobiy ham ta‘kidlagan. Abu Rayhon Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati va axloqining turlicha bo`lishi tuproq, suv, havo va odamlar yashab turgan muhit sharoitiga bog`liq, deydi. Odamning paydo bo`lishi muammosini hal etishda evolyutsion ta‘limotning asoschisi Ch. Darvining xizmatlari benihoya kattadir. U o`zining 1859-yili nashr qilingan ―Turlarning kelib chiqishi‖ asarida odamning kelib chiqishi va tarixini yoritib berishda muhim ahamiyat kasb etishini ta‘kidlab o‘tadi. U Shu bilan cheklanmagan, 1871-yili ―Odamning paydo bo`lishi va jinsiy tanlanish‖ degan mashhur asarini yozdi. U bu asarida odamning paydo bo`lishi alohida hodisa bo`lmay, balki hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyoti natijasi, degan fikrni ilgari suradi. U odamlarning hayvonlarga o`xshashligini solishtirma anatomiya, embriologiya, paleontologiya dalillari asosida isbotlab berdi. Odam va maymun gavda tuzilishidagi farqlar va o‘xshashliklar Odam tos suyagini maymunlarning tos suyagi bilan solishtirish Shuni ko‘rsatadiki, odam tos suyagi maymunlarning tos suyagidan katta o'yiqli yonbosh suyagi borligi bilan farq qiladi. Tik yurishga o'tish bilan bog'liq ravishda odamning eng yaqin ajdodlarida tos suyagi juda kengaygan. Yonbosh suyagining qirrasi qisman qorin, tos va oyoq muskullarining kuchli o'sib ketishi faqatgina odamda shakllangan. Bo'g`im chuqurchalari odamda bir - biridan ancha uzoqroq joylashgan. Odamda quymich suyagining do'mbog'i kuchli rivojlangan. Quyimichning kichkina o'sig'i deyarli rivojlanmagan. Orangutan bo'g'im chuqurchasi quymichining uncha katta bo'lmasligi, unda son suyagi doira payining yo'qligi bilan bog'liqdir. 186 Odam va maymun oyoq panjasi bosh barmog‘ining tuzilishi. Odam oyoq panjasining bosh barmog'i yo'g'on va baquvvat bo'lib, yurish vaqtida tana og'irligining anchagina qismi unga to'g'ri keladi. Ikkinchi barmoq birinchi barmoqdan uzun bo'lishiga qaraladi. Odatda birinchi barmoq qolgan barmoqlardan uzun bo'ladi. Bosh barmoq qolgan umumiy barmoq paylari bilan o'rab olingani sababli u boshqa barmoqlarga qarama – qarshi yo'nalishda tura olishidir, ya‘ni ichki tomoni ulardan uzoqlashib keta olishidir. Antropoidlarda esa panjaning umumiy payi faqat ikkinchi, beshinchi barmoqlarni o'rab oladi. Oyoq panjasi bosh barmog'i shimpanze va gibbonlarda kalta, gorillada nisbatan kichikroq, orangutanda nihoyatda kichik va tirnoqsiz. Boshqa maymunlarning bosh barmog'i kuchsiz rivojlanganligiga qaramay doimo mavjud va boshqa barmoqlarga qarama - qarshi. Umuman olganda maymunlar oyoq panjasining bosh barmog'i qo‘l panjasiga nisbatan uzundir. Mehnat qilish ta‘sirida gominidlar bosh miyasining o'sib borishi kalla suyagi, miya qismi hajmining o'sishiga, shaklan o'zgarishiga sabab bo'lgan. Ikkinchi tomondan miya qismi qaytadan ikkilamchi oziq moddalar hajmining o'zgarishi bilan bog'liq ravishda chaynash apparatining parallel ravishda kuchayib borishi tufayli kelib chiqadi. Odam embriogenezini o‘ziga xosligi. Odam embriogenezi ko'p belgilariga ko'ra primatlarning tuban vakillaridan yuksak vakillariga bo'lgan evolutsiya jarayonini takrorlaydi. 1. Odamlar primatlar ichida eng qisqa jinsiy siklga ega. Unda bo'linish notekis bo'lib, uning murtakdan tashqari mezoderma qismi jadal rivojlanadi va undan xarionning qon aylanish sistemasi rivojlanadi va u murtakning implantatsiyasi, uning dastlabki oziqlanishini ta‘minlaydi. Odam boshqa primatlardan homilalik bosqichini uzoq muddatli bo'lishi bilan farq qiladi. Homilalik bosqichi shimpanzeda 8 oy, odamda esa 9 oygacha cho'ziladi. 2. Odam embrioginezining asosiy qonuniyatlaridan biri, geteroxraniya, ya‘ni embriogenezda turli organlar sistemasi rivojlanish bosqichlarining vaqtinchalik surilishidir. Lekin odam emberional rivojlanishi asosiy evolutsion reja asosida, 187 ya‘ni avval kelib chiqishi jihatidan eski, so'ng esa yosh organlar sistemasi rivojlanadi. Shunday qilib, odam embrioning rivojlanishida rekapitulyatsiya, ya‘ni bo'lib o'tgan yo'lni takrorlash amalga oshadi. Bu esa Geteroxroniya va rekapitulyatsiyaning buzilishiga olib keladi. Geteroxraniya, ayniqsa, markaziy nerv sistemasi rivojida yorqin namoyon bo'ladi. Filogenetik prinsipga binoan, dastlab, eski nerv sistema qismlari, so'ng esa yangilari rivojlanishi kerak. Odam ontogenezida yangi qismlari eski qismlardan oldin rivojlanishda davom etadi va u jarayon tug'ilgandan keyin ham davom etadi. Anoxin fikricha, embrion sistemagenez prinsipi asosida rivojlanadi, ya‘ni konkret sharoitlarga moslari rivoj topadi. Shu bilan bir vaqtda eski va qadimiy markaziy nerv sistema qismlari jadal rivojlanadi va embriogenez o'rtalariga kelib o'zining maksimal rivojlanish darajasiga yetadi. Markaziy nerv sistemasi esa rivojlanishda davom etadi. Shunday qilib, miyaning yangi qismlari oldin hosil bo'lsa ham, ular keyinroq takomillashishadi. Masalan, miya po'stlog'ining ensa qismi homilaning olti oyligida shakllanib, bolaning 7 yoshida tugallanadi. Bosh miya po'stlog'ining 44 – 45- zonalari murakkab, u abstrak tafakkurni, nutqni shakllanishi bilan aloqador. Nisbatan yosh bosh miya po'stloq qismlari filogenetik yosh bo'lsa ham qisman eng keyin rivojlanshini tugallaydi. Bosh miya peshona qismining rivojlanishi homila 5 oyligida boshlanib, 12 yilga borib yakunlananadi. Bola tug'ilgandan so'ng uning rivojlanishi ijtimoiy omillar ta‘sirida bo'ladi. Genetik omillar, asosan, homiladorlik davrida o'z ta‘sirini ko'rsatadi. Bosh miyaning rivojlanishida genetik va muhit omillari o'zaro ta‘siri hozirda kam o'rganilgan soha sanaladi. Gipotalamus hujayralari gipofizga ta‘sir ko‘rsatsa, gipofiz garmonlari har xil organlarga, Shu jumladan, jinsiy bezlarga ham ta‘sir ko'rsatadi. Ba‘zi bir mualliflarda garmonlar genlar uchun maxsus indikator hisoblanadi, ularning ta‘sirida genlarda faollik, ekspretsiya, transkripsiya amalga oshadi, degan fikrlar mavjud. Hayajonlanish davrida gen faolligida o'zgarish ro'y berishi va u irsiylanishi mumkin degan, fikirlar ham bor. Onaning hayajonlanishi, ya‘ni stress holati homilaga o'tishi mumkin. 188 Miyaning butkul rivojlanishiga homiladorlik muddati yetarli emas. Agar homillaning to'liq voyaga yetishi bo'yicha odam bilan primatlar taqqoslaganda odamning homiladorlik davri 21 oyga cho'zilishi kerak. Odam bolasining erta tug'ilishi ma‘lum afzalliklarga ega. Chunki go'dak miyasining holati ona va atrofdagilar ta‘siriga beriluvchan holatda bo‘ladi. Bu esa, qisqa rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bir yoshli bolada bosh miyaning nozik tuzilishi dentritlarning shoxlanishi, sinapsislarning hosil bo'lishi, odam uchun maxsus peshona va bosh miya yarim sharlar yuqori qismining ostki bo'laklari shakllanishida ro'y beradi. Bu yoshda homo sapiensga xos xususiyatlar rivojlanishi uchun qulay davr sanaladi. Dubinin odamda signal irsiylanish mavjudligi qayd etilgan. Agar odam ajdodlari tosh qurollar yasashda undan foydalanish hisobiga bosh miyasini rivojlantirgan bo'lsa, hozirgi davrda odam aql-farosatining rivojlanishi ijtimoiy muhitning holat darajasiga ham bog'liqdir. Odamning tuzilishi faqat yuksak hayvonlarga emas, balki organik olamning quyi vakillariga ham o'xshashligi hozirda ham e‘tirof etiladi. Odamning hozirgi zamon biologik sistemasida tutgan o'rni quyidagicha: 1) eukariotlar kenja olami; 2) hayvonot dunyosi; 3) ko'p hujayralilar kenja dunyosi; 4) ikki tomonlama simmetriyalilar bo'limi; 5) ikkilamchi og'izlilar kichik bo‗limi; 6) xordalilar tipi; 7) umurtqalilar kenja tipi; 8) sut emizuvchilar sinfi; 9) tirik tug'uvchilar kenja sinfi; 10) yo'ldoshlilar kichik sinfi; 11) tor burunli maymunlar seksiyasi; 12) odamsimonlar kenja turkumi; 13) odamlar oilasi; 189 14) odamga o'xshash maymunlar katta oilasi; 15) gominidlar oilasi; 16) aqlli odam turi. Dunyodagi barcha insonlar Homo sapiens turiga kiradi. Ularning bir turga kirishi ichki, tashqi organlarining tuzilishida, funksiyalarining o'xshashligida bo'lib, irqlar, millatlar orasidagi nikohlardan tug'ilgan farzandlar normal nasl qoldirishga qodir ekanligida namoyon bo'ladi. Odam bilan o'simliklar orasidagi o'xshashliklar, odam bilan umurtqali hayvonlar o'rtasidagi o'xshashaliklar, odam bilan baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, shuningdek, odamsimon maymunlar orasidagi o'xshashliklarni asoslash kerak. Odam bilan organik olamning boshqa vakillarining evolyutsiyasini isbotlovchi molekulyar biologik, sitologik fan dalillarini olish mumkin. Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini isbotlovchi chog'ishtirma anatomik fan dalillari. Odamning hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligini isbotlovchi embriologiya fan dalillari. Odam bilan odamsimon maymunlar orasidagi yaqinlikni ko'rsatuvchi biokimyoviy va fiziologik fan dalillari. Qazilma holdagi odam ajdodlarining topilgan suyak qoldiqlari, umumiy tasnifi. Odamning paleontologik yoshi to'g'risidagi ma‘lumotlar turli adabiyotlarda keltirilgan. Odam tanasining rivojlanishi – ontogenezi Yosh antropologiyasi odamning shaxsiy taraqqiyoti evolyutsiyasini ya‘ni tuxum hujayraning urug‘lanishidan tortib to tabiiy o‘limigacha bo‘lgan davr maboynidagi anatomik tuzilishi, fiziologik funksiyalarini o‘rganadi. Organizmning o’sishi va rivojlanishi Odamning o‘sishini tadqiq qilish ikki turda olib boriladi. Bo‘yiga va eniga o‘sishni bilish uchun bir necha yil mobaynida odam bo‘yi o‘lchanadi. Eniga o‘sishda qisqa vaqt ichida har xil yoshdagi odamlar tadqiq qilinadi. Eniga o‘sish, o‘sish dinamikasini ochib beraolmaydi. Bo‘yiga o‘sishni tekshirish orqali morfologik, funksional ko‘rsatkichlarining o‘zaro aloqasini va o‘sishga ta‘sir etuvchi endogen va ekzogen omillar aniqlanadi. Organizmning o‘sishi va rivojlanishi tubandagi qonuniyatlar bilan tavsiflanadi. 1. Fileo - ontogenezda odam tanasining turli qismlarining funksiyalarini tabaqalanishi va rivojlanishi avtominatsiyalanishi. 24 2. Rivojlanish uzluksiz va uzlukli, asta sekinlik va davriylikning dialektik birligi. Odam tanasi asta - sekin tug‘ilgandan keyin o‘sadi keyinchalik sakrash (tez o‘sish faqat odamga emas balki antropoidlar, xususan shimpanzelarga ham hos) bilan amalga oshadi. Odamning o‘sish tezligida a) tug‘ilgandan keyin 10 - 13 yoshgacha o‘sish tezligi doimiy kamaya boradi b) sakrash davri v) sakrash davriga qaraganda o‘sish tezligi kamayishi va to‘xtashi 3. Geteroxroniya – organizmning har xil organlar sistemasini va to‘qimalarini yoki bir sistemadagi belgilarni har xil yetilishi. Anoxin konseptsiyasiga binoan organizm uchun rivojlanishning turli bosqichlari nihoyatda zarur funksiyalarni, organizmning muxit bilan aloqasini ta‘minlagan taqdirda tez rivojlanadi va yetiladi. 4. Odamdagi rivojlanish bo‘yicha tafovutlar ma‘lum darajada uning irsiyat dasturi bilan belgilanadi. Ontogenez davrlari Ontogenez davrlarini farqlash nihoyatda mushkul. Bunda faqat morfologik, fiziologik, bioximik belgilargina emas, balki kompleks yondashuv talab etiladi. Bundan tashqari ontogenezni davrlarga ajratishda biologik omillar emas, balki ijtimoiy omillarni hisobga olish muximdir. Chunki bolalarni o‘qitish yoki qari odamlarni parvarishlashni e‘tiborga olinishi lozim. Odam ontogenezini davrlarga ajratish 1965 - yili V.V. Dunes tomonidan amalga oshirilgan. U odam ontogenezini uch stadiya progressiv, stabil va regressivlarga ajratadi. Ularni farqlash uchun tubandagi ko‘rsatkichlar tavsiya qilinadi. Progressiv stadiyada tanani eniga o‘sishini, uni to‘xtashi esa stadiya tomomlanganligini bildiradi. Stabil stadiya uchun yog‘ qavati ortishi, vazn ortishi, funksiya ko‘rsatkichlari turg‘inlashuvi hosdir. Regressiv stadiya uchun vazn kamayishi, funksiyasi ko‘rsatkichlarini kamayishi, qoplag‘ich to‘qimani o‘zgarishi harakatlanishi sekinlashuvi hosdir. Biologik yosh Odam turli yoshidagi morfologik xususiyatlarini tasvirlanganda odamdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar diqqat markazda bo‘ladi. Lekin har bir odamning o‘sishi va rivojlanishi bir biridan keng ko‘lamda farqlanishi mumkin. Odamlar orasidagi bunday tafovut ayniqsa jinsiy yetilish davridagi odam marfologik va funksional jihatdan qayta qurilish jarayoni kuchli bo‘ladi. Shu sababli biologik yosh degan tushunchalar fanga kiritilgan. Biologik yosh juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ko‘pincha bolalarni guruxlash va ularning kalendar yoshiga qarab emas balki ularni yetilish darajasiga binoan amalga oshiriladi. Biologik yoshni mezoni bo‘lib 1) balog‘atga yetganlik ikkinchi darajali jinsiy begilar 2) suyaklanish bo‘yicha balog‘atga yetish (skeletni suyaklanish tartibi va muddati bo‘yicha) 3)tish bo‘yicha balog‘atga yetish sut va doimiy tishlarning rivojlanish vaqti bilan belgilanadi. Biologik yoshni baholash standart (shu yoshga hos tavsiflar) bo‘yicha aniqlanadi. Akseleratsiya tufayli har bir bosqichda sifat standarti o‘zgartirib turiladi. Tovushni o‘zgarishi, sut bezlarining kattalashishi, klinik oyi, qo‘ltiq osti va jinsiy organlarda tuklarni rivojlanishi. Shu belgilar bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qiz bolalar orasida juda katta tafovut bo‘ladi. Skelet yosh Biologik yosh mezonlari ichida sklet yoshi universal hisoblanadi. U chaqaloqlik davridan boshlab to qarilik davrigacha aniqlanadi. Skelet yoshi skeletning har qanday bo‘lagi orqali aniqlash mumkin. Lekin amaliyotda ko‘pincha qo‘l panjasiga qarab bilishadi. Chunki unda suyaklar soni nihoyatda ko‘p bo‘lib 27 taga bo‘ladi. U kaft usti va kaft suyaklaridan tashkil topadi. Tabiydirki bu mezondagi axborat ham nisbiy sanaladi. Chunki u tananing boshqa skeletiga nisbatin ozchilikni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda suyaklanish bu yerda juda yuqori bo‘lib axborat yo‘qolmaganligini ko‘rsatadi. Bundagi asosiy usul standart rentgenogramma atlasiga qarab har bir suyakni suyaklanish vaqti, izchilligi va darajasini har xil yoshda aniqlashga qaratilgan. Olingan ma‘lumotlarni guvohlik berishicha barmoq suyaklanishi jinsiy yetilish bilan bog‘liq. Erkaklar jinsiy 27 yetilganda barmoq suyaklarini ―pishib‖ yetilishi erta, jinsiy yetilish kech bo‘lsa suyaklarni ―pishib‖ yetilishi kech bo‘ladi. Tishni voyaga yetishi Tish yetilishi tish chiqishini sanash va mavjud standart bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Sut tishlari bolada 6 oyligidan 2 yoshgacha bo‘lgan muddatda, doimiy tishlar esa 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan vaqtda chiqadi. Tishlar chiqishi tabiiy ravshda bolani umumiy taraqqiyotiga bog‘liq. Tishlarni chiqishi bolani jismoniy rivojlanishi jinsiy yetilishi va skelet rivojlanishi bilan aloqador. Keyingi vaqtda tish yetilishi pastki jag‘dagi rentgenogramma qilinayotgan tishni suyaklanishini aniqlash orqali uni kalassifikatsiyalanishi tish yetilishini bildiradi degan fikr bor. Fiziologik va bioximiyaviy mezonlar ontogenegik o‘zgarishlar asosini yoshga qarab metabolizimni o‘zgarishi va uni neyroendokrin sistema orqali boshqarishini tashkil etadi. Yosh bilan bog‘liq moddalar almashinuvi pasayishi 18 - 20 yoshgacha bo‘lib u metabolizm qatnashadigan (yurak, jigar, miya) hajmini nisbatan pasayishi, aksincha skelet muskul apparatini ortishi bilan tushuntiriladi. Biologik yoshni aniqlashning fiziologik mezonlariga uglevod, lipid va ba‘zi bir ferment almashinish ko‘rsatgichlari kiradi. Biologik yosh to‘g‘risidagi axborot uchun ko‘p gormonlar ularning o‘zaro nisbati yotadi. Bioligik yoshni bilish yurak qon tomir, nafas olish sistemasini yoshga qarab o‘zgarishi EKG, arterial bosim, yurak urishi tezligi, arterial ossillografiya, o‘pkani tiriklik sig‘imi, qon, siydik ko‘rsatgichlari xususan eritrotsitlar soni, gemoglobin, qondagi albumin, globulinlarni bilish muxim hisoblanadi. Ruxiy rivojlanish Odamning ruxiy (tuyg‘uni ifodalashi, aqliy rivojlanishi) va jismoniy rivojlanish odamning yosh biologiyasi va antropologiyada, pedagogikada muxim ahamiyat kasb etadi. U ayniqsa akseleratsiya bilan dolzarb sanaladi. Ruxiy rivojlanish mezonlariga iqlim uning tuzilishi va muxim bioximik parametrlarni o‘rganishga asoslanadi. Miya va nerv sistemasini rivojlanishi bir butun holat bo‘lib sistemali yo‘nalishga ega va ontogenizning ilk davridan boshlanadi. Odam 28 miyasini harakterli tomoni boshqa tana organlariga nisbatan tez o‘sishidir. Yangi tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalarda miya og‘irligi 353 va 347gr, 6 oyda esa u ikki xissa ortadi 600 va 534gr, 3 yoshda esa 1076 va 1012grammga teng bo‘ladi. Miyaning balog‘atga yetishi yoki kattalarnikiga o‘xshash bo‘lishi 7 - 8 yoshga yetganda amalga oshadi. Miyaning balog‘atga yetish mezonlari bo‘lib neyronlar, ularning o‘lchami, qalinligi, joylanishi, aksonlar uzunligi mielinizatsiyalanish darajasi, DNK miqdori, qariganligi, gipofunksiyasi, perikarion neyronlar, dendritlar atrofiyasi, dendrit o‘siqlarini yo‘qolishi va boshqalar hisoblanadi. Odamning aqliy faoliyatini miyaning vazniga qarab o‘lchash noto‘g‘ri. Markaziy nerv sistemasi bilan endokrin sistemasi orasida rivojlanish bo‘yicha bog‘lanish borligini ko‘rsatuvchi aniq ma‘lumotlar juda oz. Yoshga qarab odam temperamenti, energetitk darajasining tezligi, turg‘unligi, harakatchanligi o‘zgaradi. Biologik yoshda odamning aqliy rivoshlanishi juda oz miqdorda o‘zgaradi. Organizmning qarishi Qarilik – bu tana organlari va organlar sistemalarini yosh ulg‘ayishi bilan aloqador ravishda biologik jarayonlar imkoniyatlarini kamayishidir. Qarishni aniq chegarasi yo‘q. Unig davomiylik vaqti organizm o‘sish va differentsiyasiga bog‘liq. Har - holda qarishning dastlabki davri 30 yoshdan boshlanadi. Adabiyotlarda fiziologik va patalogik qarish muhokamalarga sababchi bo‘lgan. Seneka qarish bu tuzalmaydigan kasallik degan bo‘lsa, Galen qarilik bu kasallik emas, balki uning sog‘lik bilan kasallik orasidagi alohida holati deb ta‘riflaydi. Gerantologiyaga asos solgan I. I. Mechnikov qarilik bu patologik jarayondir deb ta‘riflagan. Hozirda ko‘pchilik olimlarning fikricha qarilik bu kasallik emas ba‘zi xolatlarda u kasallik zaminida rivojlanadi degan fikirni quvvatlaydilar. I.V.Davidovskiy oldindan qarish bo‘lmaydi. Har bir organizm o‘zining hayot sikliga ega deydi. Qarilik molekulalardan boshlanib organizmning o‘z - o‘zini boshqarish tezligini qamrab oladi. Uning tashqi ko‘rinishi, vazni kamayishi, bo‘yni pasayishi har 5 yilda 0.5 - 1sm (60 yoshdan keyin) tanani shakli va tarkibi, engayib 29 yurish, yuzni kichiklashishi, tishlarning to‘kilib ketishi, bosh miya qutisi qattiqligi, burun va og‘izni kengayishi, lablarni kattalashishi bilan amalga oshadi. Markaziy nerv sistemasining yoshga qarab o‘zgarishi (og‘irligi, x hajmi, neyron qalinligini kamayishi) funktsional parametrlari ham o‘zgaradi. Nerv hujayralarining ishchanlik qobiliyati va bioelektrik faolligi ham pasayadi) ko‘z o‘tkirligi, quloq funksiyasi, ba‘zan terining sezish qobiliyati ham susayadi. Umuman olgandi odam o‘rtasida shaxsiy farq bo‘lsada moddalar almashinuvi 100 yoshda 30 yoshdagilarining moddalar almashinuvining 50% iga to‘g‘ri keladi. Oqsil biosintezi ham kamayib, turli to‘qimalarda, qonda yog‘ ortadi. Hujayra va molekula darajasida ham o‘zgarish kuzatiladi. Xususan hujayralarning funksional faolligi, genlar faolligi kamayadi, xromosomalar abberatsiyasi bilan bog‘liq mutasiyalarning tarqalishi ortadi. Turning hayot davomiyligi Primatlarda hayotning davomiyligi qarilik bilan uzviy bog‘liq. Chunki makaka maymunlarning suyak - muskul sistemasini qarishi odamga nisbatan uch xissa tez bo‘ladi. XVIII asrda yashagan fransuz tabiatshunosi J.Byuffon har bir organizmni umr uzunligi o‘sish faoliyatiga nisbatan 6 - 7 martadan ortiq bo‘ladi degan. Odam gavdasi 20 - 25 yoshgacha o‘sadi, madomiki shunday bo‘lsa odamning umr uzunligi 120 - 170 yilga cho‘zilishi mumkin. Ayollarning umr uzunligi erkaklarnikiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Ko‘p umr ko‘rganlar Shimoliy Kavkaz, Yakutiya, Janubiy - Markaziy Amerika, Xindiston, Pekin, AQSHda ko‘p uchraydi. O‘rta, yuqori tosh davrida shuningdek mezolit va poleolitda 50 yoshga kirgan odam aholinini atiga 2,5 - 4,5% ini tashkil etgan. Kechki temir davrida qari odamlar 10 - 11 % iborat bo‘lgan. Odamdagi organizmni qarishi keksalik sabablari to‘g‘risida 200ga yaqin farazlar mavjud. Ular orasida ikki gurux faraz to‘g‘risida to‘xtash joiz. Birinchi gurux konseptsiyaga ko‘ra - keksalik bu organizmga jarohatlangan molekulalarni to‘planishidan iborat. Ular tasodifan yoki tartibsiz yosh ortgan sari orta boradi. Bu o‘z navbatida organizmning funksional imkoniyatlarni pasayishiga olib keladi. Ikkinchi gurux konsepsiyaga muvofiq - keksalik genetik dasturda mavjud bo‘lgan 30 jarayon. U organizmning tabaqalanishi yoshi va rivojlanishi haqida ko‘pchilik gipotezalar bo‘yicha - keksalik hujayraning dastlabki genetik apparatini o‘zgarishi, genetik dastur irsiylanishida xatoliklarning ko‘payishi va uni nasldan - naslga berishi bilan aloqador. Odam va maymunlar gavda tuzilishidagi farqlar va o’xshashliklari Odam tos suyagini maymunlarning tos suyagi bilan solishtirish. Odam tos suyagi maymunlarning tos suyagidan katta o‘yiqli yonbosh suyagi borligi bilan farq qiladi. Tik yurishga o‘tish bilan bog‘liq ravishda odamning eng yaqin ajdodlarida tos suyagi juda kengaygan. Yonbosh suyagining qirrasi qisman qorin, tos va oyoq muskullarining kuchli o‘sib ketishi munosabati bilan faqatgina odamda shakllangan. Bo‘g‘im chuqurchalari odamda bir - biridan ancha uzoqroq joylashgan. Odamda quymich suyagining do‘mbog‘i kuchli rivojlangan. Quyimichning kichkina o‘sig‘i deyarli rivojlanmagan. Orangutan bo‘g‘im chuqurchasi quymichining uncha katta bo‘lmasligi, unda son suyagi doira payining yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Odam va maymun oyoq panjasi bosh barmog’ining tuzilishi Odam oyoq panjasining bosh barmog‘i yo‘g‘on va baquvvat bo‘lib yurish vaqtida tana og‘irligini anchagina qismi unga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi barmoq birinchi barmoqdan uzun bo‘lishiga qaraladi. Odatda birinchi barmoq qolgan barmoqlardan uzun bo‘ladi. Bosh barmoq qolgan umumiy barmoq paylari bilan o‘rab olingani sababli u boshqa barmoqlarga qarama – qarshi yo‘nalib tura olishidir ya‘ni ichki tomonii ulardan uzoqlashib keta olishidir. Antropoidlarga esa panjaning umumiy payi faqat ikkinchi beshinchi barmoqlarni o‘rab oladi. Oyoq panjasi bosh barmog‘i shimpanze va gibbonlarda kalta, gorillada nisbatan kichikroq, orangutanda nihoyatda kichik va tirnoqsiz. Boshqa maymunlarni bosh barmog‘i kuchsiz rivojlanganligiga qaramay doimo mavjud va boshqa barmoqlarga qarama qarshi. Umuman olganda maymunlar oyoq panjasining bosh barmog‘i qo‘l panjasiga nisbatan uzundir. 31 Gominidlarda kalla suyagi evolyutsiyasining bosh miya rivojlanishiga bog’liqligi. Mehnat qilish ta‘sirida gominidlarning bosh miyasining o‘sib borishi kalla suyagi miya qismi hajmining o‘sishiga shaklan o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Ikkinchi tomondan miya qismi qaytadan ikkilamchi oziq moddalar hajmini o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda chaynash apparatining parallel ravishda kuchayib borishi tufayli kelib chiqadi. Odamning eng yaqin ajdodlari bo‘lgan maymun va ibtidoiy odamlarning miya qutisi qopqog‘ini devori hozirgi zamon odamlarnikiga nisbatan nihoyatda qalin bo‘lgan. Gorilla, sinantroplarda ko‘z usti do‘ngi yaxshi rivojlangan, odamlarda u bo‘lmaydi. Eng qadimgi va qadimgi gominidlar ensa suyagining tashqi tomondan yaxshi ko‘rinib turadigan ko‘ndalang do‘ngchasi bor. Gominid kalla suyagining miya qismi tavsiflaganda ular peshonasining anchagina darajada qiyaligini, tepa suyagining yassiligini va so‘rg‘ichsimon o‘simtalar yaxshi rivojlanganligini aytib o‘tish lozim. Gominidlar evolyutsiyasi jarayonida bosh miyaning katta yarim sharlari o‘sa borishi va ulardagi egat va pushtalarni kuchli rivojlanisi tufayli neandertallarda peshona, tepa va chakka pallalari katta bo‘la borganligi tufayli oldingi tomon surilgan. Odamsimon maymunlar kalla suyagi yuz qismini sezilarli darajada oldingi chiqqan xolatdan oldinga kamroq chiqqan xolatga ya‘ni prognatgan ortognat xolatga o‘tgan. Keyinchalik kalla suyagining rivojlanishi natijasida peshona suyagi tekisroq bo‘la bordi, jag‘ apparati qisqardi va iyak paydo bo‘ldi. Miya suyagining hajmi Hozirgi zamon odami kalla suyagining hajmi 1000 dan 2000 sm 3 boradi. Odamsimon maymunlar gorillaniki 400 - 600sm 3 shimpanzeniki 350 - 550sm 3 orangutanniki 300 - 500 sm 3 , gibbonlarni tor burunli maymunlarni yirik vakillariniki kabi anchagina kichik 100 - 150sm 3 , pitekantroplar 750 - 1000sm 3 , kramononlar 1518- 1587 sm 3 ayollarida 1300- 1350 sm 3 . Qaddi – qomat Qaddi-qomat tushunchasi keng qamrovli bo‘lib uning ostida odamning tashqi tana qiyofasi tushuniladi. Odam tana tuzilishini bir - biridan farq qilishning qadimgi yunonistonda ham o‘ganilgan. Chunonchi Gippokrat (460 - 377) har xil kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi organizm hossasi bo‘lib uning asosida moddiy zaminlar yotadi degan. Odamdagi kasalliklar to‘rt suyuqlik qon, shilliq, o‘t suyuqligi - safro, qora - safroning noto‘g‘ri aralashishidan hosil bo‘lgan. Agar ular to‘g‘ri aralashsa odam sog‘ bo‘ladi. Gippokrat yaxshi, yomon, kuchli, kuchsiz, ho‘l, quruq kabi qaddiqomatlarni farqlagan. Rim vrachi K Galen (131- 211) gumoral nazariya ijodkori sanaladi. U fanga gabinius qaddi qomatni belgilovchi tashqi belgilar majmuasini kiritdi. O‘sha vaqtdagi tushunchalarga ko‘ra har bir genotip o‘zining reaktsiya 33 normasiga ega va u konkret sharoitda har bir shaxsning o‘ziga hos fenotipini ifodalaydi. Keyinchalik qaddi – qomat masalasi tibbiyot klinikalarining diqqat markazida bo‘ldi. Bunda birinchi navbatda qaddi-qomatni belgilovchi genetik omillarni va ularni modifikatsiyasiga ta‘sir etuvchi omillarni o‘rganishga e‘tibor qilindi. Olimlarda G. Bauer birinchi marotaba har bir odamning qaddi-qomati uning o‘ziga hos shaxsiy ruxiy xolati bo‘lib u irsiyatiga bog‘liq. Shunday fikr V.Sh.Rusalovaga ham tegishli. Hozirga qadar ko‘pchilik qaddi-qomat sxemalari morfologik jihatdan ifodalashgan. Hozir ularning 60 dan ortiq sxemalari mavjud va olimlar qaddi-qomatining yangi yangi ko‘rinishlarini tavsiflamoqdalar. Keyingi yillarda qaddi-qomatni funktsional jihatdan tavsiflash ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda odam gavdasining tashqi ko‘rinishiga (morfologiya) qarab tubandagi qaddi-qomatlar sxemalari farqlantiriladi. Piknik tipi: ko‘krak qafasi kichik oldinga chiqqan yumaloq bo‘lib ko‘p miqdorda teri ostida yog‘ bo‘ladi. Oyoq qo‘llar kalta, lekin panja barmoqlari enli, bo‘yni qisqa, yo‘g‘on, semirib kal bo‘lishga moyil. Atletik tip: suyak va muskullari yirik yaxshi rivojlangan yelka va ko‘krak qismi keng, bo‘yni pishiq, qayishqoq, egiluvchan - cho‘ziluvchan. Boshni yuqori qismi maxkam, gavda uzunligi har xil. Astenik tip: gavda ozg‘in yelkalari tor ingichka, bo‘yi uzun ko‘krak qafasi uzun muskul yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Yog‘ kam, qo‘l oyoqlari uzun, boshi unchalik katta emas, afti ensiz, burni uzun. Boshdagi sochlar dag‘al. 1941 yili Bunakning qaddi-qomat sxemasi antrapologik adabiyotlarda keng targ‘ib qilina boshlandi. U qaddi-qomatni uch tipga ya‘ni ko‘krak, muskul va qorin tiplariga ajratdi. Ko’krak tipdagi qaddi - qomatda kam yog‘ to‘planishga moyil, muskullar rivoji o‘rtacha, ko‘krak qafasi yassi, qisman bukchaygan qorin botiq bo‘ladi. Muskulli tip: tana muskullari kuchli rivojlangan, ko‘krak qafasi slindir shaklida, qorin to‘g‘ri yoki to‘lqinsimon, yelkasi biroz engashgan joyida yog‘ o‘rtacha miqdorda, yelka kichik. Qorin tipdagi qaddi - qomatda tanasida yog‘ ko‘p, muskullar bo‘sh yoki o‘rtacha, qorin oldinga chiqqan, yelkalar oddiy yoki biroz engashgan. Noaniq tipda tanada har xil tiplarning belgilari aralashgan xolda na‘moyon bo‘ladi. 1927yilda Galaniy ayollarni gavda tuzilishi leptosom gavdali yoki ensiz tanali oriq va megolosom gavdali, yirik gavdali hilarga ajratgan. Ularning biri yana mayda tiplarga bo‘linadi. Chunonchi leptosom gavdali astenik, stenoplastik, mezonlastik, evriplastik, subatletik, atletik tiplarga bo‘linadi. Mezosom - piknik, mezoplastik, megolosom – atletik, subatletik, europlastik hillarga bolinadi. Tana tuzilishining asosiy koordinatsiyalari Yuqorida qaddi - qomatni tasvirlashni somatik tiplari haqida fikr - mulohazalar bildirildi. Shuni qayt etish lozimki somatik tiplar cheksiz emas. Qaddi - qomatni klassifikatsiyalash tana proportsiyasi tarkibiy qismlari shuningdek gavdaning balandligi va kengligi e‘tiborga olinishi lozim, qaddi-qomatni balandligi va kengligiga qarab bir qancha qaddi-qomat tiplari ajratiladi. 1) Qambar va keng tanali tip. Tanani bunday tipi sutemizuvchilardan primatlarga, sichqonlarga, kalamush, quyonlarga hos. Odamda gavdani yo‘g‘on bo‘lishi irsiy jihatdan belgilanib ko‘pincha yoshlik bolalik davridayoq namoyon bo‘ladi. 2) Suyak va muskul va yog’ga qarab ham gavda qiyofasi tiplarga ajratiladi. Bunda rentgen, ul‘tratovush, biokimyoviy metodlardan foydalaniladi. Download 41.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling