Mavzu: Odamning jismoniy chidamliligini kardiorespirator indeksi bilan aniqlash


Download 8.35 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi8.35 Kb.
#1797129
Bog'liq
Odamning jismoniy chidamliligini kardiorespirator indeksi bilan

Mavzu: Odamning jismoniy chidamliligini kardiorespirator indeksi bilan aniqlash


Kardiorespirator sistemasi holatini baholash usullari bilan tanishish
Maqsad
1
    • Sistolik va minutlik hajmlarni tinchlikda va jismoniy mashqdan so’ng aniqlash orqali yurak rezervini baholash

2
    • Kechikib nafas olish tajribasini qo’llash orqali gipoksiya turg’unligini baholash

3
    • To’xtab-to’xtab nafas olish tajribasi orqali kardiorespirator sistemasi holatini baholash

4
    • Krempton tajribasini qo’llash orqali kardiorespirator sistemasi holatini baholash

Masalalar:
Kerakli jihozlar
Sekundometr
Tanometr

Qon aylanish tizimining transport rol sistemalari tinchlikda va harakatdagi faoliyatlarda modda va energiya almashinuvi uchun muhim ahamiyatga ega. Quyidagi fiziologik tekshirish yurak va qon tomirlar harakat qonuniyatlarinining namoyon bo’lishiga yo’nalgan.

Tajriba 1. Yurak rezervlari.

Yurak rezervlarini baholash uchun birinchidan tinchlikda va jismoniy mashqdan so’ng qonning sistolik va minutlik hajmini aniqlash zarur.

QSH=qonning sistolik hajmi

QMH=qonning minutlik hajmi


Star formulasi:
QSH=[(101+0,5 PB)-(0.6DB))-0,6A
Bunda
QSH=qonning sistolik hajmi
PB=puls bosimi, PB=SB-DB
DB=diastolik bosim
A=sinalayotgan kishining yoshi
Bu formula orqali hisoblangan kattalik berilgan, klassik usullar bilan mos keladi.
Ish jarayoni
Berilgan ma’lumotlarni arterial bosimni aniqlashda tajribada qo’llash orqali tinchlikda va jismoniy mashq bajargandan keyin Star formulasiga asosan hisoblangan QSH kattaliklarni hisoblang. Shuningdek, tinchlikda va jismoniy mashq bajargandan keyin qonning minutlik hajmini hisoblang. Buning uchun QSH ni 1 minutdagi YQS ga ko’paytiring:
QMH=QSH×YQS.
bunda YQS= 1 minutdagi yurakning qisqarishlar soni.
Olingan ma’lumotlarni quyidagi jadvalga olib borib qo’ying. QMH kattaligi oshishiga quyidagicha javob:
“10 yoki 20 ta o’tirib-turishdan so’ng berilgan ko’rsatkichning o’sishi kuzatiladi.”

Ko’rsatkichlar

Tinchlik

10 ta o’tirib-turishdan so’ng

20 ta o’tirib-turishdan so’ng

Yurak qisqarishlar soni

Sistolik bosim

Diastolik bosim

Puls bosimi

Qonning sistolik hajmi

Qonning minutlik hajmi

Tajriba 2. Kechikib nafas olish.
Insonning ishga yaroqliligi xuddi funksional sistema kabi uning katta jismoniy kuch talab qiladigan ishlarni bajarishi yoki vazifani muvaffaqiyatli bajarishi uchun javobgarligi kabi holatlar bilan to’la aniqlanadi.
Kardiorespirator tizmi insonning jismoniy ishga layoqatliligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Uning holati turli xil funksional tajribalar yordamida baholanadi.
Tez-tez nafas olgandan so’ng nafas olishning to’xtab qolishi tajribasi bu to’xtab qolishning qanchaligini aniqlab beradi va bu bir vaqtda YQCH (yurak qisqarishlar chastotasi)ning sekinlashishiga olib keladi. Kardiorespirator sistemasining holati bahosi
quyidagi jadvaldagi berilgan kriteriyalardan kelib chiqadi.

Holat

Nafas chiqarishning kechikish vaqti

Maksimal qisqarish
YQS

A’lo

>50

>25

Yaxshi

30-50

20-25

O’rta

20-30

15-20

Yomon

<20

<15

Tajriba 3. Genchi va Shtangening kardiorespirator tajribasi
Genchi va Shtangening tajribalarining analogik g’oyasi shuki boshlang’ich vaqtni fiksrlab qo’ysak, maksimal nafas olish va chiqarishdan keyin bemorning nafas olishi kechikadi. Qon aylanishining yetishmasligi natijasida nafas olishning kechikish vaqti qisqaradi.



F.I.Sh

Shtange tajribasi (nafas olishda kechikish)

Genchi tajribasi(nafas chiqarishda kechikish)

1.

2.

Tajriba 4. Krempton tajribasi.
Krempton indeksi=3,15+AB-YQS:20
bu yerda AB=arterial bosim.
Agar indeks 100 dan katta bo’lsa a’lo, 75-100 o’rta, 50-75 kuchsiz, 50 dan kichik bo’lsa yetarli emas.
Download 8.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling