Mavzu: «Ofitser xulq-atvorining axloqiy adaniyati» Reja: Axloqiy munosabatlar madaniyati. Tashqi ko’rinish va nutq madaniyati


Download 58.7 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi58.7 Kb.
#1596010
  1   2
Bog'liq
8-mavzu «Ofitser xulq-atvorining axloqiy adaniyati»




Mavzu: «Ofitser xulq-atvorining axloqiy adaniyati»


Reja:


1. Axloqiy munosabatlar madaniyati.
2. Tashqi ko’rinish va nutq madaniyati.
3. Axloqiy nizolar xususiyatlari .
4. Harbiy jamoadagi nizolarni bartaraf qilish.
Tayanch iboralar: Ofitser madaniyati, tashqi ko’rinish, nizo, nutq madaniyati.

Ofitser xulq-atvori axloqiy madaniyati deganda biz u bilan xizmatda turmushda jamiyat va armiyasida belgilangan xulq-atvor me’yorlari yig’indisiga rioya qilishini tushunamiz. Axloqiy madaniyat shaxsiy xulq-atvordagi axloq printsiplarini aks etadi. Ofitser uchun ichki va tashqi madaniyat birligi-mamlakatimizda ijtimoiy axloqiy shaxs mazmunida yuz bergan chuqur tubdan o’zgarishlarini ifodalaydigan qonuniyatdir. Faqatgina ichki mazmun muvofiq tashqi ko’rinish bilan birikkanida biz insonni madaniy ziyoli deb ataymiz. Xulq-atvorning axloqiy madaniyati- bu axloqiy ong va axloqiy hislatlar madaniyati, muloqot jarayonida boshqa insonlarga shaxsiy ta’sir madaniyati. Shaxsiy ta’sir esa, ma’lumki katta axamiyatga ega.


Ofitser ichki madaniyati tomonlari bo’lib ma’naviy qadriyatlar majmuisi xar tomonlama nazariy va amaliy tayyorgarlik, boy tajriba hisoblanadi. Bu xaqida biz oldingi bobda batafsil gapirib qo’ygan edik. Shuning uchun mazkur bo’limda ofitserning axloqiy madaniyatining tashqi ko’rinishiga, bir qator xulq atvor me’yorlarini ko’rib chiqishga asosiy e’tibor qaratiladi. Biz me’yorlarga rioya qilish yoki rioya qilmaslik inson tarbiyalanganligini tavsiflaydi.
Avval xizmatda ofitserning axloqiy xulq-atvori madaniyatini aniqlaydigan me’yorlarda to’xtalamiz. Ular chambarchas harbiy faoliyatning o’ziga xosligi bilan bog’liq. Bu me’yorlar bajaruvchanlik, aniqlik, vijdonlilik, quntni ko’zda tutadi. Ularga rioya qilish sezilarli ravishda ofitser mehnatining maxsuldorligi, samaradorligi ortadigan ish muhitini yaratadi.
Ofitserga qo’l ostidagilariga buyruq va ko’rsatmalar berish xuquqi berilgan. Ularning qat’iyligida ofitser xulq - atvori me’yorlari xizmatda undan xar bir shaxs fazilatlarini tan olishni, o’zini tuta bilishni, gapni bo’lmasdan eshitib turish qobiliyati, ba’zida etarli o’ylanmagan xarakatlarni tez qabul qilingan qaror va xulosalarni yuzaga keltirish mumkin bo’lgan bir ongli g’azabni bosishni talab qiladi. Tarbiyalangan ofitser odatda qo’l ostidagilari bilan tartibni, intizomni buzish xollarida bevosita xissiyatlarga berilmaydi va faqatgina tinch sharoitda (albatta, shart- sharoitlar yo’l qo’ysa) qaror qabul qiladi. U yoshlarni «jaxl ustidan biror ish qilmaslikka» o’rgatadi, xizmatda shaxsiy kayfiyatning aks etishiga yo’l qo’ymaydi.
Betakaburlik, qo’l ostidagilarga «senlab» murojat qilish, kamchiliklarga ko’z yumishlar salbiy ta’sir ko’rsatadi, og’a - inilik, beparvolik, albatta, rasmda «yaxshi boshliq » nomini yaratishi mumkin, lekin bunday baho xali xech kimni bezamagan va foyda keltirmagan. Kuyi talabchanglik shubxasiz, intizomni, nizom tartibini, jangovar tayyorlikni susaytirilishiga olib keladi. Xizmatdagi axloqiy munosabatlarda muloyim qat’iylik, chidamlilik, tinchlik bo’lishi kerak. Ba’zi bir o’rtoqlar vaziyatga ko’ra yaxshi kayfiyat xolatidan asabiylik, axloqiy sabrsizlikka tezda o’tish yomon.
O’zini nazorat qila olish, ushlab turish - ofitser madaniyatining majburiy qirrasi. Axloqiy tarbiyalangan inson xar doim o’ziga eng yuqori talablarni qo’yadi. Axloqiy me’yorlarga rioya qilmaydigan, lekin boshqalar bilan ularning rioya qilishini talab qiladigan shaxs axloqiy obro’ - e’tiborga ega emas.
Endi turmushdagi – uydagi, ofitserlar yotoq xonasidagi, norasmiy deb atalmish sohadagi xulq - atvor me’yorlarini ko’rib chiqamiz. Ular ochiq ko’ngillilik, kamtarlik, istaklar sofligi, aqlli dam olishni ko’zda tutadi. Turmush sohasi xamma narsadan xam tashqi ta’sirga keyinroq beriladi. Unda afsuski, bola tarbiyasini faqat rafiqasi elkasiga ortish, uning ijtimoiy foydali faoliyatiga yomon munosabatda bo’lish («ishing - biz uying»), rafiqa uy tashvishlari ortib qo’yish va x.z. kabi sarqitlari namoyon bo’ladi. Oiladagi xizmatdan tashqari namunali xulq atvor, ayol kishiga xurmat yuksak axloqiy ofitser madaniyatining ko’rsatkichi. Ayol kishiga nisbatan «ritsarlik» xech qachon «modadan chiqmaydi», ba’zida ta’kidlashlaricha.
Axloqiy munosabatlar madaniyatining zaruriy me’yori kattalarga xurmatdir. Unda nafaqat biz, jamiyatimiz uchun oldingi avlodlar yaratganiga minnatdorchilik, balki kattalardan o’rganishimiz, ulardan jasorat estafetasini qabul qilishni tan olish ifodalangan. Qariyalarda o’z vaqtida tiklangan ba’zi bir odatlarga, qiziq ishlarga, xususiyatlarga sabr-toqat ko’rsatish zaruriyatiga xam e’tibor berish yaxshi bulardi. Ularning «qiziq odatlari», «eskiligi» ustidan o’rinsizdir.
Yoshga, unvonga ko’ra kattalarga xurmatda bo’lish xushomadga, turmush va xizmatda itoatggo’ylikka o’tib ketmasligi kerak.
Aytaylik, u yoki bu inson aloxida e’tibor bilan unga kerakli shaxsga qarasa va boshqalarni sezmasa, atrofdagilarga noqulay va yoqimsiz. Bunda ba’zida aloxida e’tibor ob’ekti bo’lib qolgan, kamtarlik xissini o’yg’otgan shaxsning o’zi sabab bo’ladi. Xaqiqiy kamtarin, madaniy inson xech qachon ko’kragini kermaydi, o’z xizmatlari va fazilatlarini ko’rsatmaydi, u xar doim va xar narsada u insonlarga xurmat bilan qaraydi, muloqatda me’yorni saqlaydi, nafaqat o’zini, balki boshqalarni xam qiziqtiradigan narsa gapiradi, o’z maslaxatlarini majburan ortmaydi, sabr-toqatni namoyon etadi.
O’z xulq - atvori bilan bunday inson atrofdagilarga faqat yaxshilik keltiradi. Xususan, boshqacha bo’lishi mumkin emas. Axir axloqiy qoidalar va murojaat odatlari ohir oqibatda boshqalar xaqida o’ylash, xar bir qadamini insonlarga nima olib kelishi xaqida o’ylash qobiliyatida mujassamdir. Nafaqat maqsadni to’g’ri aniqlash, balki unga erishish eng yaxshi yo’llari va vositalarini topish, jamoada o’zini to’g’ri ko’rsatish muhim. Oddiylik, samimiylik, jiddiylik, og’irlik, yaxshi xazil-mutoyiba ofitserning o’z o’rtoqlari bilan sog’lom, axloqiy o’zaro munosabatlarning kerakli jihatlari.
Tashqi ko’rinish va nutq madaniyati. Ofitserning tashqi ko’rinishimni aniqlovchi me’yorlar xam juda muhim. Yozuvchi V.G. Grassman «Halq-abadiy» asarida shunday bir lavha keltiradi. Qism qurshovga tushib qoldi. Og’ir vaziyat leytenant Mushanskiy rotasining ba’zi bir jangchilariga yomon ta’sir qildi. Odamlarning soqoli olinmagan, kir, yirtilgan gimnasterkalarda edi. Mushanskiy o’zi farqlanish belgilarisiz, dala sumkasiz edi u. Ularni, extimol komandirlik ko’rinishga ega bo’lmaslik uchun tashlab yuborgan bo’lsa kerak, xattoki revolverni qinidan chiqargan va shim cho’ntagiga solib qo’ygan.
Kism komandiri Bagarev, Mo’shanskiyga murojat qilib, dedi:
Qanday ko’rinishdasiz? katta boshliq oldiga qanday kelyapsiz? Darxol o’zingizni va odamlaringizni tartibga keltiring, bitta xam soqoli olinmagan, yirtilgan gimnasterka bo’lmasin. Petlitsalarga farqlash belgilarini qadab qo’ying. 30 daqiqadang so’ng guruhni saflantiring va mening oldimga, dushman ortida armiya doimiy qismi komandiriga kiring.
Guruh komandiri va uni qo’l ostidagilariga qat’iy talablar qo’yib, komissar bu og’ir vaziyatda jangchilarning tashqi ko’rinishi bo’lim janga qobiliyatliligi ko’rsatkichlaridan biri hisoblanishidan kelib chiqqan.
Batartiblik, mardonavorlik – tashqi moyillik, intizomlilik belgilari. Albatta, tashqi ko’rinish faqatgina shaxs ma’naviy mazmunidan kelib chiqadi. Agar shaxs be’mani bo’lsa, unda xech qanday o’rganilgan odatlar uning yaroqsizligini qoplamaydi. Shuning uchun insonni baholashda xar doim shakl va mazmunning dialektik birligi printsipidan kelib chiqishimiz lozim.
Tashqi ko’rinish, o’zini tutish qobiliyati chiroyli va bir vaqtda oddiylik va tabiiylik bilan farqlanishi kerak, qaddi-qomat xam ahamiyatga ega. Engashib yuradigan odam yaxshi tassurot qoldirmaydi. To’g’rilangan elka, ko’tarilgan bosh, dadil qadam jo’shqinlik, kuch, maqsadga intiluvchanlik xissini yaratadi.
Ma’lum bir amaliy va estetik vazifalarni bajaradigan xarbiy kiyimni kiyish malakasi xam muhimdir. Dazmollangan, toza, mos tiqilgan kiyim engilik, shaxsning axloqiy tozaligi taassurotini beradi. Va harbiy kiyim fuqarosi va shimini «yangilashtirgan», belgilangan namunaga zid ola-bo’la paypoqlar kiygan xarbiy xizmatchi notabiiy o’ziga jalb qiladi. Inson ko’rinishini tartibsiz sochlar xam bo’zadi.
Ofitserning tashqi ko’rinishi uning axloqiy madaniyatining ifodasi sifatida imo - ishoralarga xam bog’liq. Ular irodali, lekin vazmin bo’lgani yaxshi. Ba’zida birinchi ko’rinishda mayda chizgilar insonning etarli tarbiyalanganligi xaqida gapirmaydi: gaplashishda qo’llarini silkitish, cho’ntakda ushlash, ovqatlanish stoli oldida sochni tarash va x.z.
Tashqi ko’rinish petral emasligini yodda tutish lozim. U xar doim atrofdagilarga ta’sir ko’rsatadi. Ofitserning betartibligi, mardonavor qo’l ostidagilarga yaxshi ta’sir qiladi, o’z armiyasi uchun atrofdoshlarida fahr hissini yuzaga keltiradi. Va, aksincha, palapartishlik, xulq atvordagi odobsizlik kishilardi achinish, noqulaylik va tushunmovchilik xissini qoldiradi.
Yana bir xulq atvor me’yorlari guruxini ko’rib chiqamiz, ular inson tarbiyasi, ziyoligi ko’rsatkichi bo’lgan ofitser nutqga tegishli. Ofitser so’zlarining ravshanligi, tushunarliligi, asosliligiga shaxsiy tarkib, bo’limni, boshqarishga tarbiyaviy – ta’sir samaradorligi bog’liq.
Nutqning ravshanligi, asosiyligi va doimiyligi so’z kuchini cheksiz ortiradi, inson hissiyoti va ongining eng aziz tolalarini topishga yordam beradi. Afsuski, qarama - qarshi misollar xam mavjud. Ba’zida biz xizmatdoshlar nutqida «mixdek», «qotib qoladigan» kabi so’zlarni sezmaysiz. Quloqni ko’p marotaba extiyojsiz takrorlanadigan so’zlar- parazitlar kesadi.
Boshqa o’rtoq seminardagi o’z chiqishida o’nlab yopishib qolgan so’zni takrorlaydi, va tinglovchilarda «shunday qilib aytganda», «e-e» kabi cheksiz iboralardan yoqimsiz taassurot qoladi. Axir bu qirib bo’lmaydigan so’zlar-o’simtalardir. O’z - o’zini nazorat qilishni oshirsa qisqa vaqt ichida ular yo’qolib ketadi.
Keng tarqalgan kamchilik - rasmiy, muhrlangan so’zlarni ishlatish. Oddiy vaziyatda inson qiziq, zukko suxbatdosh bo’ladi. Lekin uni majlis, yig’ilishda ko’rsang, tushunarli o’zgarishga xayratlanasan. Uning chiqishi «tadbir o’tkazish», «savolni kuchaytirish» kabi siqib chiqarilgan chaqiriqlar bilan to’ldirilgan, muhrlangan so’zlar xech kimga tegmay, dengiz toshchalari kabi sirlanadi, va faqatgina inson fikrining dag’alligini, shaxsiy nutqiga uning talabchanmasligini namoyish etadi. Insonda «uydagi chet ellik»ni fosh etadigan noto’g’ri qo’yilgan urg’ular tinglovchilardan achinish hissini yuzaga keltiradi: vositalar, qilometr, xujjat, do’kon va x.z.
Axloqiy madaniyat so’z odobsizligi, ezmalik bilan bog’liq emas. Mantiqqa zid, lekin shunday: ko’p so’zlik gap qolmaganda, inson axloqan boy bo’lmaganida yuzaga keladi.
Xar birimizga bahs, tortishuvlarda qatnashishga to’g’ri keladi. Ko’pincha ular qizgin bo’ladi, o’zaro aytishib qolishga tushib qolmaslik muhim. Buni sodir bo’lmasligi uchun esa dalillar etarli emasligida tovush paychalari bilan to’ldira olmaslikni yodda tutish lozim. Noo’jarlik bahsdagi qurol, dalillar, mantiq, isbotlar, holos. Bahsda so’zlar yumshoq, dalillar esa qattiq bo’lishi kerak deb gapirish qabul qilingan. O’rtoqlik tortishuvida g’azab, birovning fikricha sabrsizlik sezilsa, unda bahs xaqiqat sari emas, balki o’zining «men» ga olib boriladi.
Кластр тузиш

Ахлоқий онг

Буйруқни бажармас-лик





Download 58.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling